Texnologik jihozlarni loyihalash fanidan oraliq nazorat savollari


Zagotovkalarni moslamalarda noto‘liq bazalash



Download 1,53 Mb.
bet2/2
Sana19.11.2019
Hajmi1,53 Mb.
#26412
1   2
Bog'liq
Texjihoz oraliq nazorat savollari(1)

7 Zagotovkalarni moslamalarda noto‘liq bazalash.


Noto‘liq (soddalashtirilgan) bazalashda ishlov berish shartlariga binoan ba’zi yo‘nalishlar bo‘yicha zagotovkani aniq o‘rnatilishi shart bo’lmaydi (7, 8 - rasm).

Группа 56
7-rasm. Prizmatik detallarning soddalashtirilgan bazalash varianti

Soddalashtirilgan bazalashda zagotovka 1 ta, 2 ta yoki 3 ta erkinlik darajalariga ega bo‘lishi mumkin, yoki 5 ta, 4 ta yoki 3 ta tayanch nuqtalari bo‘yicha o‘rnatilishi mumkin.



Группа 4
8-rasm. Silindrik detallarni soddalashtirilgan bazalash varianti
8 O‘rnatish elementlari (tayanchlar) ning asosiy va yordamchi turlari mavjud. Zagotovkani o‘rnatilganda barcha yoki bir nechta erkinlik darajasini yo‘qotuvchi elementlar asosini tayanchlar deb yuritiladi va ular zagotovkaning fazodagi holatini aniqlaydi. Ular asosan qo‘zg‘almas bo‘ladi.

Ishlov berish jarayonida faqatgina zagotovkaga qo‘shimcha bikrlik yoki qo‘zg‘almaslikni ta’minlash uchun xizmat qiluvchi detallar yoki mexanizmlar yordamchi tayanchlar deb yuritiadi.

Yordamchi tayanch zagotovkani asosiy tayanchlarga o‘rnatilgandagi holatini buzmasligi shart, buning uchun u faqat asosiy tayanchlarga o‘rnatilgandan so‘ng bikrlikni ta’minlovchi, sozlanuvchi bo‘ladi.

O‘rnatish elementlariga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi:

1. O‘rnatish elementlarining soni va joylashuvi zagotovkani to‘g‘ri bazalashni, mahkamlanganda qo‘zg‘almasligini va bikrligini ta’minlashi kerak. Ortiqcha o‘rnatish elementlari bazalash noaniqligiga olib keladi. Masalan, yo‘naltiruvchi baza bo‘yicha 2 ta asosiy tayanch o‘rniga 3 ta ko‘zda tutilsa, zagotovka sirti 2 ta tayanchga tegadi va 3 chi tayanch bazalash xatoligiga olib kelishi mumkin. Zagotovkaning qo‘zg‘almas holatini ta’minlash uchun tayanchlar orasidagi masofa iloji borcha uzoq qilib qo‘yiladi.

2. O‘rnatish elementlari ishchi sirtlarining o‘lchamlari katta bo‘lmasligi kerak. Chunki texnologik bazani tayyorlashdagi xatoliklari va notekisliklar bazalash xatoligini ko‘paytirib yuboradi.

3. Zagotovkalar ishlov berilgan sirtlar bo‘yicha o‘rnatilganda uning sirtini buzmasligi (ezmasligi) kerak.

4. O‘rnatish elementi bikr bo‘lishi va asosiy tanaga to‘g‘ri va aniq mahkamlanishi zarur.

5. O‘rnatish elementining konstruksiyasi yeyilganida yoki singanida uni tezda almashtirishni ta’minlashi kerak.

6. O‘rnatish elementining ishchi sirti yeyilishga chidamli bo‘lishi zarur.


9 Zagotovkalarning ishlov berilmagan yassi baza sirtlari bo‘yicha o‘rnatish uchun ГОСТ 13440-68, ГОСТ 13441-68 va ГОСТ 13442-68 bo‘yicha tayyorlangan doimiy tayanchlar ishlatiladi (1-rasm). Doimiy tayanchlar odatda ikki tomoni ham ochiq qilib ishlov berilgan moslama tanasidagi teshiklarga o‘rnatilib yeyilganidan keyin almashtiriladi. Tanaga rezba bilan o‘rnatilib talab qilingan holatda kontrgayka bilan mahkamlab qo‘yiladigan sozlanuvchan tayanchlar ham ishlatiladi (ГОСТ 4084-68, ГОСТ 4086-68).

Toza ishlov berilgan yassi sirtlar bo‘yicha zagotovkalar ГОСТ 4743-68 bo‘yicha ishlov berilgan tayanch plastinalarga o‘rnatiladi (1-rasm).

Tayanchlarning o‘rnatish sirtlari yeyilishga chidamli bo‘lishi kerak. Shuning uchun tayanchlar У7A yoki 20X po‘latlardan tayyorlanib HRC 50-55 gacha toblanadi, keyinchalik 0,8-1,2 mm chuqurlikkacha sementatsiya qilinadi. Ko‘p hollarda tayanchlarning balandligi bo‘yicha 0,2-0,3 mm qalinlikdagi qo‘yim qoldiriladi. Bu qo‘yim moslama yig‘ilganidan keyin tayanchlar balandligini jilvirlab bir o‘lchamga keltirish uchun ishlatiladi.
Tayanch turini tanlash masalasi zagotovka massasiga, o‘lchamlariga va baza sirtlarining holatiga bog‘liq. Ba’zi hollarda asosiy tayanchlar sifatida o‘zi o‘rnatiluvchan tayanchlar ishlatiladi. Har holda moslamalarni loyihalayotib o‘rnatish sirtlaridan metall qirindilarini oson tozalash sharoitlari ta’minlanishi kerak.
10-11 Zagotovkalar tashqi silindrik baza sirtlari bo‘yicha tayanch prizmalarga va o‘zi markazlashtiruvchi patronlarga o‘rnatiladi. Toza ishlov berilgan baza sirtlari uchun enli tayanch prizmalar, ishlov berilmagan sirtlar uchun ensiz prizmalar ishlatiladi (2-rasm). Moslamalarda burchagi  = 90 bo‘lgan prizmalar ishlatiladi.

Zagotovkani baza bo’yinchalari IT 8-10 kvalitetlar bo‘yicha ishlov berilgan bo‘lsa, vtulkaga o‘rnatish usuli ishlatilishi mumkin. Prizmalar va vtulkalar 20X po‘latidan tayyorlanadi va HRC 55-60 gacha toblanib, 0,8-1,2 mm chuqurlikka sementatsiya qilinadi. Prizmalar moslama tanasida nazorat shtiftlari bilan o‘rnatilib vintlar bilan mahkamlanadi. Prizmalar o‘lchamlari va ularga texnik talablar ГОСТ 12193-66, 12197-66 larda keltirilgan.


12 Zagotovkalar teshiklar bo‘yicha bazalanganida barmoqlar va opravkalarga o‘rnatiladi. Yordamchi bazalar sifatida zagotovkaning sirti va shponka faskasi, har xil teshiklar tipidagi elementlar xizmat qiladi.

Opravkalar kengayuvchan va kengaymas bo‘lishi mumkin. Kengaymas opravkalar konussimon, tirqishli va taranglikli silindrik turlarga bo’linadi (3-rasm).

Konussimon opravkalar konusligi 1/2000, 1/4000 qilib tayyorlanadi. Konussimon opravkada markazlashtirish aniqligi taranglikli opravka bilan bir xil bo‘lib 0,005-0,01 mm teng.

Zagotovkalar tirqishli opravkaga bazalansa, ularning baza teshigi IT 8-10 kvalitet bo‘yicha ishlov berilgan bo‘lishi kerak. Bu opravkalarda markazlashtirish aniqligi 0,02…0,03 mm dan oshmaydi. Opravkalar 20X po‘latidan tayyorlanib HRC 55-60 gacha toblanadi va 1,2…1,5 mm chuqurlikkacha sementatsiya qilinadi. Seriyali va yalpi ishlab chiqarish turlarida turli konstruksiyali kengayuvchi opravkalar ishlatiladi. Qolgani kengayuvchan opravkaga baza teshigi IT 10-14 kvalitet bo‘yicha ishlov berilgan zagotovkalar o‘rnatiladi. Bunda markazlashtirish aniqligi 0,02…0,04 mmga teng (4-rasm). Uchta mushtchali opravkada markazlashtirish aniqligi 0,05…0,1 mm (4-rasm).



Gidroplastmassali opravkada baza teshigi IT 8-10 kvalitet bo‘yicha ishlov berilgan zagotovkalar o‘rnatilib markazlashtirish aniqligi 0,005…0,01 mm teng. Eng yuqori markazlashtirish aniqligini vtulkali opravka ta’minlaydi: 0,002…0,003 mm. Bu aniqlikni olish uchun vtulkalar 30XCA, У10A po‘latlardan tayyorlanadi, sirtlar tepishi 0,005 mm dan oshmaydi. Bu opravkada o‘rnatish uchun baza teshiklari IT 6-8 kvalitet bo‘yicha ishlanishi kerak.

Statsionar moslamalarga zagotovkalarni baza teshigi bo‘yicha o‘rnatish uchun ГОСТ 12209-66, 12211-66 talablari bilan ishlov berilgan silindrik barmoqlardan foydalanadilar o‘rnatish barmoqlari doimiy (5,a-rasm) va almashuvchan (5,b-rasm) bo‘lishi mumkin. Ular chiqiq (burt) bilan (5,a-rasm), yoki chiqiqsiz (burtsiz) (5,b-rasm) tayyorlanadi.

Doimiy barmoqlar moslama tanasiga H7/p6 o‘tqazish bilan presslanadi. Almashuvchan barmoqlar esa vtulkalarga H7/h6 o‘tqazish bilan o‘rnatiladi. Barmoqlarning ishchi sirtlari g6 dan f8 gacha asosiy chetlanishlari bilan ishlanadi. Tana tipidagi detallar o‘rnatilganda ikkita barmoq ishlatiladi va ularning bittasi kertilgan (rombik) bo‘lishi kerak (6-rasm). Bunday detallarning baza tekisligi toza ishlov berilgan, teshiklari esa IT 8 kvalitet bo‘yicha ishlov berilgan bo‘lishi kerak. Kertilgan barmoqlar ham doimiy va almashinuvchan bo‘lishi mumkin va ГОСТ 12210-66, 12212-66 talablariga binoan tayyorlanadi.

Val tipidagi detallar markaz uyasi bo‘yicha o‘rnatilganda burchagi 50…600 markazlar ishlatiladi (7- rasm). Markazlar oldingi (7 g, d, e-rasm) va ketingi (7 a, b, v-rasm) bo‘lishi mumkin. Val o‘qi bo‘ylab aniq o‘rnatish talab qilinganda oldingi markaz suzuvchan bo‘lishi kerak (7-rasm).


13 Siqish qurilmalariga asosiy talablar. Zagotovkani mahkamlash elementlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1) siqish jarayonida zagotovkaning bazalashda ta’minlangan holatini buzilmasligi kerak;

2) siqish kuchlari iloji boricha minimal, lekin zagotovkani ishonchli mahkamlanishini ta’minlashi kerak;

3) siqish mexanizmlari tez ishlaydigan va yengil boshqariladigan bo‘lishi kerak;

4) mahkamlash elementlari zagotovka sirtlarini ezmasligi va deformatsiyalamasligi zarur;

5) siqish qurilmalarining konstruksiyalari oddiy, ishlatishga qulay va xavfsiz bo‘lishi kerak;

6) siqish qurilmalariga kesish kuchlari iloji boricha to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etmasligi kerak;

7) siqish qurilmalari siqish kuchlarining teng taqsimlanishini ta’minlashi kerak.

Bu talab ayniqsa ko‘p o‘rinli moslamalarda bir nechta zagotovka o‘rnatilganda muhim ahamiyatga ega.

Zagotovkani mahkamlash sxemasi iloji boricha kesish kuchlarini siqish qurilmasi emas o‘rnatish elementlari qabul qiladigan qilib tuzilishi kerak. Siqish kuchlarining ta’sir qilish joylari zagotovkaning minimal deformatsiyasini, yuqori turg‘unligini va bikrligini ta’minlash shartlariga javob berishi kerak. Qo‘shimcha siqish qurilmalari kiritib texnologik tizimning bikrligini oshirish mumkin. Bu esa ishlov berish aniqligining, sirtlar sifatining va ish unumdorligining ortishiga olib keladi.

Siqish qurilmalari zagotovkalarni to‘g‘ri o‘rnatish va markazlashtirish uchun ham ishlatiladi. Bunday qurilmalar o‘rnatish-siqish qurilmalari deyiladi va bular qatoriga o‘zi markazlashtiruvchi patronlar, sangali siqish mexanizmlari va boshqalar kiradi.

Demak, og‘ir zagotovkalarga ishlov berilganda kesish kuchlari uning massasiga nisbatan kichik bo‘lsa, siqish qurilmalarini ishlatishga hojat qolmasligi mumkin. Ba’zi hollarda kesish kuchlari zagotovkani o‘rnatish elementlariga bosib tursa mahkamlashga zarurat qolmaydi.



14 O‘rnatish va mahkamlash elementlarini tanlash


O‘rnatish va mahkamlash elementlarini tanlashni to‘g‘ri va sifatli bajarilishi uchun konstruktor quyidagi boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.

1. Ishlov beriladigan zagotovka va tayyor detalning barcha texnik talablari berilgan ishchi chizmasi. Bu bilan detal haqida to‘liq ma’lumotni o‘rganiladi.

2. Bajariladigan va ilgarigi amallar eskizlari. Ulardan detalni bazalash va mahkamlash sxemalari hamda qaysi sirtlarga ishlov berilganu, qaysi sirtlarga ishlov berilmaganligi aniqlanadi.

3. Asosiy va yordamchi vaqtlar sarfi, kesish ma’romlari, ishlatiladigan dastgoh va asboblar, operatsiya tarkibi haqidagi ma’lumotlar texnologik jarayon kartasidan olinadi.

4. Operatsiya unumdorligi berilmagan holda, detallarni oylik yoki yillik tayyorlash miqdori zarur bo‘ladi.

5. Dastgoh moslamalarining detallari qismlari bo‘yicha davlat standartlari, moslamalarning o‘rnatish va mahkamlash elementlari konstruksiyalari albomlari, dastgoh stolining o‘rnatish sirtlari haqidagi ma’lumotlar.

Boshlang‘ich ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish asosida konstruktor moslamaning o‘rnatish va mahkamlash elementlarini tanlaydi. Agarda o‘rnatish va mahkamlash elementlarining yanada maqbulroq konstruksiyasi bor bo’lsa, o’sha konstruksiya olinishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
15 Mahkamlash kuchlari hisobi qattiq jism (zagotovka) ni tashqi kuchlar tizimi ta’sirida qo‘zg‘almasligini ta’minlash bo‘yicha statik masalasi ko‘rinishida bajariladi.

Zagotovkaga bir tomondan og‘irlik kuchi va ishlov berish jarayonida hosil bo‘ladigan kesish kuchlari, ikkinchi tomondan mahkamlash kuchlari va tayanchlardagi reaksiya kuchlari ta’sir etadi. Bu kuchlar ta’sirida zagotovka o‘zining muvozanatini saqlashi kerak.

Hisoblash jarayonida siljitishga ta’sir etayotgan kuchlarning eng katta miqdori bo‘lgan holati aniqlanishi va ular bo‘yicha maksimal mahkamlash kuchini aniqlash zarur.

Mahkamlash kuchlarini hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar: ishlov berish jarayonida hosil bo‘ladigan kuchlar miqdori, yo‘nalishi va ta’sir joyi; zagotovkani mahkamlash sxemasi, mahkamlash kuchining yo‘nalishi va ta’sir joyini bilish zarur bo‘ladi. Ushbu boshlang‘ich ma’lumotlarning to‘g‘ri tanlanishi, mahkamlash qurilmalarini loyihalashning eng muhim bosqichi bo‘lib, bu bosqichdagi xatolik zagotovkaning ishonchli mahkamlanishini ta’minlaydi.

Zagotovkaga ta’sir etuvchi kesish kuchlarining miqdori, yo‘nalishi va ta’sir joyi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, kesish asbobining kesishga kirishishida va undan chiqishida kesish kuchlari o‘zgaradi. Parma bilan teshikni parmalab chiqish vaqtida ham burovchi moment keskin ortishi mumkin.

Bundan tashqari, kesish asbobining o‘tmaslanishi, ishlov berilayotgan materialning fizik-mexanik xossalarini va ishlov berish uchun qoldirilgan qo‘yimlarning bir tekis emasligi ham kesish kuchlarining o‘zgarib turishiga olib keladi.

Ayrim ishlov berish usullari (randalash, o‘yish, uzlukli sirtlarni yo‘nish va boshqalar) da kesish kuchlari zarbiy xarakterga ega.

16 Kesish kuchlari metallarni kesib ishlash nazariyasi formulalari bo‘yicha hisoblanadi yoki normativlardan tanlanadi. Ammo yuqorida keltirilgan kesish kuchlarining o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda, mahkamlash kuchlarini hisoblash chog‘ida kesish kuchlarini K ehtiyot koffitsientiga ko‘paytirib olinadi. Bu bilan zagotovkani mahkamlash ishonchliligi oshiriladi. Bu koeffitsiyent yuqorida keltirilgan kesish kuchlarining o‘zgaruvchanligiga olib keluvchi omillarni hisobga oladi.

Bu maqsadda muayyan texnologik amal uchun K ehtiyot koeffitsiyenti differensiallangan holda aniqlanadi. K ning miqdorini quyidagi koeffitsiyentlar ko‘paytmasi ko‘rinishida yozish mumkin.
K=K0·K1·K2·K3·K4·K5·K6 (1)
bunda, K0=1,5 - kafolatlangan ehtiyot koeffitsiyenti; K1 - texnologik bazalarning holatini hisobga oladi (qora bazalar bo‘yicha K1=1,2, toza bazalar bo‘yicha K1=1,0); K2 - kesish asbobining o‘tmaslanishini hisobga oladi; K3 - kesish asbobiga ta’sir etuvchi zarbiy kuchlarni hisobga oladi (uzlukli sirtlarga ishlov berishda K3=1,2); K4 - kuch yuritmasidagi kuchlarning barqarorligini hisobga oladi (qo‘lda mahkamlanganda K4=1,3, mexanizatsiyalashgan mahkamlashda K4=1,0); K5 - qo‘lda mahkamlash mexanizmini xarakterlaydi (qulay mahkamlashda K5=1, noqulay mahkamlashda K5=1,2); K6 - zagotovkani burovchi moment kuchlari ta’sirida, tayanch nuqtalarining joylashuvi aniqligini hisobga oladi. Kontakt sirti chegaralangan holda o‘rnatilganida (shtoklar, plastinalar) K6=1,0 kontakt zonasi chegaralanmagan bazaviy sirtga o‘rnatilganida (tayanch-shaybalar) esa K6=1,5 ga teng bo’ladi.
17 Mahkamlash kuchlarining miqdori ko‘pincha uning yo‘nalishiga bog‘liq. Mahkamlash kuchining yo‘nalishini aniqlashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:

1. Mahkamlash kuchi o‘rnatish elementi sirtiga perpendikulyar yo‘nalgan bo‘lishi zarur.

2. Bir nechta bazaviy sirtlarga bazalanganida, mahkamlash kuchi eng katta kontakt sirtga ega bo‘lgan o‘rnatish elementiga yo‘naltiriladi.

3. Mahkamlash kuchining yo‘nalishi zagotovkaning og‘irlik kuchi yo‘nalishiga mos tushishi kerak, bu hol mahkamlash qurilmasining ishini yengillashtiradi.

4. Mahkamlash kuchining yo‘nalishi kesish kuchlari yo‘nalishiga mos tushishi kerak.

Yengil zagotovkalarga ishlov berishda kesish kuchlarini, og‘ir zagotovkalarga ishlov berishda esa ularning massasini hisobga olish zarur bo‘ladi.

Ayrim hollarda zagotovkani mahkamlash sxemasida tayanchlar ko‘zda tutiladi. Bu tayanch zagotovkaga ta’sir qilayotgan kuchlarni o‘ziga qabul qilish bilan birga mahkamlash kuchlarining pasayishiga olib keladi.
18 Mahkamlash kuchlarining qo‘yilish joyi ham quyidagi qoidalarga asosan aniqlanishi zarur:

1. Mahkamlash kuchi zagotovkani o‘rnatish elementi sirtida siljitmasligi yoki aylantirib yubormasligi zarur. Buning uchun mahkamlash kuchining qo‘yilish joyi:

a) o‘rnatish elementining markazda olinishi yoki o‘rnatish tayanchlarini birlashtiruvchi chiziqlar tutashgan joyda bo‘lishi maqsadga muvofiq (1-rasm).

b) mahkamlash kuchini qabul qiluvchi sirt o‘rnatish elementi sirtiga parallel bo‘lishi zarur.

2. Mahkamlash kuchi tayanchlardagi reaksiya kuchlari bilan eguvchi moment hosil qilmasligi kerak (1-rasm).

3. Mahkamlash kuchining qo’yilish joyi ishlov berish joyiga yaqin bo‘lishi kerak, bu ayniqsa bikrligi past zagotovkalarni mahkamlashda o‘ta muhimdir.


19. Zagotovkalarni kuch ta’sirida siljishdan saqlovchi mahkamlash sxemalari

Loyiha hisobi bajarilganida zagotovkani o‘rnatish va mahkamlash sxemasi hamda uni siljituvchi kuchlarning qiymati, yo‘nalishi va ta’sir nuqtalari ma’lum bo‘lishi kerak. Siqish kuchlari qiymatini aniqlash zagotovkaning barcha kuchlar ta’siridagi muvozanat shartini ko‘rib chiqish statika masalasiga keltiriladi. Ko‘p uchraydigan o‘rnatish va mahkamlash sxemalari uchun zagotovkalarni siqish kuchlarini aniqlash misollarini ko‘ramiz.

1. Kesish kuchlari P va siqish kuchlari Q zagotovkalarni tayanchlarga siqib turibdi (2, a-rasm). Kesish kuchi P ning qiymati doimiy bo‘lsa, Q = 0.

Agar ishlov berish davrida ikkilamchi siljitish kuchlari N paydo bo‘lsa, va ular yo‘nalishi siqish qurilmasiga qarshi bo‘lsa,

Q = KN (2)

bu yerda: K - ehtiyot koeffitsiyenti (K>1).

Bundan tashqari kesish uchun P ning qiymati stabil bo‘lmaganida ham Q>0 deb qabul qilish kerak.

2. Kesish kuchlari siqish qurilmasiga qarshi yo‘nalgan (2, b-rasm). Bunda

Q=KP (3)

shart bajarilishi kerak.

3. Kesish kuchlari zagotovkani o‘rnatish elementlariga nisbatan siljitishga harakat qiladi (mayatnikli va berk konturli frezalash) (3, v-rasm).

Zagotovkaning siljishiga uning o‘rnatish elementlari va siqish elementlari bilan kontakt joylaridagi ishqalanish kuchlari qarshilik ko‘rsatadi. Shuning uchun bu yerda quyidagi shart bajarilishi kerak:

P  Q f1 + Q f2 (4)

f1, f2 - zagotovkani o‘rnatish va siqish elementlari orasidagi ishqalanish koeffitsiyentlari;



Ehtiyot koeffitsiyenti K>1 ni kiritib siqish kuchini quyidagicha topamiz:

(5)

Bu hisoblash sxemasi zagotovkani ikkita barmoq va ularga perpendikulyar tekislikka o‘rnatish holati uchun ham ishlatilishi mumkin. Chunki ishlov berish aniqligini ta’minlash va teshiklar sirtlarini yemirilishdan saqlash uchun barmoqlar kesish kuchlari ta’siridan ozod qilinishi kerak.



4. Kesish kuchlari ham tayanchlarga qarshi (P1), ham zagotovkani yon tomonga siljitishga (P2) harakat qiladi (2, g-rasm). Bunda siqish kuchining qiymati quyidagi shartdan aniqlanadi:

 (6)

(7)

5. Kesish kuchlari siqish qurilmasiga qarshi zagotovkani yon tomonga siljitishga harakat qiladi. Zagotovka tayanchlardan uzilmasligi uchun, quyidagi shart bajarilishi kerak (2, d-rasm).

Q`= K1 P1 (8)

Zagotovka yon tomonga siljimasligi uchun


K2 P2 = Q`` f1 + (Q`` - P1) f2 (9)

bo‘lishi kerak. Bundan



(10)

Topilgan Q` va Q`` qiymatlardan kattasi qabul qilinadi.


20 Vintli siqish mexanizmlari.

Bular qo‘l yordamida ishlaydigan va mexanizatsiyalashgan moslamalarda, undan tashqari yo‘ldosh moslamalar va pozitsiyali ishlov berish usuli ishlatilganida avtomatik qatorlarda ham qo’llaniladi. Bunday mexanizmlar sodda va ishonchlidir.

Vintli mexanizmlar ichida eng sodda va tez ishlaydiganlari bu qirqilgan shaybali (3, a-rasm) va qaytariladigan plankali mexanizmlardir (3, b-rasm).
Vintli siqish mexanizmlarida M6 dan M48 gacha rezbalar ishlatiladi. Talab qilingan Q kuchini hosil qilish uchun mexanizm dastagiga quyidagi moment ta’sir qilishi kerak:

M = ro‘rt Q tg ( + ) + Mishq (11)

bu yerda:

ro‘rt - rezbaning o‘rtacha radiusi;

 - rezbaning ko‘tarilish burchagi;

 - rezbadagi ishqalanish burchagi;

Mishq - gaykaning tayanch sirtidagi yoki vintning siqish sirtidagi ishqalanish momenti.

Siqish gayka yordamida amalga oshirilganida



(12)

Yassi sirtli vint bilan siqilganida esa (4-rasm)



(13)

Qo‘l kuchi bilan ishlaydigan vintli mexanizmlar ishchining qo‘l kuchi 15 kg dan oshmaydi degan shartdan kelib chiqib loyihalanadi. Shuning uchun siqish qurilmasi dastagining uzunligi quyidagicha topiladi:

L = M/P = M/15 (14)
21 Zagotovkani moslamada o‘rnatish xatoligi  ishlov berilayotgan o‘lcham xatoligining tashkiliy qismi bo‘lib, u o’z navbatida bazalash xatoligi b, mahkamlash xatoligi m va moslamaning o‘z xatoliklari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rnatish xatoligi mos dan iborat bo‘ladi.

Bazalash xatoligi deganda o‘lchash bazasi bilan o‘lchamga sozlangan kesish asbobi orasidagi masofaning chegaraviy qiymatlari ayirmasiga aytiladi.

O‘lchash bazasi bilan o‘rnatish bazasi bir sirtda bo‘lmasa bazalash xatoligi nolga teng bo’lmaydi. O‘lcham H ga ishlov berilganida (1-rasm) bazalash xatoligi nolga teng b = 0, chunki o‘lchash bazasi bilan o‘rnatish bazalari zagotovkaning 5 tekisligida birlashtirilgan.

Zagotovkaning shu o‘rnatilishini saqlab, B o‘lchamiga ishlov berilsa, bazalash xatoligi C o‘lchamning dopuskiga teng bo‘ladi.

b = T (1)

Chunki o‘rnatish bazasi 5 o‘lchash bazasi 2 bilan birlashtirilmagan.

Zagotovka qamrovchi yoki qamraluvchi sirtlarga tirqish bilan o‘rnatilsa, o‘lchash bazasining siljishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xatolik paydo bo‘ladi (2-rasm).

Zagotovka 1 baza teshigi bilan opravkaga o‘rnatilganida birikmada tirqish bo‘lmasa, H o‘lchamning bazalash xatoligi D o’lchami dopuskining yarmi T/2 ga teng. Agar birikmada tirqish bo‘lsa, bu xatolik maksimal diametral tirqish qiymatiga ortadi.

b = T/2 + Smax (2)

Mahkamlash xatoligi deganda zagotovkani siqish kuchlari ta’sirida o‘lchash bazasi chegaraviy siljishlari ayirmasining ishlov berilayotgan o‘lcham yo‘nalishiga proyeksiyasi tushuniladi:

m = ( Jmax - Jmin )cos (3)

bu yerda: Jmax, Jmin - zagotovka siljishlarining chegaraviy qiymatlari;  - o‘lchash bazasining siljishlari yo‘nalishi bilan ishlanayotgan o‘lcham yo‘nalishi orasidagi burchak.

Siljish qiymati doimiy bo‘lsa, zagotovkalar partiyasi uchun mahkamlash xatoligi nolga teng.

O‘lchash bazasining siljishlari zagotovkaning, o‘rnatish elemenlarining, moslama tanasining deformatsiyalari natijasida vujudga keladi, chunki bular orqali siqish kuchi uzatiladi. Shuning uchun mahkamlash xatoligini «moslama tayanchlari - zagotovkaning baza sirti» tutashuvining bikrligini, moslama birikmalarining bikrligini va baza sirtlarining tashqi qatlami bir xilligini oshirish hisobiga kamaytirish mumkin.


22 Moslamaning noaniqliklari bilan bog‘liq o‘rnatish xatoligi bir nechta tashkil etuvchilardan tashkil topadi.

jsh - tashkil qiluvchi qismi moslama o‘rnatish elementlarining joylashish noaniqliklarini bildiradi. Bitta moslama ishlatilganida jsh tizimli xatolik bo‘lib, u dastgohni sozlash mobaynida bartaraf qilinishi mumkin. Hozirgi davrda moslamani tayyorlash jsh xatoligini 0,01…0,005 mm chegaralarida olishga imkoniyat beradi.

ysh tashkil qiluvchi qismi o‘rnatish elementlarining kontaktda ishlovchi sirtlari yeyilishini bildiradi. Talab qilingan o‘rnatish aniqligiga binoan bu xatolikni qiymati oldindan hisoblangan va cheklangan bo‘lishi kerak. Yeyilish darajasi reja bo‘yicha davriy nazoratlar mobaynida tekshiriladi va u ruxsat qilingan chegaraga yetgan bo‘lsa, moslamaning o‘rnatish elementlari almashtiriladi.

s-bsh tashkiliy qismi moslama tanasining dastgoh stolida, shpindelida siljishlari va buralishlari natijasida kelib chiqadi. Moslamaning dastgohdagi siljishlarini va buralishlarini yo‘naltiruvchi elementlarni qo‘llash (T-simon ariqchalar uchun shponkalar, markazlashtiruvchi bo‘yinchalar), ularni moslama tanasida to‘g‘ri joylashtirish hisobiga kamaytirish mumkin. Ko‘rsatilgan tadbirlardan to‘g‘ri foydalanilsa, ushbu qiymatni 0,01…0,02 mm gacha kamaytirish mumkin.



jsh, ysh, s-bsh - qiymatlari umumiy holda tasodifiy qiymatlarning taqsimlanish maydonlari shaklida bo’ladi. Birinchi yaqinlashtiruvda bular Gauss taqsimlanish qonuniga bo‘ysunadi deb hisoblasak mos yig‘ma xatolik qiymati quyidagicha aniqlanadi.

(4)

Zagotovkani o‘rnatish xatoligi esa, tasodifiy tashkil qiluvchilarning yig‘ma taqsimlanish maydoni sifatida quyidagicha topilishi mumkin:


23 Moslamalarda kesish asboblarining ishlov berish joyini va yo‘nalishlarini aniqlovchi elementlarni qo‘llash o‘lchamlar aniqligini va ish unumdorligini oshiradi. Ularning asosan quyidagi ko‘rinishlari bor:

1) kesish asbobini o‘lchamga sozlash uchun – shablon, o‘rnatgich (ustanov)

2) o‘q bo‘yicha ishlov beruvchi asboblarni yo‘naltirish uchun – konduktor vtulkalar.

3) kesish asbobining harakat trayektoriyasini aniqlovchi kopirlar.

Ishchi kesuvchi asboblarni o‘lchamga sozlash uchun ozginadan qirindi olib (ishlov berib), keyin o‘lchab ko‘rish uchun ko‘p vaqt sarf qilinadi.

Dastgohlarni sozlashni tezlashtirish uchun moslamalar konstruksiyasida, kesish asbobining holatini aniqlovchi elementlar (shablonlar va o’rnatgichlar) ko‘zda tutiladi. Tokarlik moslamalarida shablonlar, frezalash moslamalarida o’rnatgichlar ishlatiladi.

Ikkita tokarlik keskichini 1 shablon bilan o‘lchamga sozlash 1,a-rasmda keltirilgan. Keskichni o‘lchamga sozlash uchun o‘rnatish halqasi ishlatilishi mumkin (1,b-rasm).

Frezalash moslamalarida frezani o‘lchamga sozlash uchun o’rnatgichlar ishlatiladi. Bu elementlar dastgoh sozlanganida va ish davridagi sozlashlarda asbob holatini nazorat qilib turish uchun ishlatiladi va ular ГОСТ 13444-68, 13446-68 lar bo‘yicha tayyorlanadi. O‘rnatgichlar (ustanov) ning etalon sirtlari ishlov beriladigan sirtga nisbatan pastroq joylashishi kerak (2- rasm).

Sozlash uchun o‘rnatgich bilan freza oralig’iga shup kiritiladi, shup sirti shikastlanmasligi uchun u freza bilan bevosita kontaktga kirmasligi tavsiya etiladi. Shupning qalinligi ishlov berish davridagi dastgoh birikmalarining deformatsiyalanishlarini hisobga olgan holda tajriba asosida aniqlanadi. O‘rnatgichlar 20X po‘latidan tayyorlanib, HRC 55-60 gacha toblanadi va 0,8-1,2 mm chuqurlikkacha sementatsiyalanadi. Ba’zi hollarda yechib olinadigan yoki burib chetlatib qo‘yiladigan o‘rnatgichlar ishlatiladi. Burchakli o‘rnatgichlar yordamida asbob holati ikki yo‘nalish (tekislik) bo‘yicha nazorat qilinishi mumkin.
24 Zagotovkaga nisbatan asboblarni elastik egilishlaridan saqlash uchun moslamalarda yo‘naltiruvchi detallar ishlatiladi. Bular qatoriga parmalash va kengaytirish moslamalarida ishlatiladigan konduktorlik vtulkalari kiradi.

Doimiy konduktorlik vtulkalari chiqiqsiz (3,a-rasm) yoki chiqiqli (3,b-rasm) qilib tayyorlanadi va mayda seriyali ishlab chiqarishda bitta asbob yordamida ishlov berilganida qo‘llaniladi (OCT 4923). Qulfli tez almashinuvchan (3,g-rasm) vtulkalar teshikka bir nechta ketma-ket almashinadigan asboblar bilan ishlov berilganida ishlatiladi (OCT 24924).

Konduktorlik vtulkalaridan foydalanish hisobiga teshik o‘qining egilishlarini va diametr o‘lchami buzilishlarini kamaytirish mumkin. Shuning bilan birga teshiklar o‘qlari o’rinlarini belgilashga ham zarurat qolmaydi. Konduktorlik vtulkasiz ishlaganga nisbatan ishlov berilgan teshik diametrining aniqligi 50 % ga oshadi.
25 Diametri 25 mm gacha bo‘lgan vtulkalar uchun У10A, У12A, yoki 9XС markali po‘latlar HRC 62-65 gacha toblab ishlatiladi. Diametri 25 mm dan katta vtulkalar uchun 0,8-1,2 mm chuqurlikkacha sementatsiya qilingan 20 yoki 20X markali po‘latlar ishlatiladi. Agar teshik chuqurligi diametridan oshmasa konduktorlik vtulkalarining xizmat muddati 10-15 ming teshikka ishlov berishga teng bo‘ladi.

Teshik o‘qining joylashish aniqligi yuqori bo‘lishi uchun asbob bilan vtulka oralig’i iloji boricha kichik, lekin asbobning erkin harakatlanishiga xalaqit bermaydigan darajada bo‘lishi kerak. Shuning uchun parmalar va zenkerlar bilan ishlov berilganida vtulkalarning ishchi diametri kvaliteti F8 chetlanishi bilan, razvyortka bilan ishlaganda esa F7 kvalitetida val tizimining chetlanishlari bilan ishlanishi kerak. Agar teshik o‘qining joylashish aniqligi 0,05 mm dan yuqori bo‘lsa, parma o’tishi uchun vtulka teshigining dopuski H7 bo‘lishi kerak.

Asbobni yo‘naltirish aniqligini oshirish uchun baland vtulkalardan foydalansa bo‘ladi, ularning balandligi parmaning vintsimon ariqchasi qadamiga teng bo‘lishi kerak. Konduktorlik vtulkasi teshigining chegaraviy o‘lchamlarini aniqlash uchun oldin tegishli standartlar bo‘yicha asbob diametrining dopusklari aniqlanishi kerak.

Vtulka yeyilishini kamaytirish uchun uni pastki toresi bilan zagotovka orasida l oraliq qoldiriladi. Shunda kesib olingan qirindi vtulka ichidan o‘tmasdan vtulkaga kirmay ajralib tushadi. Bu oraliq l ning qiymati ishlanayotgan materialga bog‘liq. Cho’yanga parmalab ishlov berilganida l=(0,3-0,5)d; po‘lat va boshqa qovushqoq materiallarga ishlov berilganida oraliq qiymatini diametr o’lchamigacha kattalashtirish lozim. Zenkerlash uchun l≤0,3d. Bu oraliqning qiymatiga ishlanayotgan teshik o‘qining joylashish aniqligi ham bog‘liq bo’ladi.

Vtulkalarni tashqi birikish sirti Ra 1,25…0,63 mkm gacha jilvirlanadi. Vtulkalarning ishlash muddatini oshirish uchun asbob o‘tuvchi teshik sirtiga Ra 0,32-0,16 mkm gacha tozalikda ishlov berilgani ma’qul.
26 Shakldor sirtlarga ishlov berishda nusxa ko‘chirish imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilmalar ishlatiladi. Bunda ishchi asbobning shakldor sirtlar bo‘yicha harakati kopir yordamida ta’minlanadi. Masalan, shakldor sirtga ega bo‘lgan zagotovkani frezalash uchun (4-rasm) mos holda mahkamlangan zagotovka 1 va kopir 2 umumiy o‘q bo‘yicha aylanadi, rolik 3 va freza o‘qlari orasidagi «masofa doimiy saqlanadi va birgalikda harakatlanadi. Kopir hamma vaqt rolikka tegib turadi. Freza o‘qi va kopir aylanish o‘qi orasidagi masofa kopir profiliga mos holda o‘zgaradi va bu bilan kerakli shakl olinadi.
27 Moslamaning tanasi bazaviy detaldir. Tanaga o‘rnatish elementlari, siqish qurilmalari, yo‘naltiruvchi va yordamchi detallar mahkamlanadi.

Kesish va siqish kuchlari zagotovka orqali tanaga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun tana mustahkam va bikr bo‘lib, zagotovkalarni tez o‘rnatish va yechib olish uchun qulay bo‘lishi kerak. Tana konstruksiyasi moslamani dastgohda to‘g‘ri va tez o‘rnatish uchun, o’rnatish elementlarini qirindidan tozalab turish uchun qulay bo‘lishi kerak.

Tanalar yaxlit va yig‘ma bo‘lishi mumkin. Yaxlit tanalar kulrang cho’yandan quyib yoki po‘latdan payvandlab tayyorlanadi. Quyma tanalar ichki kuchlanishlar ta’sirida egilishlari mumkin, shuning uchun dastlabki mexanik ishlov berishdan keyin ular qaritiladi.

Payvandlangan po‘lat tanalar asosan katta detallarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan moslamalarda ishlatiladi. Payvandlangan tanalar detallari uchun zagotovkalar 8-10 mm qalinlikdagi sortli po‘latdan moslab, qirqib olinadi. Payvandlangan po‘lat tanalar quyma cho’yan tanalardan arzon, ularning massasi kichik va ishlov berishga qulay. Payvandlash jarayonida tanalar deformatsiyalanadi. Shuning uchun ularda qoldiq kuchlanishlar sodir bo‘lib, bu hol tana aniqligiga ta’sir qiladi. Bu kuchlanishlarni yo‘qotish uchun payvandlangan joylar (choklar) yumshatiladi.

Moslamalarni dastgohlarga o‘rnatish uchun ularning o‘rnatish joylari dastgohga mos kelishi kerak. Masalan, tokarlik dastgohlarida shpindelning toresi va teshigi konstruksiyasi hamda o‘lchamlariga mos holda tokarlik patronining o‘rnatish sirtlari tayyorlanadi. Frezalash moslamalari dastgoh stolining T-simon ariqchalariga alohida shponkalar yordamida bazalashtirilib, bolt bilan mahkamlanadi. Tanalarni loyihalashda muhim masalalardan biri qirindilar va sovutish-moylash suyuqliklarini qulay chiqarib ketilishiga erishishdir.


Alyuminiy va plastmassalardan tayyorlangan tanalar kam ishlatiladi. Standart va normallashtirilgan zagotovkalardan tanalar tayyorlansa, ularning mehnat sarfi va tannarxi pasayadi.

28 Maxsus texnologik moslamalar 2 ta asosiy bosqichda loyihalanadi: 1) moslamani loyihalash; 2) moslamani konstruksiyalash. Birinchi bosqichda moslamaning alohida elementlari tanlanadi, asosiy parametrlari hisoblanadi va asoslanadi. Mumkin bo‘lgan konstruksiyalar variantlari texnik va iqtisodiy jihatdan tahlil qilinadi. Ikkinchi bosqichda esa tanlangan elementlar asosida moslamaning umumiy ko‘rinishi va original detallari ishchi chizmalari ishlab chiqiladi.

Loyihalashni to‘g‘ri va sifatli bajarilishi uchun konstruktor quyidagi boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.

1. Zagotovka va tayyor detalning barcha texnik talablari berilgan ishchi chizmasi. Bu bilan detal haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘linadi.

2. Bajariladigan va oldingi amallar texnologik eskizlari. Ulardan detalni bazalash va mahkamlash sxemalari, hamda qaysi sirtlarga ishlov berilganligi va qaysi sirtlarga ishlov berilmaganligi aniqlanadi.

3. Asosiy va yordamchi vaqtlar, kesish ma’romlari, ishlatiladigan dastgoh va asboblar, amallar tarkibi haqidagi ma’lumotlar texnologik jarayon kartasidan olinadi.

4. Amal unumdorligi berilmagan holda, detallarni tayyorlash miqdori zarur bo‘ladi.

5. Dastgoh moslamalarining detallari bo‘yicha davlat standartlari, qo‘llanilayotgan moslamalar konstruksiyalarining albomlari, dastgoh stolining o‘rnatish sirtlari haqidagi ma’lumotlar.

Boshlang‘ich ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish asosida konstruktor moslamani yanada maqbulroq konstruksiyasini ishlab chiqsa, texnolog bilan kelishgan holda texnologik jarayonga tegishlicha o‘zgartirish kiritishi mumkin.



29 Loyihalanayotgan moslama konstruksiyasini, alohida elementlarini tanlash va umumiy komponovkani aniqlashda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak.

1. Moslama talab etilgan aniqlikni ta’minlashi (detalning moslamadagi holatini belgilovchi elementlarni aniqlash, tananing bikrligi, mahkamlash ishonchliligini ta’minlagan holda) kerak.

2. Moslama talab etilgan unumdorlikni ta’minlashi (ko‘p o‘rinli moslamalarni, tez ishlovchi mahkamlash mexanizmlarini qo‘llash bilan) kerak.

3. Moslama iqtisodiy jihatdan samarador (moslamani loyihalash, tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha sarf xarajatlar, bajarilayotgan amal tannarxini kamaytirish hisobiga qoplanishi) bo’lishi kerak. Agar moslama faqatgina ishchini og‘ir qo’l mehnatidan ozod qilishi mo’ljallansa bunday talab qo‘yilmasligi mumkin.

4. Moslama ta’mirlashga qulay qilib konstruksiyalanishi kerak.

5. Moslama ekspluatatsiyaga qulay (oson o‘rnatilishi va yechilishi, boshqaruv elementlarining qulayligi) bo‘lishi kerak.

6. Moslama ishchining mehnat sharoitini yengillashtirishi kerak.

7. Moslama texnika xavsizligini ta’minlashi kerak.




30 Moslamani konstruksiyalash ketma-ketligi:

1. Detalning bazaviy sirtlari tozaligi va aniqligi, bazalash sxemasiga asosan o‘rnatish elementlarning soni, o‘lchamlari va ko‘rinishi aniqlanadi. So‘ngra o‘rnatish xatoligi hisoblanadi.

2. Talab etilgan unumdorlikka asosan moslamaning ko‘rinishi (bir yoki ko‘p o‘rinli; bir yoki ko‘p pozitsiyali) aniqlanadi.

3. Berilgan kesish ma’romiga ko’ra detalga ta’sir etuvchi kuchlar miqdorlari hamda ularning yo‘nalishlariga asosan mahkamlash kuchlari aniqlanadi. Mahkamlash xatoligi hisoblanadi.

4. Mahkamlash kuchi va uning qo’yilish nuqtasiga asosan mahkamlash mexanizmining ko‘rinishi aniqlanadi va uning asosiy konstruktiv o‘lchamlari kerakli mahkamlash kuchiga bog’liq holda hisoblanadi.

5. Mahkamalsh kuchi va zagotovkani o‘rnatish, yechib olish vaqti asosida kuch yuritmasi ko‘rinishi aniqlanadi va asosiy parametrlari hisoblanadi. Standartlardan ularning o‘lchamlari aniqlanadi.

6. Kesish asbobini yo‘naltiruvchi elementlar ko‘rinishlari va o‘lchamlari aniqlanadi.

7. Zaruriy yordamchi elementlar konstruksiyalari, o‘lchamlari va ularning joylashish o’rinlari aniqlanadi.

8. Moslamaning umumiy ko‘rinishi ishlab chiqiladi va uning zaruriy o‘lchamlari aniqlanadi.

9. Moslamaning yuklangan va harakatlanuvchi qismlari mustahkamlikka va yeyilishga hisoblanadi.

10. Ishlab chiqilgan moslamaning iqtisodiy nuqtai nazardan maqbulligi hisoblanadi.
31 Moslamaning umumiy ko‘rinishi alohida elementlarni birin-ketin muayyan ketma-ketlikda chizish bilan ishlab chiqiladi.

1. Ishlov beriladigan detal chizmasi uchta (ba’zan 2 ta) proyeksiyada (ko‘rinmas uziq-uziq chiziqlarda) bir-biridan ma’lum masofada (moslama proyeksiyalari joylashadigan qilib) chiziladi.

2. Chizmada kesish asbobini yo‘naltiruvchi elementlar (konduktorlik vtulkalari kerakli joyda, oraliqda) chiziladi.

3. Moslamaning o‘rnatish elementlari detalning bazaviy sirtlariga tegib turgan holda chiziladi.

4. Kuch hosil qiluvchi yuritma va mahkamlash mexanizmlari chiziladi.

5. Yordamchi qurilmalar va detallar chiziladi.



6. Elementlarni to‘g‘ri joylashtirgan holda tana konstruksiyasi chiziladi.

7. Moslamaning umumiy chizmasi ishlab chiqiladi. O‘lchamlar va dopusklar qo‘yiladi, ГОСТ lari, materiali, termik ishlov beriladigan sirtlari ko‘rsatilgan holda detallar ro‘yxati (spetsifikatsiyasi) tuziladi. Texnik talablar yoziladi.
Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish