Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari



Download 476,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana19.11.2022
Hajmi476,68 Kb.
#868955
1   2
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish aso

Matematik 
model
deb 
matematik 
belgilash 
yordamida 
ifodalanuvchi, qandaydir hodisa yoki tashqi dunyo jarayonini taxminiy tavsifiga 
aytiladi. 
Matematik modellash o‘ziga uchta o‘zaro bog‘langan bosqichlarni qamrab 
oladi:
1) o‘rganilayotgan ob’ektni matematik tavsifini tuzish;
2) matematik tavsifi tenglamalar tizimini echish usulini tanlash va 
modellashtiruvchi dastur shaklida uni joriy qilish;
3) modelning ob’ektga monandligi (adekvatligi)ni aniqlash.
Matematik tavsifni tuzish bosqichida ob’ektda asosiy hodisa va elementlari 
avval ajratib olinadi va keyin ular orsidagi aloqalar aniqlanadi. Keyin, har bir 


ajratib olingan element va hodisa uchun uning funksiyalanishini aks ettiradigan 
tenglama (yoki tenglamalar tizimi) yoziladi. Bundan tashqari, matematik tavsifiga 
turli ajratib olingan hodisalar orasiga aloqa tenglamalari kiritiladi. Jarayon 
nisbatiga qarab matematik tavsif algebraik, differensial, integral va integro-
differensial tenglamalar sistemasi ko‘rinishida ifoda etilishi mumkin.
Echim usulini tanlash va modellashtiradigan dasturni ishlab chiqish bosqichi 
mavjud usullar ichidan eng samarali (samarali deganda echimning tezligi va echim 
aniqligi nazarda tutiladi) echim usulini tanlashni nazarda tutiladi va avval echim 
algoritm shaklida, keyin esa - uni EHMda hisoblashga yaroqli dastur shaklida 
amalga oshiriladi. 
Fizik tushunchalar asosida qurilgan model modellashtirilayotgan jarayon 
xossalarini to‘g‘ri sifatli va miqdorli tavsiflashi kerak, ya’ni u 
modellashtirilayotgan jarayonga monand bo‘lishi kerak. Real jarayonga matematik 
modelning monandligini tekshirish uchun jarayon o‘tishida ob’ektdan olingan 
o‘lchovlar natijasini o‘xshash sharoitlardagi model bashorati natijalari bilan 
taqqoslash kerak.
Modelning monandligini o‘rnatish bosqichi uni ishlab chiqish bosqichlari 
ketma-ketligining yakuniysidir. 1-rasmda matematik modelni ishlab chiqishning 
umumiy sxemasi ko‘rsatilgan.
Matematik modelni qurilishida real hodisa soddalashtiriladi, sxemalashtiriladi, 
va olingan sxema hodisalar murakkabligiga bog‘liq holda u yoki boshqa matematik 
apparat yordamida tavsiflanadi.
Tadqiqotning muvaffaqiyatliligi va olingan natijalarning ahamiyatliligi modelda 
o‘rganilayotgan jarayonning xarakterli xislatlarini hisobga to‘g‘ri olishga bog‘liq. 
Modellash masalasini quyish 
Maqsad va mezonlarni 
aniqlash 
Algoritmni tuzish va uni dastur ko’rinishida amalga oshirish 
Sonli usulni tanlash 
Yechim algoritmini tuzish 
Dasturlash 
Dasturni sozlash 
Matematik tavsifi tuzish 
Analitik usullar 
Eksperimental usullar
Eksperimental-analitik 
usullar


1-rasm. Matematik modelni ishlab chiqish bosqichlari. 
Jarayonga ta’sir qiluvchi barcha eng muhim omillar modelda hisobga olingan 
bo‘lishi va shu bilan birga u ko‘plab kichik ikkinchi darajali omillar bilan ketma-
ket bo‘lmasligi kerak, ularni hisobga olish faqat matematik tahlilni 
murakkablashtiradi va tadqiqotni o‘ta tiqilinch yoki umuman amalga oshmaydigan 
qilib qo‘yadi.
Jarayonlar uchun aniq matematik tavsifi bo‘lgan matematik modellash usulini 
aniq matematik jarayonlar xususiyatlarini o‘rganishda qo‘llashadi. Matematik 
tavsifi mukammallik darajasiga bog‘liqligiga qarab, ikkita chegaraviy hodisani 
ajratishimiz mumkin: 
a) modellashtirilayotgan jarayonning barcha asosiy tomonlarini tavsiflaydigan 
tenglamalar to‘la tizimi va bu tenglamalarning barcha soniy qiymatlari ma’lum; 
b) jarayonning to‘la matematik tavsifi yo‘q.
Masalani aniq ifoda qilish, jarayon 
parametrlarini tanlash 


Bu ikkinchi hodisa ob’ekt haqida to‘la bo‘lmagan axborotning borligida 
jarayonlarni boshqarish ishi bo‘lganda va g‘alayonlar ta’sir etganda masalalarni 
echish uchun tipikdir. Tadqiq qilinayotgan hodisalar haqida etarli axborot 
yo‘qligida ularni o‘rganish eng oddiy modellar qurishdan, lekin tadqiq 
qilinayotgan jarayonning asosiy(sifatli) spetsifikasini buzmasdan boshlanadi. 
Shunday qilib, model bilan o‘tkazilgan tajribalar natijalari bo‘yicha biz ish 
sharoitidagi originalning xulqini miqdoriy bashorat qilishimiz kerak. 
Ishlab chiqarishdagi modellash ob’ektlari deganda quyidagilarni tushunish 
kerak: 
1.
Texnologik tizimlar(TT)- bu texnologik jihozlarning bo‘laklari, avtomatik 
liniyalar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar(MIChT). 
2.
Texnologik jarayonlar(TJ). 
3.
Texnologik uskunalar ishlayotganda yuz beradigan fizikaviy va kimyoviy 
jarayonlar(FKJ).
Modellash jarayoniga ikkita asosiy talab qo‘yiladi. 
Birinchidan, modeldagi eksperiment originaldagi eksperimentga qaraganda 
soddaroq, tejamliroq, xavfsizroq bo‘lishi kerak. 
Ikkichidan, modelning sinovi asosida orginalning parametrlarini hisoblashda 
qo‘llaniladigan qoidasi bizga ma’lum bo‘lishi kerak. Busiz eng yaxshi modellash 
ham befoyda bo‘lib qoladi. 
Toza ko‘rinishda (alohida) berilgan ob’ektlarning matematik modellari kam 
qo‘llaniladi, ular quyidagidek kombinatsiyalangan. Masalan, TT matematik 
modellarida TJ matematik modellaridan foydalaniladi, ularda, o‘z navbatida, FJ, 
KJ va FKJ matematik modellaridan foydalaniladi. 
Zamonaviy model termini bir necha ma’nolarda qo‘llaniladi. 
O‘rganilayotgan ob’ekt tadqiqotning turli bosqichlarida o‘rnini bosuvchi
qandaydir ob’ekt - bu modeldir. 
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun eng muhim xossalarini aks ettiruvchi 
original ob’ektning maqsadli ko‘rinishi – bu modeldir. 
Model – bu xayoliy tasavvurdagi, yoki moddiy amalga oshirilgan tizim bo‘lib, 
ob’ektni aks etishi yoki tadqiqot ob’ektini tiklashi hamda ob’ektni o‘rganish va u 
haqida yangi axborot keltirish maqsadida uni o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan 
tizim. 

Download 476,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish