Yonilg’i sarfini aniqlash jihozlari
Yonilg’i sarfini o’lchagich karbyurator bilan yonilg’i nasosining o’rtasiga ulanadi. Uning ishlash tartibi quyidagicha: yonilg’i datchik orqali o’tib, ikki parrakli rotorni aylantiradi. Rotor bu aylanishda lampochkadan tushayotgan yorug’lik nurini kesib o’tadi (lampochkalar datchik ichida joylashgan). Lampochkalar esa o’zgarmas tok manbaidan oziqlanadi va 12 V kuchlanishga ega bo’ladi. Uning natijasida, impulsli yorug’lik nuri hosil bo’lib, bu registrator qurilmaning hisoblagichiga berilib, hajm o’lchovida yonilg’i sarfini ko’rsatadi. O’lchash xatoligi 2,5%. KI-8910 yonilg’i sarfini o’lchagichning ishlash tartibi quyidagicha: kalibrli drossel teshigigacha va undan keyingi yonilg’i yo’lidagi bosim pasayishini o’lchashga asoslangan bo’lib, o’lchashdagi xatolik 3% atrofida bo’ladi. Oziqlanish tizimini barabanli jihozda diagnostikalash, avtomobilni yurgizib sinash uslubidagi noqulayliklarni bartaraf etadi. Avtomobil o’rnatmaga shunday o’rnatiladiki, bunda etaklovchi g’ildiraklar aylanish barabanlar oralig’iga o’rnashadi. O’rnatma barabanlari to’xtatgich tuzilmasiga ulangan bo’lib, dvigateldan uzatilayotgan quvvatni g’ildiraklarga taqsimlab beradi. Dvigatelni yurgizib, xarakat transmissiya agregatlari va etaklovchi g’ildiraklarga uzatib berilsa, stenddagi aylanish barabanlari aylantira boshlaydi.
Yonilg’i sarfini o’lchashdan oldin, 15 daqiqa mobaynida, 40 kmsoat tezlikda (to’g’ri uzatmada) dvigatel qizitib olinadi (bunda drossel to’la ochiq bo’ladi). Yo’lda harakatlanayotgan avtomobilga o’xshatish maqsadida stendning gidravlik to’xtatgichi yordamida barabanlarda yuklanish hosil qilinadi. Shundan so’ng, 527 B NIIAT turdagi asbob bilan yonilg’i nasosining ishlashi (bosimning ortishi va karbyurator yonilg’i kamerasining germetikligi) tekshiriladi.
Chiqindi gazlar tarkibini nazorat qiluvchi jihozlar
Chiqindi gazlarning zaharliligi dvigatellarni salt yurishida aniqlanadi. Karbyuratorli dvigetellar uchun Infralit, GAI-1, Elkon, Tozal kabi gazoanalizatorlar, dizel dvigatellari uchun Mega-1, Mega-2 va Infrokar tutuno’lchagichlari ishlatiladi (3.12-rasm).
Karbyuratorni chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidining minimal qiymatiga sozlash ishlari dvigeteldagi sovitish suyuqligining harorati 85-95S ga etganda bajariladi. Chiqindi gazlar tarkibi gazoanalizator yordamida, tirsakli valning eng past (0,8Nnom) aylanishlar sonida ishlatib qo’yib aniqlanadi.
|
|
3.12-rasm. Avtotest gazoanalizatori va Infrokar tutun o’lchagichning umumiy ko’rinishi
|
Karbyuratorli dvigatellar chiqindi gazlar tarkibidagi SO gazi salt yurishda (0,6 Nnom 100 aylmin.) 1978 yilgacha chiqqan avtomobillar uchun miqdori 2 - 3,5 %, undan keyingilari uchun esa 1,5% dan oshmasligi kerak. EVRO-1 bo’yicha bu me’yor 1 % dan oshmasligi zarur.
Avtobus va yuk avtomobillari chopqir barabanli qurilmalarda, avtomobilning har hil harakat tezligi va yuklamasida sinaladi. Bunda SO, SxNu, NOx va qattiq zarrachalarni solishtirma chiqindilari g/km da va har bir sinovga to’qri keluvchi qattiq zarrachalar grammda o’lchanadi. Shuningdek, xar hil tezlik va yuklamadagi karter gazini chiqishi va ta’minot tizimidan chiqadigan benzin bug’lari nazorat qilinadi. Avtomobillarga o’rnatilgan benzinli va dizel dvigatellarining zaharliligi motor dastgohidagi har hil yuklamada (benzinli dvigatellar uchun 9-tartibli davr, dizel dvigatellari uchun 13-tartibli davr) sinab baholanadi. Bunda chiqindilar g/kVts da o’lchanadi.
Chiqindi gazlarning tutashini aniqlash quyidagi shakl bo’yicha amalga oshiriladi (3.13-rasm).
|
3.13-rasm. Dizeldan chiqayotgan ishlatilgan gazlarning tutashini o’lchash shakli: 1-zaslonka; 2-gaz olgich; 3-o’lchash quvuri; 4-dizelni chiqarish kuvuri; 5-ressiver; 6-tutun o’lchagich
|
Tahlil etish uchun gaz olish, maxsus gazolgich (2) yordamida amalga oshiriladi. Gazolgich (2), ressiver (5) orqali chiqarish trubasi (4) bilan ulangan o’lchash trubasiga (3) o’rnatilgan. O’lchash trubasidagi bosim zaslonka (1) yordamida oshirilishi mumkin.
Tutashni o’lchash TXK da va ta’mirlashdan so’ng yoki yonilg’i apparaturalarini rostlash paytida, ko’zg’almasdan turgan avtomobilning dvigatelining salt ishlashidagi ikki xil tartibda: erkin tezlanish (tirsakli valning aylanishlarini minimal chastotadan maksimal chastotaga etguncha tezlanishi) va valning eng yuqori maksimal chastotali aylanishlarida amalga oshiriladi.
Chiqindi gazlarning tutashi ularning optik zichligiga qarab baholanadi va foizlarda ifodalanadi. KamAZ, MAZ, MAN va ISUZU avtomobillarining dvigatellarida ishlatilgan gazlarning tutashi erkin tezlanish tartibida 40 foizdan, eng yuqori(maksimal) chastotali aylanishlarda 15 foizdan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |