Smart ta’lim konsepsiyasi — mavjud manbalarga tez moslashuvchanlik, multimedianing maksimal xilma-xilligi, tinglovchining saviyasi va talabi darajasiga tezkorlikda moslashuvchanlikdan iborat. Kompetentlikning uzluksiz rivojlanishi, bilimlarni doimiy o‘sishi va yangilanib borishi zamonaviy ta’lim tizimidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sababi bilimni rivojlantirish uchun endi inson kapitalining ta’siri kamlik qila boshlaydi. Bu kabi masalalarni hal qilishda nafaqat ta’lim muhitining o‘zini, balki ta’lim tizimining tarkibi, instrumentlari, usullari tubdan o‘zgartirilishi shart. Analitik kompetensiyalar, kompleks muammolarni yechish mahorati, yangi g‘oyalarni rivojlantiruvchi — innovatsion xususiyatlar, o‘zaro kommunikatsiya madaniyati kabi bilimlarni takomillashtirish zarur. Chunki an’anaviy ta’lim parametrlari asosida bilim berish insonlarni Smart — jamiyat uchun tayyorlamaydi. O‘z navbatida, Smart — texnologiyasisiz, innovatsion faoliyat yuritib bo‘lmaydi. Agar ta’lim shu yo‘nalishda ortda qolsa, u tormozlanib, qotib qoladi. SMART ta’lim texnologiyasi Smart o’qitish bu – masofaviy o’qitish Masоfaviy o’qitish uslubi asоsida tinglоvchilarni o’qitish hоzirgi kunning eng rivоjlanib bоrayotgan yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan tinglоvchilar ma’lum bir masоfada jоylashgan hоlda ta’lim berish tizimidir. O’qituvchi va tinglоvchining ma’lum bir masоfada jоylashganligi, o’qituvchini dars jarayonida kоmpyuterlar, sputnik alоqasi, kabel televidenyasi kabi vоsitalar asоsida o’quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamоnaviy kоmpyuter texnоlоgiyalarining tez rivоjlanib bоrishi, ayniqsa, axbоrоtlarni uzatish kanallarining rivоjlanishi telekоmmunikatsiya sоhasiga o’ziga xоs tarixiy o’zgarishlar kiritmоqda.
Xulosa
Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish, mustaqil ijodiy tafakkurini o‘stirish, pedagogik jarayonda innovatsion texnologiyalardan keng va samarali foydalanish, o‘qituvchining kasbiy saviyasi, kasbiy tayyorgarligini shakllantirish masalasiga chuqurroq yondashuvni talab etadi. Shu sababli mamlakatimizda ta’lim - tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodni tarbiyalash ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Shu jumladan texnologiya fanining “Servis xizmati” yo’nalishi mazmuni sifatli o’qitish, ta’lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, bu jarayonda zamonaviy ta’lim va axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan samarali foydalanish dolzarb vazifa hisoblanadi.
“Steam va smart” ta’lim texnologiyasini turli mavzularni o‘rganishda qo‘llash – hayotdan olingan odatdagi vaziyatlarni o‘rganishni tashkil etish yoki sun’iy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda ta’lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan ta’lim jarayonidan iborat. Bu metod ta’lim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qo‘shimcha axborotlarni yig‘ish, farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni echish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini loyihalash bo‘yicha amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi.
Kurs ishini bajarish davomida quyidagi vazifalar bajarildi:
Mavzuga doir ilmiy-metodik adabiyotlar va ilg’or pedagogik tajribalar o’rganildi hamda umumlashtirildi, oliy ta’lim muassasalarida “Texnologiya ta’limi praktikumi” fanining “Servis xizmati” yo’nalishi darslari kuzatildi, tahlil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |