Texnologik ta'lim yo'nalishi fanidan


Randalash dastgohlarining texnik tavsiflari



Download 3,4 Mb.
bet17/26
Sana11.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#443787
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
Randalash dastgohlarini ishga sozlash texnologiyasi

Randalash dastgohlarining texnik tavsiflari

Ko‘rsatkichlar

SF4- 1

SFA41

SFK- 6

S2F4- 1



Kesish aylanasining diametri:






128









pichoqlar valida

128 !

128



128



128



pichoqlar kallagida

-

-




105

Aylanish chastotasi, ayl/min:




1







pichoqlar valining

5100

5100

5100

5100

pichoqlar kallagining

-

-

-

7000

Surish tezligi, m/min.

-

6,5...30

6; 8;

7...30

Elektr dvigatellaming quvvati,
kVt

3,0

3,5

9,2

5,3



Gabarit o‘lchamlari, mm:













bo‘yi

2564

2556

5565

2556

eni

1020

1013

1370

930

balandligi

1150

1350

1300

1350

Massasi, kg

750

990

1600

10560

II.BOB.RANDALASH DASTGOHLARINI ISHGA SOZLASH TEXNOLOGIYASI
2.1.Dastgohlarni sozlash
Bir tomonlama ishlaydigan randalash dastgohlarini sozlash old va ketingi stollarni hamda yo‘naltiruvchi chizg‘ichni o‘rnatishdan iborat Ketingi stolning ish sirti kesish silindrik sirtiga urinma
gorizontal tekislik bilan bir sathda yoki undan 0,02...0,03 mm
pastroqda bo‘lishi lozim. Stol shunday vaziyatda turganda ishlov berilayotgan sirtning kinematik notekisliklari stol jag‘iga tiralmaydi. Stolni zarur vaziyatda o‘rnatish uchun qattiq jinsli yog‘ochdan to‘g‘ri ishlov berilgan g‘o‘lacha olinadi, bu g‘o‘lacha stolga jips tekkizib qo‘yilib, pichoqlar vali qo‘lda aylantiriladi. Agar shunda pichoqlar g‘o‘lachaga salgina tegsa, stol to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘ladi, agar g‘o‘lacha pichoqlar ustida yotsa, stolni balandroq ko‘tarish kerak. Stolni ko‘tarish uchun gaykani kalit yordamida burab, ketingi stolning ekssentrik valiklarini birlashtiruvchi vint-tortqi bo‘yicha siljitishch kerak. Ketingi stol pichoqlari har gal almashtirilgandan keyin va valda turganda, charxlangandan hamda raxi chiqarilgandan keyin rostlanadi.
Old stolning ketingi stolga nisbatan turish vaziyati zagotovkaning eniga va yo‘nilayotgan qirindining qalinligiga bog‘Iiq bo‘lib, ensiz zagotovkadan - yo‘nilayotgai yog‘och qatlamining qalinligi 2 mm dan oshmasligi lozim. Bu qalinlik old stolning ish sirti bilan kesish aylanasiga urinma gorizontal tekislikorasidagi masofaga qarab belgilanadi. Stol dasta yordamida ko‘tariladi, ya‘ni dasta sektorning tegishli bo‘linmasi qarshisiga suriladi. Stolni surish qurilmasi tob tashlagan zagotovkalarni bo‘ylamasiga frezalashda dastani harakatlantirish yo‘li bilan stolni tezgina ko‘tarish yoki tushirishga imkon beradi.

Stollar balandligi bo‘yicha rostlangandan keyin stollarning sathi bilan pichoqlar tig‘i orasidagi masofa tekshiriladi. Bu tirqish 2...3 mm atrofida bo‘lishi lozim. Bu tirqish tegishli qalinlikdagi kalibrlangan plastinka bilan o‘lchanadi.


Plastinka stolning sathi bilan pichoq tig‘i orasiga bemalol kirishi, biroq orada liqillamasligi kerak. Tirqish 3 mm dan katta bo‘lsa, ishlov berilayotgan sirtdan yog‘och qatiami yulinib chiqadi, tirqish 2 mm dan kichik bo‘lganda pichoqning tig‘i uvalanadi. Zarur tirqish kattaligi valni pichoq to stolning sathi qarshisiga kelguncha aylantirib rostlanadi. Vintlar burab bo‘shatilib ekssentrik valikli salazkalami pichoqlar valining bor bo‘yicha 2... 3 mm kattalikda tirqish hosil bo‘lguncha siljitiladi. Shundan so‘ng salazkalar yaxshilab mahkamlanadi.
G‘o‘lasimon zagotovkalarni randalashda pichoqlar valining chap tomonidagi uchi bilan yo‘naltiruvchi chizg‘ich orasi ishlov berilayotgan zagotovka enidan biroz kattaroq bo‘lishi lozim. Pichoqlar o‘tmaslashgan sari pichoqlarning o‘tkir qismini ishga solish uchun yo‘naltiruvchi chizg‘ich sekin-asta o‘ng tomonga siljitiladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich maxovikcha yordamida qo‘zg‘atiladigan reykali qurilma yordamida stolning ko‘ndalangiga siljitiladi. Detaining yon qirrasini frezalash uchun yo‘naltiruvchi chizg‘ich detal qatlamiga nisbatan (odatda, 90°) qiya o‘raatilishi lozim, bu maqsadda metall uchburchaklik yoki tegishli andazadan (burchak to‘g‘ri burchakdan farq qilsa) foydalaniladi. Buning uchun nazorat uchburchaklik (andaza) dastgohning ketingi stoliga o‘rnatiladi. Bunda uchburchaklik (andaza) ning tokchasi bilan yo‘naltiruvchi chizg‘ichning sirti orasidagi tirqish 100 mm masofada 0,05 mm dan oshmasligi kerak.
Yo‘naltiruvchi chizg‘ich ma‘lum burchak ostida o‘rnatilib, vint bilan mahkamlab qo‘yiladi. Ikki tomonlama ishlaydigan randalash dastgohlarini sozlashda stollarni hamda yo‘naltiruvchi chizg‘ichning qo‘zg‘almas qismini (ketingi stol tepasida) rostlash tartibi bir tomonlama ishlaydigan randalash dastgohiniki kabidir. Yo‘naltiruvchi
chizg‘ich qo‘zg‘aluvchan qismining tekisligi qo‘zg‘almas qismining tekisligidan zagotovkaning yon qirrasidan yo‘nilayotgan yog‘och qatiami qalinligicha narida bo‘lishi lozim. Ekssentrik dastasini burib, chizg‘ich zarur holatda o‘rnatiladi, dasta burilganda yarim aylana shaklidagi halqa bo‘yicha sirpanadi Dasta yarim aylananing o‘rtasida turganda chizg‘ich yo‘niladigan yog‘ochmng qalinligi 1 mm ga, dasta yarim aylananing 1/4 qismida turganda esa — 0,5 mm ga teng bo‘lgan va hokazo vaziyatni egallaydi.
Avtomatik uzatkichlar kabi, surish konveyerlari ham muayyan qalinhkdagi zagotovkani uzatadigan qihb rostlanadi.Zagotovkalar prujinali roliklar, zanjirlar yoki panjalar yordamida salgina siqilib, shataksiramay, ravon uzatihshi lozim Zagotovkalarning uzatihshi avtomatik uzatkichlarning turish vaziyatiga ham bog‘liq . Zagotovkaning qatlamlanga ishlov benshchda avtomatik uzatkichni pichoqlar validan keyin (valdan 30 40 mm masofada) o‘rnatgan ma‘qul, qalin zagotovkalarga ishlov benshda uzatish moslamalari old stol tepasida bo‘lishi ham mumkin. Avtomatik uzatkich yo‘naltiruvchi chizg‘ichga nisbatan kichik burchak ostida o‘rnatiladi, shunda ishlov benlayotgan zagotovka unga yopishib turadi. Bir tomonlama ishlaydigan randalash dastgohlarida ham avtomatik uzatkichlardan foydalaniladi.

Zagotovkalarning yon qirralanni randalash uchun avtomatik uzatkichlar yo‘naltiruvchi chizg‘ichga parallel holda o‘rnatiladi, shunday vaziyatda avtomatik uzatkich qismlari zagotovkani yo‘naltiruvchi chizg‘ichga va dastgoh stoliga yaxshi qisadi. Dastgohning to‘g‘ri sozlanganligi zagotovkani randalashorqali tekshiriladi Teshikdan chetga chiqish 1000 mm uzunlikda ko‘pi bilan 0,15 mm dan va perpendikularhkda esa 100 mm uzunhkda 0,1 mm dan oshmashgi lozim. Dastgohda ishlash Bir tomonlama ishlaydigan randalash dastgohini bir kishi, lkki tomonlama ishlaydigan randalash dastgohini esa ikki kishi boshqaradi. Ishchi shtabeldan zagotovkani olib ko‘zdan kechiradi va botiq sirtini pastga qaratib, dastgohning old stoliga qo‘yadi So‘ngra zagotovkani yo‘naltiruvchi chizg‘ichga ikki qo‘li bilan bosib turib pichoqqa suradi. Keyinchalik zagotovkani chap qo‘li bilan surib uning ishlov berilgan qismini ketingi stol sirtiga bosadi Navbatdagi o‘tishdan keyin ishchi zagotovkani yana ko‘zdan kechiradi va yetarhcha ishlov


berilgan bo‘lsa, belgilangan joyga taxlaydi; randalanmagan joylari bo‘lsa, takror randalash uchun yana dastgohga uzatadi.
Anchagina tob tashlagan zagotovkalarni randalashning foydasi yo‘q, chunki ularni bir necha marta yo‘nishga to‘g‘ri keladi,
natijada zagotovka o‘lchamlari kamayib yaroqsizlikka chiqib ketadi. Detaining o‘zaro perpendikular ikki sirtini tekshirish zarur bo‘lsa, dastlab enli sirti (qatlam) yo‘nib tekislanadi, so‘ngra shu sirtni yo‘naltiruvchi chizg‘ichga bosib turgan holda uning ikkinchi sirti (qirrasi) frezalanadi. Ikki tomonlama ishlaydigan randalash dastgohida bu operatsiya bir o‘tishda bajariladi.

Randalash dastgohida zagotovkani qalinligi bo‘yicha frezalab yoki ikkala sirtdan o‘zaro parallel zagotovka olib bo‘lmaydi. Bu maqsadda reysmusli dastgohlar ishlatiladi (3-rasm). Randalash dastgohlarida ishlov beriladigan detallarning optimal uzunligi 1-1,5 m; ancha qisqa zagotovkalarni frezalash uchun maxsus moslamadan foydalaniladi; ancha uzun zagotovkalarning massasi katta bo‘lganligidan ularni randalash noqulay va qiyin.




Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish