Texnologiya
Texnologiya (grekcha: “techno” — hunar,
usta va „logos“ — fan, taʼlim)
[1]
— ilmiy-
praktika asosida xom-ashyoni tayyor
mahsulotga aylantirishning usullari.
Texnologiya (yun. techne — sanʼat,
mohirlik, uquv va ...logiya) — sanoat,
qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi. va
boshqa sohalarda mahsulotlar olish,
ularga ishlov berish va ularni qayta
ishlash usullari tartibga solingan tizim;
shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va
takomillashtirish bilan shugʻullanadigan
fan. Har bir sohaning oʻziga xos T.si
boʻladi: kon ishlari T.si, mashinasozlik
T.si, qurilish T.si, qishloq xoʻjaligi. T.si va
boshqa
Mas., qurilish ishlari T.si bir qancha
operatsiyalar yigʻindisidan tashkil topgan:
yer ishlari (yerni tekislash, kotlovan va
transheyalar kazish); poydevor yotqizish;
devor tiklash (gʻisht terish, panel
oʻrnatish); antiseysmik belbogʻlar va
temirbeton ustunlar ishlash; qavatlararo
va tom yopmalarini montaj qilish, tom
yopish; elektr, gaz va suv tarmoqlarini
oʻtkazish; pardoz ishlari va h.k. Har qaysi
operatsiyani oʻziga xos bajarish usullari
bor. Mas., pardozlashda avval devor
tekislanadi (mayaklar oʻrnatiladi), qora
suvoq, keyin toza suvoq qilinadi, soʻngra
oqlanadi (boʻyoq beriladi) yoki gulqogʻoz
(oboy) yopishtiriladi.
Amalda texnologik jarayonlar qanchalik
puxta ishlangan, tavsiya etilayotgan
usullar chuqur tajriba va ilmiy
yondashuvga asoslangan boʻlsa,
tayyorlanadigan mahsulot (avtomobil,
bino yoki inshoot va 6.) shunchalik sifatli
boʻladi. T.ning fan sifatidagi roli va
vazifasi mahsulot tayyorlashning eng
zamonaviy va samarali usullarini
yaratishdan iborat. Fan va texnika
rivojlanib borgan sari T. ham yangilanib
va oʻzgartirib turiladi. Har qaysi sohada
T.ni ishlab chiqish uchun texnologik
hujjatlarni ishlab chiqish, tipaviy
texnologik jarayonlar, standartlashtirilgan
jihozlar va uskunalardan foydalanishning
yagona tartibi boʻlishi lozim.
Texnologiya mahsulot ishlab chiqarish
uchun sanoat protseslarda foydalanuvchi
materialning,
xom-ashyonining yoki ayrim
mahsulotning bichimini, oʻlchamini,
hususiyatini, kuyini oʻzgartirish
shartlaridan iborat.
[2]
Umumiy sanoat protsesning boʻlagi boʻlib
hisoblanuvchi ishlab chiqarish, tashiish,
saqlamoq, nazorat qilish haqidagi ish-
harakatlar ham texnologiya deb ataladi.
Jamiyatning oʻzgarishiga bogʻliq ishlab
chiqarishning, hizmatning, oʻqitishning,
v.b. turli sohalarga
innovatsiya
texnologiyasi
tushunchasi kirilmoqda.
Hozirgi vaqtda texnologiya:
oldingi qatordagi texnologiya;
qoldiqsiz texnologiya;
ishlab chiqarish va qayta ishlash
texnologiyasi;
xalqaro standartga mos texnologiya
boʻlib boʻlinadi.
Neft, gaz, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini
ishlab chiqarish va boshqa texnologiyalar
ishlab chiqarish talablariga mos ravishda
ishga oshirilmoqda.
[1][3]
1. Raximbekova Z.M. Materialdar
mexanikasi terminderіnің
agʻilshinsha-orissha-qazaqsha
tүsіndіrme sөzdіgі ISBN 9965-769-
67-2
2. Poligrafiya, өlsheu texnikasi, agʻash
өңdeu jabdiqtari jәne metall өңdeu
texnikasi men texnologiyasi:
Qazaqsha-orissha terminderdің
tүsіndіrme sөzdіgі.
3. "Qazaqstan": Ұlttiq ensklopediya/Bas
redaktor Ә. Nisanbaev — Almati
„Qazaq ensiklopediyasi“ Bas
redaksiyasi, 1998 ISBN 5-89800-123-
9
Manbalar
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga
yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Last edited 5 years ago by OchilovBot
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Texnologiya&oldid=1891953
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |