Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi


Uzatmalar qutisini ta’mirlash ishlari



Download 13,31 Mb.
bet36/78
Sana13.06.2022
Hajmi13,31 Mb.
#666066
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
Bog'liq
Маруза матни-ТЖ ва УЭ-2020

Uzatmalar qutisini ta’mirlash ishlari. Uzatmalar qutisi oldingi uzatma ulanganda, shovqin bilan ishlab, harakatlar yaxshi qo’shilmay qolganda, sixronizator muftasi tishlarining tashqi va yonbosh sirtlari, podshipniklar, vallar eyilganda va shesternya tishlari singanda joriy ta’mirlanadi. Eyilgan detallarni holatiga qarab almashtirish usuli bilan ta’mirlanadi.
Uzatmalar qutisini avtomobildan echib olish, bo’laklarga ajratish va yig’ish, ta’mirdan so’ng qayta joyiga o’rnatish jarayonlari avtomobil turi va rusumiga bog’liq bo’lib, ularning bajarilish ketma-ketligi, texnik shartlari, ishlarni bajarish uchun qo’llaniladigan asbob va moslamalar, burovchi moment me’yorlari va boshqa talablar avtomobilga texnik xizmat ko’rsatish qo’llanmasida keltiriladi.
Asosiy va kardanli uzatmalarga TXK va T jihozlari. Kardanli va asosiy uzatmalarni nazoratdan o’tkazish avtomobil harakatlanganda amalga oshiriladi. Bunda, transmissiyada aylantiruvchi moment uzatish rejimi tortishdan tormozlanishga yoki aksincha o’zgarganda, begona shovqinlar va taqillashlar kuzatilmasligi lozim.
Kardanli uzatmalarga texnik xizmat ko’rsatishda kardanli birikma flanestlarining mahkamlanishi tekshiriladi va zarur bo’lsa, mahkamlab qo’yiladi. Kardan sharnirlarining podshipniklari va vallarning shlistali birikmalari moylanadi. Buning uchun № 158, US-1 va boshqa moylash materiallari ishlatiladi.
Asosiy va kardanli uzatmalarni ta’mirlash. Avtomobildan echib olingan kardan vallar boshlang’ich movozanatlanganligini saqlab olish uchun ajraluvchi bo’laklarning o’zaro joylashuv qismlariga bo’yoq yordamida belgi qo’yish talab etiladi. Ta’mirlashda kardan vallari shlistalarining eyilmaganligi tekshiriladi. Kardan vallarining o’q bo’yicha urishini aniqlash uchun ular maxsus moslamaga o’rnatilib, aylantiriladi va indikator yordamida tekshiriladi (4.20a-rasm).

a)




b)


4.20-rasm. Kardan valining o’q bo’yicha urishini tekshirish

Me’yorlarga asosan, payvandlangan choklari qirrasidan 70 mm masofada urish miqdori 0,55 mm, truba markazida 0,35 mm, oldingi val shlistasi tashqi diametri bo’yicha 0,1 mm dan yuqori bo’lmasligi kerak. Kardan sharnirlari bo’laklari almashtirilganda krestovinaning o’q bo’ylab engil, 0,01 – 0,04 mm, haraktlanishiga imkon bo’lishi kerak. Buning uchun qalinliklari 1,53; 1,56; 1,59; 1,62 mm. bo’lgan mahkamlash halqalari tanlanib yig’ish vaqtida ishlatiladi.
Ta’mirlashda kardan uzatmasining bo’laklari almashtirilgan bo’lsa uni muvozanatlash talab etiladi. Kardan vallarini yig’ilgan holatda dinamik muvozanatlash maxsus jihozda (4.20b-rasm) bajariladi. 5500 ayl/min aylanishlar chastotasida A, V, S tayanchlardagi ruxsat etilgan maksimal muvozanatsizlik 1,75 Nm, muvozanatlik holatini tekshirishda esa 2,2 Nm dan oshmasligi kerak. Muvozanatsizlikni bartaraf etish trubaga metall plastinalarni payvandlash orqali amalga oshiriladi.
Yarim o’qning bo’ylama va flanestning urishi maxsus moslama va mikrometr yordamida tekshirildi (4.21-rasm). Yarim o’qning bo’ylama ruxsat etilgan urish qiymati 1,00 mm, flanestning ruxsat etilgan urish qiymati 0,05 mm dan oshmasligi kerak.





4.21-rasm. Yarim o’q va flanestning urishini hamda shlista tishlarining eyilganligini tekshirish

Oldingi ko’priklar maxsus jihozlar yoki tagliklarda bo’laklarga ajratiladi. Shkvorenlar, uning barmoqlari, tashqi va ichki podshipniklarini echish uchun maxsus yechgichlardan foydalaniladi. Eyilgan podshipniklar va rul tortqilari sharnirlari yangisiga almashtiriladi. Oldingi ko’prik balkasining egilganligi maxsus moslamalar, shablonlar, lineykalar va burchak o’lchagichlar yordamida aniqlanadi.





Download 13,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish