Texnologiya darslarini tashkil etishning didaktik tamoyillari



Download 307,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana23.03.2023
Hajmi307,18 Kb.
#920821
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
texnologiya-darslarini-tashkil-etishning-didaktik-tamoyillari

Texnologiya darslarida nazariya bilan amaliyot birligi tamoyili asosida tashkil 
etish - 
ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo 
bo‘lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog‘langanligi sababli, bu 
bilimlarni egallash uchun ularni mazmunan o‘zlashtirish va amalda qo‘llash lozim. 
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash jarayonidan 
boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda davom ettiriladi. Bu 
mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan 
bilimlarini tekshiradilar, mustahkamlaydilar, chuqurlashtiradilar. Ularni amalda 
qo‘llanish ko‘nikma va malakalarini hosil qiladilar.
Nazariya bilan amaliyot birligini bog‘lashning har xil shakllari mavjuddir:
- har qanday bilimning to‘g‘riligi amaliyotda sinalib, tasdiqlanadi; 
- amaliyot - haqiqat mezoni, bilishning manbai va tadqiqot natijalarining 
qo‘llanish ko‘lami; 
- to‘g‘ri tashkil qilingan ta’lim-tarbiya hayotdan kelib chiqadi; 
- ta’lim-tarbiyaning samaradorligi uning amaliyot bilan qanchalik bog‘liqligi 
bilan belgilanadi; 
- bilim berishning samaradorligi. uning politexnik ta’lim bilan bog‘liqligi bilan 
belgilanadi; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
October 2021 / Volume 2 Issue 10
www.openscience.uz
430


- berilayotgan bilim hayot bilan qanchalik bog‘lansa, bolalardagi bilim egallash 
shunchalik ongli kechadi. 
Bularning amaliyotda qo‘llanishi quyidagi qoidalar orqali kechadi: 
1. Bilim va tarbiya berishda, bola ulaming, o‘z hayotiga naqadar zarur ekanini 
bilib borishi. 
2. Bilim berishda hayotdan bilimga yoki bilimdan hayotga qarab borish. 
3. Bilim berishda, bu bilim hayotda zarur bo‘lgani uchun kashf qilinganligini 
ta‘kidlash. 
4. O‘quvchilarni eng yangi mehnat qurollari va mehnat munosabatlari bilan 
tanishtirib borish. 
5. O‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda albatta sinab ko‘rishlarini talab 
qilish. 
6. Maktabning ishlab chiqarish bilan bog‘liqligini amalda ko‘rsatish. 
7. Bilim berish jarayonini ishlab chiqarish yutuqlaridan misollar keltirish yo‘li 
orqali bilimni amaliyot bilan bog‘lash. 
8. Dars berishda, o‘quvchilarning mehnat tajribalaridan kelib chiqish. 
9. Ijtimoiy mehnat faqat dars jarayoni asosida amalga oshirilishi. 
10. Aqdiy mehnatni jismoniy mehnat bilan olib borish. 
Ta’lim va tarbiya birligi birinchi - maktabda o‘quvchi yolg‘iz bilim, ko‘nikma 
va malakalarni egallabgina qolmaydi, balki har jihatdan mukammal tarbiyalanadi. 
Aqliy va jismoniy mehnat jarayonida xarakter xususiyatlari va hatti harakat ko‘nikma 
va odatlarni tarbiyalaydi. O‘tilayotgan mavzu mazmunidan kelib chiqadigan 
tarbiyaviy tomonlarini to‘g‘ri belgilash ham uni ta’lim bilan birga bir butunlikda 
amalga oshirishni ta’minlash juda ahamiyatga ega. 
Texnologiya darslarini ko‘rsatmalilik tamoyili asosida tashkil etish -
o‘qitishning ko‘rsatmaliligi shuni tasdiqlaydiki, agar o‘quvchilarda o‘rganilayotgan 
jarayonlarni narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish bilan bog‘liq muayyan hissiy 
amaliy tajriba bo‘lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtiradilar 
hamda ularda ilmiy tasavvur va tushunchalar hosil qilish mumkun. Bu tamoyil 
o’qitish jarayonida turli sezgilardan: ko‘rish, eshitish, badan bilan sezish va 
boshqalardan foydalanishni talab etadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchilarda malaka va 
ko‘nikmalar hosil qilish uchun mehnat usuli va operatsiyalarini ko‘rsatish keng 
qo‘llaniladi. Ko‘rsatmalilik o‘quvchilarni qiziqishini orttiradi va qiziqtiradi, 
o‘tilayotgan darsni yaxshi esda saqlab qolishga yordamlashadi (plakat, diafilm).

Download 307,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish