Dehqonchilik qishloq xo`jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri.
samarali sohaga aylantirishga qaratilgan tashkiliy-agrotexnik tadbirlar
yig`indisidir.
Dehqonchilik tiziminining asosi ekinlarga ishlov berish texnologiyasi va
u almashlab ekishda ifodalanadi. Almashlab ekish turlari va sxemalari
tuproq sharoitlaridan, ekinlar xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
tashkil etiladi.
Ekinlar hosildorligini rejalashtirish biznes-rejaning asosiy
ko`rsatkichlaridan bo`lib, uni tug`ri asoslab berish dehqonchilik tizimi
talablaridan kelib chiqadi. Tuproq unumdorligini saqlash va surunkali
oshirib borish ish jarayonlarini to`g`ri tashkil etishga bog`liqligi uchun
ushbu bobda bu masalalarga katta e’tibor berilgan.