21.11- §. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARINING
TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI
Texnologik obyektlarni avtom atlashtirish ularning texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini 3—5 % ga orttirib, maqsadga qaratilgan mahsulotni olishda
ko‘p m ehnat talab qilishlik darajasini ancha kamaytirishga (30—40% ga)
olib keladi.
Ikkinchi tom ondan, uni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kapital
m ablag‘lar talab qilinadi. M asalan, kimyoviy va unga yaqin sanoat
tarm oqlarida avtom atlashtirishga ketadigan xarajatlar TOB qurilmalari
tannarxining 35 % ini tashkil etadi.
A vtom atik tizim lar (AT) ni joriy qilish sam aradorligining asosiy
ko‘rsatkichi — ularning o ‘zini qoplay olish m uddati hisoblanadi:
T = ( К + A) / E,
(21.18)
bu yerda:
T
— o ‘zini qoplash muddati, yil;
К
—
AT ni joriy qilish uchun
sarflanadigan kapital mablag‘lar (harajatlar), so‘m;
A —
joriy qilingan avto
matlashtirish qurilmalari tannarxidan ajratilgan amortizatsiya toiovlari, so‘m;
E
—
shartli — yillik iqtisodiy samara, so‘m/yil.
Iqtisodiy samara avtomatlashtirish b o ‘yicha aniqlanadi:
E = (S { — S 2) /P ,
(21.19)
bu yerda:
S{, S2
—
maqsadga qaratilgan mahsulot birligining avtomatlashtirishdan
oldingi va keyingi tannarxi, so‘m;
P
— maqsadga qaratilgan mahsulotning
avtomatlashtirishdan keyin yillik ishlab chiqarish.
Kimyo korxonalari mahsuloti tannarxining asosiy bandi (50—80 %)
xom ashyo tannarxi ekanini hisobga olib, asosiy e ’tiborni maqsadga
qaratilgan mahsulot birligiga to ‘g‘ri keladigan xomashyo solishtirma sarfini
pasaytiruvchi avtomatlashtirish vositalarini joriy qilishga qaratish zarur.
0 ‘zini qoplash m uddatining teskari kattaligi iqtisodiy samaradorlik
koeffitsiyenti
E
hisoblanadi:
E
= 1
/ Т = (S{ - S 2) ■
P /(K + A)
(21.20)
K eltirilgan form ulalar b o ‘yicha aniqlangan sam aradorlik k o ‘rsat-
k ich in in g qiym atlari norm ativ qiym atlar bilan taqqoslanadi va natijaga
asoslanib,
AT ni joriy qilishning
maqsadga muvofiqligi haqida xulosa
chiqariladi. Kimyoviy korxonalarda AT ning o ‘zini qoplashining normadagi
muddati taxm inan uch yilni tashkil etadi.
Iqtisodiy samaradorlikning AT ni joriy qilishga ketadigan kapital
xarajatlarga bog‘liqligi 21.19-rasmda keltirilgan.
Bog‘lanishni tahUl qilish shuni ko‘rsatdiki, birinchi bosqichda
(K0
—
Kt)
iqtisodiy vositalar majmuasiga ozgina xarajatlar qilinganda, iqtisodiy
samaradorlik
S {
tannarxning ortishi va oddiy boshqarish funksiyalarining
(nazorat, signalizatsiya va hokazo) avtomatlashtirilishining samaradorligi
ju d a kichik b o ‘lganidan iqtisodiy sam aradorlik m anfiydir. K apital
mablag‘larning m a’lum qiymatidan boshlab
( Kt)
boshqarish vazifalari va
masalalarini kengaytirish AT ning samaradorligini keskin o ‘sishiga olib
keladi, dem ak yanada takom illashgan texnik vositalar m ajm uasidan
foydalanish hisobiga iqtisodiy samarani ham oshiradi. Takomillashtirishning
bu bosqichida AT eng katta samara beradi. Bu bosqich uzoq davom etmaydi.
U kapital harajatlaming
K2
qiymatigacha davom etadi. Kapital xarajatlarning
b u n d an keyingi ortishi (
K2 — K
3) AT ni jo riy qilishning iqtisodiy
samaradorligini bunchalik keskin oshirmaydi, kapital xarajatlarning m a’lum
qiym atidan boshlab ( ^ 3), boshqarishning vazifalarini bun d an keyingi
kengaytirish juda oz darajada samara beradi, natijada tizim ning iqtisodiy
samaradorligi tusha boshlaydi. Bu boshqaruvning funksiyalari va vazifa-
larining takrorlanishi, xodimlarga beriladigan texnologik axborotning haddan
tashqari ko‘pligi, AT ning murakkabligi, demak ishonchsizligi, boshqarish
funksiyalarini avtomatlashtirish bilan tushuntiriladi, ularni fan va texnika
rivojining erishilgan darajasida texnik personalga qoldirish maqsadga muvo-
fiqdir.
K4
qiym atdan boshlab, texnik vositalar m ajm uasini m urak-
kablashtirish, ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra, iqtisodiy sam araning manfiy
qiymatiga olib keladi.
Bog‘lanishni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, har bir BTO uchun eng
ko‘p iqtisodiy samara beradigan AT tanlab olish mum kin. Bunda kapital
harajatlar
K3
ni tashkil etadi.
TAYANCH S O ‘Z VA IBO RALAR
Texnik loyiha; ishchi hujjat; ishchi chizma; prinsipial elektrik sxema;
prinsipial pnevmatik sxema.
N a zo ra t savollari
1. Avtomatlashtirishni loyihalashning vazifalari nimalardan iborat?
2. Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash bosqichlarini bayon eting.
3. Ishchi chizma nima?
4. Texnologik obyektlami avtomatlashtirish darajasi qanday aniqlanadi?
5. Prinsipial elektr sxema deganda nima tushuniladi?
6
. Prinsipial pnevmatik sxema deganda nima tushuniladi?
7. TJABT ni yaratish prinsiplari haqida so‘zlab bering.
8
. TJABT ni ishlab chiqish bosqichlari va pog‘onalari haqida nimalami bilasiz?
9. Texnik topshiriq, texnik loyiha, ishchi hujjatlar deganda nima tushuniladi?
10. Moslashuvchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish nima?
11. Avtomatik loyihalash tizimlari haqida nimalarni bilasiz?
12. ALT ni ta ’minlash vositalari nimalardan iborat?
13. Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |