Nazorat: Og`zaki nazorat, savol – javoblar.
Baholash: 5 ballik tizimi asosida rag`batlantirish
V
|
Kutiladigan natijalar
|
O`qituvchi: Barcha o`quvchilar mavzuni berilgan vaqt ichida o`zlashtirishga erishish. O`quvchilar bilim samaradorligini oshirish, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish.
O`quvchi: gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari haqida yangi bilimlarni egallaydi, yakka holda va guruh bo`lib ishlashni, o`z – o`zini nazorat qilishni o`rganadi.
|
VI
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirib, innovatsion jarayonni takomillashtirish, o`z ustida ishlashi, mavzuni hayotiy voqealar bilan bog`lay olish, pedagogik mahoratni oshirish .
O`quvchi: mustaqil fikrlash, o’quv izlanish malakasini hosil qilish
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
10 daqiqa
|
Hisob so’zlarini top
|
5 daqiqa
|
Gap tuzish
|
5 daqiqa
|
Kim chaqqon o’yini
|
5 daqiqa
|
Ingliz tilida sanaymiz
|
5 daqiqa
|
Topishmoq va maqollar
|
5 daqiqa
|
O’quvchilar baholanadi va uyga vazifa beriladi
|
5 daqiqa
|
Rag’bat kartochkalari:
A’lo
yaxshi
qoniqarli
Darsning borishi.
I .Tashkiliy qism.
O`qituvchi sinfga kirib, o`quvchilar bilan salomlashib, navbatchi orqali davomatni aniqlaydi. Sinf xonasining tozaligiga etibor beradi. O`quvchilarning darsga tayyorgarligiga, jumladan, kitob, daftar ruchkalarining borligiga e’tibor qaratadi.
Dars sayohat tarzida tashkil etiladi:Aziz bolajonlar,”Son”deb ataluvchi qasrga borishimiz kerak.Lekin oldingizda turli tusiqlar bor,uni yengib borasiz ,sizning bilimingiz sizga yordam beradi.
SON SO‘Z TURKUMI
Narsa-buyumlarning sonini, miqdorini va joylashish tartibini bildirgan so‘zlar turkumi son dеyiladi.
Sonlar qancha? nеcha? nеchanchi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Sonlar yozuvda so’zlar bilan birgalikda arab raqamlari bilan yoziladi:
1, 2, 3,10,20,90,100,1000,2000
Rim raqamlari. .
I-1
II-2
III-3
IV-4
V-5
VI-6
VI-7
VIII-8
IX-9
X-10, V, X, C, D, M
Nutqimizda tez – tez ishlatiladigan 23 ta sodda son bo’lib, boshqa sonlar shularning qo’shilishidan hosilbo’ladi: nol, bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to’qqiz, o’n, yigirma, o’ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to’qson, yuz, ming, million, milliard.
Qadimgi o’zbek tilida tuman (o’n ming), lak (yuz ming) sonlari bo’lgan.
Hisob so’zlar tovoq, hovuch, qarich, qop, nusxa va tup bular sonlarga qo’shilib hisob so’zlarni hosil qiladi.
Hisob so’zlar ot turkumidan bo’ladi. Gapda son hisob so’zi bilan bitti gap bo’lagi bo’lib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |