Texnologiya ta`limi praktikumi (chilangarlik) fanidan



Download 4,13 Mb.
bet18/34
Sana07.03.2022
Hajmi4,13 Mb.
#485568
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
TTP amali mashg\'ulot

Uslubiy tavsiyalar: Metallarni zubilo yordamida kesish ikki usulda bajariladi:

  1. Tiski yordamida kesish.

  2. Sandon ustida kesish.

Bu usullar bilan kesish mashqini bajarishda list,lenta,polosa chiviq kabi metall materiallardan keyinchalik tayyorlanadigan detal’ va buyumlar uchun zagatovkalar tayyorlanadi.

  1. Tiski yordamida kesish mashqi. Metallarni tiski yordamida kesish ishlarini bajarishda.

  1. Zagatovka kerakli olchamda rejalab olinadi.

  2. Metall tiskiga o’rnatiladi. Bunda quyidagilarga etibor beriladi.

a) reja chizig’i tiski jag’lari tekisligida yotish kerak. Uning kiyshik, tiski jag’larida yukori yoki pastda joylashuviga yul quyilmaydi;
b) metallarning kesib tashlanadigan qismi tiski jag’laridan yukorida, ishlatiladigan qismi tiski jag’lari orasiga olib o’rnatiladi. Aksincha o’rnatilishga mutlako yul quyilmaydigan;
v) kesiladigan metall tiski jag’laridan enlik bulsa, uning ortiqcha qismi tiskidan chap tomonga chiqarib o’rnatiladi va kesish davomida o’ng tomonga surib boriladi. Metallni jag’lardan o’ng tomonga chiqarib o’rnatmaslik kerak.

  1. Qirqishga xozirlik kuriladi. Bunda:

a) tiskiga nisbatan to’g’ri ish vaziyati tanlanadi.
b) o’ng qo’lga bolga, chap qo’lga zubilo olinadi. Zubiloning kallagilan 20-25 mm pastdan ushlanaldi;
v) zubiloni metallga o’ng tomondan, unga nisbatan 45 (surish burchagi) tiski jag’lari tekisligiga nisbatan 30-35 burchak (ogish burchagi), ostida tutiladi.

  1. Zubilo boglab metall kesiladi.Bu vaqtda:

a) Zubiloning kallagiga karamasdan, balki ish qismi tigiga karash kerak. Aks holda to’g’ri chiziqli qirqim hosil bulmaydi.
b) xar bir zarbdan keyin zubiloni chap tomonga surib boriladi: v) yupqa metallar bir tomondan bir yula qirqib tushiriladi: g) Qalin metallar ikki tomonlama kesiladi.

  1. Qirqib tushiriladigan qatlam katta o’lchamli bulsa,uzish qo’lda kayirib sindirish yuli bilan bajariladi. Tiski yordamida kesish ishlarini olib borishda quyidagi xavfsizlik texnikasi quyidagilarga roiya kilish talab etiladi.

  1. Metall tiski jag’lari orasiga olinib puxta o’rnatish kerak. Aks holda kesish vaqtida metall siljib ketib, reja chizig’ining vaziyati uzgaradi,ish sifati buziladi.

  2. Bolganing puxta dastalanganligini tekshirib olish kerak. Aks holda bolgalash vaqtida bolga uchib ketish va karshidagilarni shikastlanishi mumkin.

  3. Zubiloning yarokliligini (kallaligining butunligini va tigning o’tkirligini) kuzatish kerak. Singan, darz ketgan, kaytaki kallakli va o’tmaslangan zubilolardan foydlanmaslik kerak.

  4. Zubiloni gorizantal holatda tutib kirikmaslik kerak. Bu narsa metallning qirqilmasidan egilishiga olib keladi.

  5. Ixota turi o’rnatib olish kerak.

  6. Metallning so’nngi qatlamini qirqib tushirish vaqtida zubiloga ortiqcha zarb bermaslik kerak. Bu hol qo’lning shikastlanishiga olib keladi.

  7. Murt metallarni kesish, tarashlash vaqtida extiyot kuzoynagi takib olish kerak.

  8. Kesish vaqtida katta metall parchasining uzilib tushishiga yul qo’ymaslik kerak.

  1. Sandon (plita) ustida kesish mashqi. Kesiladigan metall material yoki zagatovkalarning o’lchami katta yoki uzun bulsa, ularni tiskiga o’rnatib kesish mumkin bulmaydi. Bunday hollarda kesish sandon ustida bajariladi. Metallarni sandon (plita) ustida kesish uchun:

  1. Kesiladigan metall rejalanadi. Yupqa metallar bir tomondan, qalinlari ikki tomondan rejalanadi.

  2. Rejalangan metall sandon ustiga quyib kesiladi. Kesish vaqtida zubilo reja chizig’i bo’yicha metallga tik quyiladi (tutiladi).

  3. Yupqa metallar bir tomonlama yarmigacha yoki uchdan ikki qismigacha kesilib qolgan qismi qo’lda kayirib sindirib olinadi.

  4. Qalin metallar ikki tomonlama kesiladi. Bir tomondan yarmigacha qirqilib, qolgan qismi ikkinchi tomondan kesiladi. Buning uchun metall sandonga tuntarib o’rnatiladi. Birok,metall butunlay kesib uzilmasdan, so’nngi qatlam qo’lda yoki tiskiga kistirib olib,kayirib sindiriladi.

  5. Kesish metallning qalin-yupqaligiga qarab bir bor yoki bir necha bor utishda bajariladi. Bir necha utish bilan qirqish vaqtida zubiloning oldingi izi bo’yicha surib boriladi.

  6. Uzun o’lchamli reja bo’yicha kesishda zubiloning uz-uzidan surilishini ta’minlash vaqtida uni kesish yo’nalishi bo’yicha orqaga ma’lum burchak ostida (10-15)tutib bolgalanadi. Bu hol metalning bir tekis sifatli qirqilishini ta’minlaydi.Zubiloning ko’tarib surishda tigning bir qismi qirqim arikchasida kolishi kerak.

  7. Yumaloq va kvadrat shakldagi metallarni kesishda:

a) reja chizig’ini hamma tomonga aylantirib chiziladi.
b) kesish ham aylantirib olib boriladi.
v) metallni oxirigacha kesib tushirmasdan balki so’nggi qatlami sindirib olinadi.
8. List metallardan egri chiziqli zagatovkalar kesib olishda tigi yumaloqlangan («y» simon) maxsus zubilolar ishlatiladi.

Download 4,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish