Texnologik qism Kompyuterni ishga tushirish



Download 33,85 Kb.
bet3/4
Sana23.07.2022
Hajmi33,85 Kb.
#843132
1   2   3   4
Bog'liq
Texnologik qism

Mehnat muhofazasi
Insoniyat borki o’z ishini, muammolarini yengillashtirishga harakat qiladi, buning natijasida yangidan yangi ixtirolar qilindi. Jumladan kompyuter. Jamiyatimizda ilm-fan va texnikaning rivojlanib borayotgani ko’pgina sohalarda o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Deyarli barcha sohalar kompyuter texnologiyasi bilan ish yuritmoqda.
Xo’sh kompyuter bizga nima berdi?
Kompyuterning foydali jihatlari shuki, insoniyat ishini yengillashtiradi. Vaqt tejaladi, ishning unumi oshadi, sifatli, tushunarli axborotlar yaratiladi. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchi yoshini chegaralamaydi. Kompyuterdan foydalanishni o’rganish uchun til bilish va zehndorlik talab etiladi. Asalning ham ozi shirin deganlaridek, kompyuterdan foydalanishda ham ma’lum vaqt chegaralansa inson uchun, uning sog’ligi uchun juda foydalidir.
Keling uning zararli tomonlarini tahlil qilamiz:
1.Kompyuterdan uzluksiz 1 soatdan ortiq foydalanish foydalanuvchini ruhiy depressiyaga olib keladi.
2. Ekranning shu’lalanishi va miltillashi migren(vaqti-vaqti bilan tutadigan bosh og’rig’i), uzoqni ko’rolmaslik, serjahllik, asabiy hayajon paydo bo’lishini keltirib chiqaradi.
3. Past chastotali maydon teri kasalliklari, qattiq hayajonlar, homiladorlikni borishidagi buzilishlar, bola tashlashlar. Esda qolgan narsani tiklashga oid qobiliyatning buzilishi va zararli shishlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi;
4. Elektrostatik maydon to’qimalarning rivojlanishini o’zgartirishi va to’xtashi, ko’z gavharining xira tortishini-kataraktani keltirib chiqarishi mumkin.
5.Diqqatni bir joyga jamlay olmaslik, ko’rish qobiliyatini susayishiga, yuzda erta ajin paydo bo’lishiga, yuzdagi nerv tuqimalarini zararlanishiga, ishyoqmaslik, befarqlikga olib keladi.
Shu bilan bir qatorda kompyuterda ishlayotganda musiqa tinglash davomidagi turli darajadagi va kattalikdagi shovqinlar organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi va uni qobiliyatini pasayishiga sabab bo’ladi, buning oqibatida jizzakilik, bosh og’rig’i, bosh aylanishi, xotira susayishi, ishtaha bo’g’ilishi, quloqda og’riq va boshqa oqibatlar kelib chiqadi.
Yosh bolalarga kompyuterning zararli ta’siri odatda o’yin o’ynash oqibatida ko’proq bo’ladi:
1. Bola o’yinga o’ta qiziqib ketish oqibatida monitorga tez-tez yaqinlashib o’ziga nurlanishni kup qabul qiladi.
2.O’yinga qiziqib ketish oqibatida vaqtni qanday o’tganini bilmaydi va qorin ochqaganini ham bilmay oshqozonini buzilishiga olib keladi, sababi ishtaha yuqoladi.
3. Bolaning ko’rish qobiliyati pasayadi
4. Bola o’yinlar oqibatida ishyoqmas, qiziqqon, berahm, jizzaki, diqqatini bir joyga jamlay olmaydigan, bee’tibor bo’lib qoladi.
Kompyuter nafaqat yosh bolalarga balki ayollarga ayniqsa xomilador ayollarga salbiy ta’sir qiladi. Kompyuterda muntazam ishlaydigan ayollarning ko’pchiligida homila me’yorsiz rivojlanadi; bolalalar muddatidan oldin tug’iladilar, kupincha ortiqcha vazn bilan, gipo- gipertonus bilan, bosh miyaning rivojlanishida nuqsonlarning ham ehtimoli bor.
Elektromagnit nurlanishlar turli chastotalarda, aloqa tarmog’ida va kompyuterda sodir bo’ladi. Kompyuter qurilmalari ishida ularni o’rab turgan hajmda ya’ni joyda elektromagnit maydonlar bunyod bo’ladi. Elektromagnit maydonlar foydali harakati bilan bir qatorda inson tanasiga kirib, unda noqulay, salbiy ta’sir ko’rsatishi va kasbiy kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin. Ular asab va yurak-qon tomirlari tizimi kasallanishini chaqirish mumkin, insonda qon bosimi pasayadi, pulsi sekinlashadi, reflekslar tormozlanadi, qon tarkibi o’zgaradi. Elektromagnit maydonlar organizmda issiqlik ta’sirida o’z aksini berish mumkin. Inson tanasida yuritilgan elektromagnit maydonlar quvvati tanani va ayrim organlarni qizishini yuzaga keltirib, issiqlikka aylanib, kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, miya, ko’z, ichak, buyrak va urug’donlar elektromagnit maydonlar ta’sirida yo’naladi. Elektromagnit maydonlarning ta’siri subyektiv bunyod bo’lishi juda toliqish, bosh og’rig’i, jizzakilikda, nafas siqishi, ko’rish qobiliyatining yomonlashuvi, tana haroratining ko’tarilishida o’z ifodasini topadi.
Bunday salbiy oqibatlarning oldini olish uchun albatta ma’lum qoidalarga rioya qilish lozim:

  • ba’zi o’simliklar istalgan nurlanishning yaxshi yutuvchisi hisoblanadi; ko’pgina nurlanishlardan ular yaxshi rivojlanadi. Ko’pincha ofislarda xonaki o’simliklar, kaktus va palmalarni tik yog’och bochkalarda o’stirib quyish aynan nurlanish darajasini pasaytirish darajasiga olib keladi;

  • kompyuterlar joylashgan xona yetarli darajada keng, havosi doimo yangilanib turadigan bo’lishi kerak

  • ko’zlardan displey ekranigacha bo’lgan masofa 65 sm dan kam bo’lmasligi kerak;

  • ekranning yoritilganligi xonaning yoritilganligiga yaqin bo’lishi kerak;

  • yorqin lyuminessent yorug’likdan qoching;

  • har 10 minutda nigohingizni ekrandan chekkaga olib o’ting;

  • shaxsiy kompyuterga xomaki qo’l yozmalardan ma’lumotlarni kiritishda uni ekranga yaqinroq joylashtiring;

  • ko’z shifokori bilan maslahatlashib, ekran oldida ishlash uchun maxsus ko’zoynak kerakligini bilib oling

  • displeyga yorug’lik umuman tushmasligi kerak, iloji boricha displeyning yorqinligini kamaytirish kerak;

  • kompyuter joylashgan xonadagi devor ranglari yashil-havoranglardan birida bo’lishi shart, oq rangdan kamroq foydalanish kerak;

Xulosa qilib aytganda kompyuterdan ham o’z vaqtida va me’yorida foydalanish inson sog’ligi va hayoti uchun yaxshidir.

Xulosa
Shunday qilib, ushbu diplom ishida biz Windows operasion tizimini o’rnatish haqida umumiy tushunchalarga ega bo’ldik.
Shuningdek diplom ishida Windows NT Operasion tizimi, Fayllar ularning turlari va tashkil yetilishi, Kiritish-chiqarish bazaviy tizimi (BIOS), Drayverlar,Operasion tizimni yo’klash, XPning tashqi buyruqlari va utilitalari, Windows XP ish stoli, Hujjatni ochish,Windows XP da ma’lumotnomali axborotlarni olish, Faylni yoki papkani o’chirish, Windows XR dasturi va ilovalar bilan ishlashga doir tavsiyalar to’g’risida so’z yuritiladi. Insoniyat hamisha yangilikka, qulaylikka intilib yashashini hisobga olsak, demak, bundan buyon ham bulardan qulaypok, yana ham keng imkoniyatlarga ega bo’lgan Operasion tizimlar kashf qilinishi mumkin. Zero XXI asr kompyuter asri bo’lib qolishi kerak, deb bejiz aytilmagan.
Shuning uchun ham kishilar kundalik hayotida imkoniyatlari kengroq bo’lgan, bir qancha afzalliklarga ega bo’lgan operasion tizimlardan foydalanishni hohlaydilar. Bunday operasion tizimlarda ishlashda ma’lum bir qiyinchiliklar poydo bo’lishi mumkin.
Shunday ekan diplom ishidan ham ushbu ehtiyojlarni qondirish yulida, ya’ni Windows operasion tizimi bilan ishlash bo’yicha kerakli ma’lumotlar olishda foydalanish mumkin.


Download 33,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish