131
131
Iplar
Tikuvchilikda ishlatiladigan iplar tabiiy, sintetik va sun’iy
tolalardan ishlab
chiqariladi. Ust kiyim va ichki kiyimlarni tikishda, asosan, paxtadan yigirilgan
kalava iplar ishlatiladi. Sintetik tolali gazlamalarni tikishda esa sintetik iplar
qo‘llaniladi. Sanoatda 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 100 va 120-raqamli iplar
ishlab chiqariladi. Ipning raqami oshgan sari ip ingichkalashadi. G‘altakka
o‘ralgan iplarning uzunligi 200, 500, 1000 metrgacha yetadi. Ko‘ylak
va ichki
kiyimlik gazlamalarni tikishda 80, 60, 50-raqamli paxta iplar, 65–75-raqamli ipak
iplar ishlatiladi. Kostumlik gazlamalarni tikishga 50, 40-raqamli
paxta iplar va
25-raqamli ipak iplar juda mos. Paltolik gazlamalarni tikishda 40–30-raqamli paxta
iplar, 18-raqamli ipak iplar qo‘llaniladi.