3.
Texnologiya faniga oid integratsiyalashgan dars ishlanmasi tayyorlang
Texnologiya faniga oid integratsiyalashgan dars ishlanmasi tayyorlang
7-8-Mavzu: Yog‘ochga ishlov berish asboblaridan to‘g‘ri foydalanib, qalamdon yasash.
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga Yog‘оchgа ishlоv bеrаdigаn tоkаrlik stаnоgining ish
tаmоyillаri, undа bаjаrilаdigаn оpеrаtsiyalаr haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi
ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini
tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni
o‘rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarda stаnоklаrning аsоsiy qismlаri vа vаzifаlаri.
Yog‘оchgа ishlоv bеrаdigаn tоkаrlik stаnоgining ish tаmоyillаri, undа bаjаrilаdigаn
оpеrаtsiyalаr
haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Kommunikativ kompetensiya: hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini
tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
yog‘ochning fizikaviy xossalari, yog‘och turlarining xususiyatlari, duradgorlikda ishlatiladigan
yelimlar va bo‘yoqlar turlari, xususiyatlariga oid manbalaridan foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo‘yoqlarni
ishlatilish sohalarini axborot manbalaridan qidirib topish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: turli materiallarga ishlov berishda moslamalarda
xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlash.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: Tushuntirish,
suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va
boshqalar.Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”,
“Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.Darsda jihozi: yog‘ochga ishlov berish
ustaxonasi, yog‘och namunalari, rasm va
tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron
materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni: yog‘ochdan uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasash qulay hisoblanadi. Uy-
ro‘zg‘or buyumlaridan har birini tayyorlashda uning bajariladigan vazifasiga qarab qanday
yog‘och turidan foydalanish maqsadgamuvofiqligi aniq lab olinadi. Unda, asosan,
ishlatiladigan yog‘och materialining qattiqligi hamda undan tayyorlanadigan buyumdan
foydalanish jarayonida ro‘y beradigan ta’sirlarga chidamlilik darajasi hisobga olinadi.
Qalamdonlar haqida tushuncha. qalamdon – turli xil ko‘rinishdagi,
har xil o‘lchamdagi qalam, ruchka, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, qaychi kabi mayda hamda ko‘p
miqdordagi buyumlarni bir joyga to‘plab turish uchun mo‘ljallangan buyum
hisoblanadi.qalamdonda buyumlar tartibli saqlanadi. Shuning
uchun ham qalamdon
tayyorlashda uning dizayniga kat-ta e’tibor qaratiladi. qalamdonga solinadigan narsalarning
soni, hajmi inobatga olinadi. Qalamdonlarning turlari har xil bo‘ladi. Ularni tayyorlashda yoki
xarid qilishda qanday joy uchun mo‘ljallangani e’tiborga olinadi. maktab o‘quvchilari uchun
mo‘ljallangan qalamdonlarda ruchka, qalam, qaychi, sirkul, chizg‘ich kabi narsalar uchun joy
ajratiladi. Ofis va boshqa joylarga
mo‘ljallangan qalamdonlarda ruchka, qalam, qaychilardan tashqari qog‘oz, modem qurilmalari,
fleshka, to‘g‘nog‘ichlar uchun ham joy ajratiladi.
qalamdon
tayyorlashda uning rangi, tuzilishi, hajmiga qarab xom ashyo tanlanadi. Qalamdonlar yog‘och,
plastik, karton qog‘ozi kabi xomashyolardan tayyorlanadi. 11-rasmda
qalamdonlarning turlari ko‘rsatib o‘tilgan.
AMALIY MASHG‘ULOT. Qalamdon chizmasini chizish va tayyorlash.
qalamdon yasash tartibi: qalamdon tayyorlash uchun eni 50
1. mm, qalinligi 50 mm, uzunligi 200 mm o‘lchamdagi yog‘och bo‘lagi tanlab olinadi.yog‘och
namunasining ustki qismiga belgilangan nuqtalar asosida
2. chiziqlar chiziladi. yog‘ochning yon tomonlaridan 7
3.
sm qoldirib, ko‘ndalangiga chiziq tortiladi.Chizib olingan chiziqning o‘rtasidan teng ikkiga
ajratilib, uzunasiga
4. chizib olinadi. Chiziqlar yog‘ochning barcha tomonlariga bir xilda chiziladi.Chiziqning bosh
nuqtasi qolgan nuqtalar bilan birlashtirilib, uchbur-
5. chak shakli hosil qilinadi.yog‘och bo‘lagi duradgorlik dastgohiga qotiriladi. randa yordamida
6. burchak qismlari randalanadi. ish ketma-ketligi yog‘ochning to‘rtta tomoni-
ni ham randalash orqali davom ettiriladi. yog‘ochning markazidan o‘tkazilgan chiziqqa
nuqtalar
chizib olinadi.
7. nuqtalarni chizish barcha bo‘laklarda amalga oshiriladi. Yog‘ochga teshik ochish ishlari
parmalash stanogida bajariladi.
8. Teshik ochishda maxsus burchaklik moslamasidan foydalaniladi. burchaklik
moslamasiga zagotovka o‘rnatiladi. Tayyor zagotovkaga parmalash stanogida teshiklar
ochiladi. Zagotovka ustidan parma tushirilib, asta-sekinlik bilan teshikchalar ochiladi.
Qalamdonning pastki qismidan bezak berish ishlarini bajarish uchun
9. chiziqlar chiziladi. Chiziqlar egov yordamida egovlanadi. Chuqurcha hosil qilinadi.
10ish oxirida qalamdon qumqog‘oz yordamida silliqlanadi.
Mustahkamlash:
yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan qalamdon yasash uchun yog‘ochga
teshik ochish
ishlari parmalash stanogida bajarilayotgan vaqtda teshik qalamdonning tagida ham hosil bo‘ldi.
endi unga qalam solsak tagidan tushib ketadi. Sizning qaroringiz?