Mavzu: Kon quvur o’tkazgichlarda gaz suyuqlik sarfini o’lchash.
Re’ja:
1 Kirish Texnika qism Konlarda quvur o’tkazgichlarning sinflari
Konlarda sarf o’lchagichlarning turlari
Texnologik qism 2.1 Neft va gaz uzatuvchi quvurlarni hisoblash usullari
2.2 Suyuqlik sarfini o’lchash qurilmalari ish prinsipi
KIRISH Uglevodorod xomashyosini yig'ish va tayyorlashning texnologik jarayonlari neft va gaz quduqlari mahsulotlari hamda ularning ayrim tarkibiy qismlari (neft va gaz) holatining izchil o'zgarishida tovar mahsulot olish bilan yakunlanadi. Quduq mahsulotini ajratishdan keyin texnologik jarayon neft va gaz moddiy oqimlaridan iborat bo'ladi. Oqimlarni iste'molchilarga yetkazib berish esa uni uzatish sifatida ko'rilib, mavjud imkoniyatlar hamda texnik-iqtisodiy asoslanish orqali amalga oshiriladi. Ma’lumki ayni paytda “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsiya loyihasi doirasida “Uzbekneftegaz GTL” zavodini xomashyo va yoqilg‘i gazlari bilan ta’minlash borasida majmuada jadal ishlar olib borilmoqda. Gaz ta’minoti obyektlari mazkur obyektlar orasida asosiylaridan biri hisoblanib, yangi barpo etilayotgan zavodni xomashyo va yoqilg‘i gazlari bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Gaz ta’minoti obyektlari loyihasi doirasida ikkita gaz quvurini yotqizilib, gaz sarfini o‘lchash qurilmalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda gaz quvurlari yotqizilib, “Uzbekneftegaz GTL” zavodini mavjud magistral gaz quvurlariga ulash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi va gaz sarfini o‘lchash qurilmalari o‘rnatildi.Gaz sarfini o‘lchash qurilmalari “Emerson” kompaniyasi tomonidan mazkur loyiha uchun maxsus tayyorlangan bo‘lib, ushbu turdagi qurilmalar gaz sarfini o‘lchashda o‘zining o‘ta yuqori aniqligi bilan ajralib turadigan ultratovushli sarf o‘lchagichlar bilan jihozlangan. Gaz sarfini o‘lchash qurilmalarining yangi avlodi bo‘lgan ushbu qurilmalar respublikamiz hududida birinchi bo‘lib “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi”da o‘rnatildi. Joriy yilning may oyida “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ da “O‘ztransgaz” AJ ga uzatilayotgan tozalangan tabiiy gaz quvuriga ham yangi sarf o‘lchash uskunasi o‘rnatildi. Ushbu yangi turdagi zamonaviy uskunada gazning tarkibi, zichligi va harorati onlayn tarzda aniqlanib, gaz hajmini xalqaro talablar asosida standart sharoitlarga keltiruvchi maxsus kompyuter mavjud. Undagi analizatordan esa gazning kimyoviy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jonli tarzda kelib turadi hamda ular yordamida gazning amaldagi sarfi hisoblanadi. Ushbu uskunaning o‘rnatilishi “O‘ztransgaz” AJ ga uzatilayotgan tozalangan tabiiy gazning miqdorini yuqori aniqlik bilan o‘lchash imkonini beradi.
2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 22-maqsadida kimyo va gaz-kimyosi sohalarini rivojlantirish va tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga еtkazish orqali kimyo sanoatida 2 milliard AQSh dollariga teng mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.