Spiral paramalar ikkita spiralsimon ariqchali ish qismi va ban (quyruqdan) iborat. Ish qismi kesuvchi va yo’naltiruvchi qismlarga bo’linadi. Kesuvchi qismi konussimon bo’lib, unda ikkita kesuvchi qirra joylashgan. Ular orasidagi burchak kesish burchagi deyilib, u 116-1200 bo’ladi. Yo’naltiruvchilar orasidagi ariqchalar osil bo’lgan qirindini tashqariga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Bu esa o’z navbatida spiralsimon parmalar bilan katta tezlikda kesish imkonini beradi.
Paramalash ishlarining tez va sifatli bajarilishi, teshiklarning aniq o’lchamli chiqishi, ish unumining yuqori bo’lishi ko’p chihatdan parmalarning to’g’ri charxlanishiga bog’liq. Bu- e’tibor berib bajarish talab etadigan texnik prosess hisoblanadi. Bu ish korxonalarda maxsus charxlash stanoklarida bajariladi. O’quv ustaxonalarida esa elektr charxlarda bajariladi. Charxlash vaqtida yo’l qo’yiladigan asosiy xatoliklarni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Bular quyidagilardan iborat: birinchidan, kesuvchi qirralar bir xil uzunlikda chiqmaydi, buning natijasida ular o’rtasida hosil bo’ladigan ko’ndalang qirraning o’rtasi parma o’qiga mos kelmay qoladi. Ikkinchidan, ularning uzunliklari teng bo’lishidan qat’iy nazar, bir hil burchak ostida charxlanmaydi.
Spiral parmalar 9XS, R9, R18 markali legirlangan asbobsozlik va tezkesar po’latlardan tayyorlanadi.
Qattiqligi yuqori cho’yan, toblangan po’lat, plastmassa, shisha, marmar kabi materiallarni parmalashda ish qismiga VK15M markali qattiq qotishmadan tayyorlangan plastinkalar o’rnatilgan spiral parmalardan foydalaniladi.
Parmalarning quyrug’i konussimon va silindrik shakllarda bo’lib, ular bevosita ki almashinuvchi vtulkalar va patronlar yordamida shpindellarga o’rntiladi (silindrik bandli parmalar patronlar yordamida, konussimon bandli parmalar shpindelga bevosita yoki vtulkalar yordamida o’rnatiladi).
Parmalash qo’lda va stanoklarda bajariladi. Qo’lda parmalashda dastaki drel va elektr drellardan foydalaniladi.
Dastaki drel bilan diametri 10 mm gacha bo’lgan teshik va uyalar parmalanadi. Biroq uning yordamida (teshiladigan materialning qalinligi va qattiqligiga qarab) bir yo’la diametri 10 mm li teshiklarni parmalash qiyin. Shuning uchun katta teshiklar ochishda parmalashni kichik diametrli parmalardan boshlash qulaydir.
Dastaki drellarda dastaki qo’l bilan aylantirilgani uchun shpindelning (parmaning) aylanish soni uncha katta bo’lmaydi. Buning natijasida parmalash uchun ko’p vaqt va kuch (mehnat) sarflanadi.
Parmalashni tez va kam kuch sarflab bajarish uchun dastaki elektr drellar ishlatiladi. Ular quvvati, tipi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, asosan:220 yoki 36V kuchlanishga mo’ljallangan elektr dvigatel va shpindeldan tashkil topgan bo’lib, yengil tipdagilari 8-9 mm gacha o’rtacha vazndagilari 15 mm gacha, og’ir tipdagilari diametri 20-30 mm gacha bo’lgan teshiklarni parmalash imkonini beradi.
Drellar yordamida parmalashning qulayligi shundan iboratki, bu usuldan detal yoki zagatovkani turli holatlarda o’rnatib, tiskiga qistirib olib, ularni (detal yoki drelni) ixtiyoriy bir uchastkaga ko’chirib yuboribparmalash ishlarini bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |