Yuzalarni silliqlash va jilvirlash uchun jilvir qog’ozi ishlatiladi. U suvga chidamli bo’lib, kremniy karbid donasining kattaligiga qarab tartib raqami bilan belgilanadi.
Yaltiratuvchi pasta nozik dispersiyali abraziv, aktiv yuzali modda, eritma, mineral moy, elim va suvdan tashkil topgan. Abraziv yaltiratish va silliqlash, eritmalar esa yog’li va boshqa dog’larni ketkazish uchun xizmat qiladi. Yaltiratish suvi nitroemalli yuzaning oxirgi ishlovida ishlatiladi va uning ekspluatastiya davrida yaltirashini saqlab turadi.
Bo’yoqlarni tayyorlash, rang va jilosini aniqlashni kompyuterlar yordamida malakali mutaxassislar bajaradilar.
Bo’yoq rangini tanlashda maxsus bo’yoq moslashtirish uskunalaridan foydalanish yuqori samara beradi. Ushbu uskunalarda bo’yoq rangi bo’yaluvchi yuzalardan qaytgan nurni spektral tahlil qilishga asoslangan.
2.24-rasm. Bo’yash va quritish kamerasining tuzilish shakli
Bo’yash joyi alohida yopiq germetik kamera bo’lib, u ishonchli havo so’rish va haydash asosida ishlovchi shamollatish tizimi (2.24-rasm) bilan jihozlanadi. Bu kamerada kuzov sirtiga, avvalo, xomaki bo’yoq-grunt sepiladi, korpusiga shovqinga va korroziyaga qarshi ishlov beriladi va maxsus purkagich pistoletlarda bo’yoq sepiladi.
Kichik yuzalar bo’yoq purkash pistoletlari va qurilmalar (2.25-rasm) yordamida kuzov ustaxonasida bo’yaladi yoki bo’yash kamerasida bo’yashga tayyorlanadi. Katta ASK larida esa bo’yash kameralari qo’llaniladi. Bu kameralarda nitroemal bo’yog’i bilan bo’yalgandan keyin 10 min 18-23°S haroratda, oxirgi qatlami esa 1 soat ichida 60°S haroratda quritiladi.
2.25-rasm. Avtomobillarni bo’yashga tayyorlash joyi
Bo’yash uchun bo’yash-quritish kamerasi (2.26-rasm) va kuzovni qisman infraqizil (IQ) quritish ustunidan (2.27-rasm) foydalaniladi. SChS-4,52523-380 ustuni avtomobil va boshqa transport vositalarining bo’yalgan yuzalarini quritish uchun xizmat qiladi.
Ustun gorizontal va vertikal yuzalarni quritishga moslashtirilgan bo’lib taymirga ega. Bundan tashqari g’ildiraklarga ega, ulardan ikkitasi tormoz bilan jihozlangan.
|
|
2.26-rasm. «ATHENA 70/24 S». mod. bo’yoqlash quritish kamerasi
|
2.27-rasm. Kuzovni qisman IQ-quritish ustuni
|
«ATHENA 70/24 S» rusumli bo’yash-quritish kamerasi (2.26-rasmga qarang) shamollatish tizimining samaradorligi 24000 m3/soat; issiqlik quvvati 180000 kkal/soat; asos panjarasiga tushuvchi nominal yuklanish- g’ildirakka 600kg; kameradagi havo oqimi tezligi 0,24 m/sek; nominal elektr quvvati 17 kVt.
Xulosa tariqasida bo’yashga tayyorlash jarayonining soddalashtirilgan tartibi va ishlatiladigan jihozlarni keltiramiz: shpaklyovkalash:-shpatel; siyqalash-jilvirlash qog’ozi; gruntovkalash-bo’yoq purkash asbobi; siyqalash-jilvirlash qog’ozi; bo’yash-bo’yash kamerasi; quritish-issiq havo kamerasi; pardozlash-artish va yaltiratish materiallari.
Do'stlaringiz bilan baham: |