Mustahkamlash uchun savollar:
1.Chilangarlik kasbi deganda nimani tushunasiz?
2. Temirchilar kimlar?
3.Ustaxona binosiga qanday talablar qo’yiladi?
4.Ish o’rni deb nimaga aytiladi?
AMALIY MAShG’ULOT № 2
Mavzu: ChILANGARLIK TISKILARI
Ishdan maqsad: Talabalarga chilangarlik tiskilarining turlari, tuzilishi va ishlatilishini o’rgatish.
Kerakli asbob-uskuna va jihozlar: Chilangarlik dastgohi, chilangarlik tiskasi, asbob-uskunalar, tiska turlari, adabiyotlar, plakatlar.
Tayanch iboralar:Tiska, moslama, parallel tiski, stul tiski, dastaki tisk.
Chilangarlikda metallarni sovuqlayin ishlashda materiallarni tez va puxta mahkamlash (qotirish) imkonini beradigan tutqich moslamalardan biri — tiskilardan foydalaniladi. Chilangarlik tiskilari zagotovkalarning turi va o’lchamlariga, ularga ishlov berish usullariga, tayyorlanadigan buyum yoki detalning shakl va o’lchamlariga qarab har xil bo’ladi.
Parallel tiskilar. Bu tiskilarning parallel deb atalishiga sabab shuki, ularning qo’zg’aluvchi jag’’lari qo’zg’almas jag’’lariga nisbatan parallel ravishda siljiydi. Parallel tiskilar burilma, burilmas va strubsinali tiskilarga bo’linadi.
Parallel tiskining jag’lari kulrang cho’yandan quyilgan bo’lib, ularga tayyorlanadigan detal yoki zagotovkalarni siljitmasdan mahkam tutib turish imkonini beradigan taram-taram kertmakli toblangan po’lat qistirmalar o’rnatiladi.
10-rasm Parallel tiskilar:
a —parallel jag’’li burilma tiski: 1 — bolt, 2qotiruvchi vint va taglik, 4 — buriluvchi qismi, 5 — surish vintining dostasi, 6 • toporlash plamkasi, 7 — quzg’aluvchi jag’’, 8 — toblangan o’rnatma, jag’’lar 9— qo’zg’almas jag’, 10 — gayka, 11— vintlar; 6 — strubsinali tiski.
11-rasm. Stul tiskilari
12 rasm. Stul tiskisi jag’’larining vaziyati
Tayyor detal va buyumlarni pardozlashda po’lat qistirmalarning kertmaklari buyum sirtida iz qoldirmasligi, sirtning sifatini buzib qo’ymasligini ta’minlash uchun tiski jag’’lariga alyuminiy, mis, jez kabi yumshoq materiallardan tayyorlangan qo’shimcha qistirma plastinkalar qoplanadi.
Metallarga ishlov berishda parallel tiskilardan sandon sifatida foydalanmaslik, tiski jag’’lari ustida bolg’alash ishlarini qilmaslik kerak. Aks holda po’lat qistirmalarni tutib turuvchi vintlar uzilishi, jag’lar sinib ketishi mumkin. Parallel tiskilar dastgohlarga ikkita yoki uchta bolt bilan qotirib qo’yiladi. Ularni dastgohga o’rnatishda qo’zg’almas jag’’larini dastgohning qirg’og’iga moslab yoki undan biror santimetr o’tkazib qotirish kerak. Bu hol uzun o’lchamli ensiz zagotovkalarni dastgohdan pastga tushirib o’rnatish imkonini beradi. Burilma tiskilar doyra taglikka o’rnatiladi, taglik esa dastgohga bolt yordamida qo’zg’almaydigan qilib qotirib qo’yiladi. Tiski shu taglikning o’qi atrofida ixtiyoriy burchakka burila oladi. Bu narsa detallarni ishlash vaqtida ularni qulay vaziyatga burib olish imkonini beradi. Tiski kerakli vaziyatga burib olingandan so’ng qotiruvchi vint yordamida taglikka qotirib qo’yiladi. Ishni bajarib bo’lgandan so’ng tiskini normal vaziyatga keltirib taglikka qotirib qo’yiladi. Tiskini taglikka qotirmasdan ishlashga ruhsat etilmaydi. Bu — ish sifatining buzilishiga va ko’ngilsiz hollar ro’y berishiga sabab bo’ladi. Ba’zan kichik o’lchamli detal va buyumlarni ko’chma strubsinali parallel tiskilar yordamida ishlanadi.
Bu xildagi tiskilarni duradgorlik, chilangarlik dastgohlariga va yozuv stollariga o’rnatib foydalanish mumkin.
13 rasm. Dastaki tiskilar
Y ozuv stollariga o’rnatib foylanishda tiskini taxtaning chetiga o’rnatmasdan, balki uch qismlariga o’rnatish kerak. Aks holda yozuv stoli taxtasi yorilib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |