4. Jarayonning fizik - kimyoviy asoslari
Karbamidni ammiak va uglerod (IV) - oksididan ishlab chiqarishning quyidagi jarayonlarga mavjud: asoslangan texnologik tasvirlari bir o‘tishli jarayon, bunda suyuqlanmadan ortiqcha ammiakni (NH3) haydash va
karbomatni (NH4COONH2) atmosfera bosimigacha parchalashdan iborat. Jarayon qizdirish orqali olib borilib, gaz fazasiga ajragan ammiakdan boshqa maqsadlarda ham foydalanilsa bo‘ladi (ammoniy nitrat, ammoniy sulfat, ammoniy karbonat va boshqalar).
bir qism ammiakni siklga qaytarish orqali boradigan jarayon, bunda 1,6-1,8 MPa bosimgacha parchalash orqali bir qism ortiqcha ammiak haydaladi va kondensatlanib, siklga qaytariladi. Ammiakni to‘liq haydash va ammoniy karbamatni parchalash atmosfera bosimida olib boriladi, ajralgan ammiak boshqa mahsulotlar olishda ishlatiladi.
ammiak va uglerod (IV) - oksidini alohida qaytarishga asoslangan
jarayon, bunda gaz fazadan bitta komponent ajratib olinadi, bu gaz faza atmosfera bosimida distillyasiya qilishda hosil bo‘ladi.
suyuqlik resikli, bunda ugleammoniy tuzlar eritmasi yoki suspenziyasi jarayonga qaytariladi.
stripping jarayoni, bunda ammiakni haydash va karbamatni
parchalash ammiak yoki uglerod (IV) - oksidi oqimida, sintez bosimida olib boriladi.
integral jarayoni, bunda ammiak va karbamid ishlab chiqarish texnologik tasvirlari birlashtirilgan bo‘ladi.
Hozirgi paytda butun dunyoda karbamid ishlab chiqarishning asosan suyuqlik resiklli usuli keng ishlatilmoqda. Yuqorida keltirilgan jarayonlarning ba’zi birlari ishlatilib, ba’zilari esa umuman ishlab chiqarishdan chiqarib yuborilgan.
Birinchi bo‘lib suyuqlik resikli texnologiyasi Miller tomonidan ishlab chiqilgan [A.Q.Sh. pat.1898093, 1933;2116881, 1934]. Bunda Miller, karbamid sintezini ortiqcha ammiakli sharoitda olib borishni taklif qilgan (mol nisbatda NH3 : CO2 = 7,5).
Ammiakni katta qismi birinchi bosqich distillyasiyadan keyin jarayonga qaytariladi. Ikkinchi bosqich distillyasiyada ajralgan ammiak va uglerod (IV)-oksidi suvga yuttiriladi. Siklga ugleammoniy tuzlari ko‘rinishida qaytariladi [(NH2)CO·HNO3] Quyida ko‘pgina firmalar tomonidan patent olingan karbamid ishlab chiqarish usullarini bilan tanishib chiqamiz. «Stamikarbon» (Gollandiya) usuli shunga asoslanadiki, bunda resirkulyasiya qilinayotgan ugleammoniy tuzlari eritmasini hosil qilish birinchi bosqich distillyasiyada bosim ostida amalga oshiriladi. Bu esa reaktorga qaytarilayotgan aralashmada suv miqdorini kamaytirish imkonini beradi. Bu esa Miller texnologiyasiga nisbatan karbamidning solishtirma miqdorini ko‘paytirish imkonini beradi. «Stamikarbon» (Gollandiya) texnologiyasi bo‘yicha karbamid ishlab chiqarishning texnologik rejimi: bosim 19 ÷ 20 MPa, harorat 180 ÷ 1900S, NH3 : CO2 : H2O mol nisbati 3,8 -4,0 : 1 : 0,5 - 0,6. Birinchi va ikkinchi distillyasiya uzellarida (12 ÷ 14 va 16÷ 19) bo-simiga mos holda 1,7 ÷ 1,8 va 0,2 - 0,3 MPa, harorat 1600S va 1400S, ammiakni ulerod (IV) - oksididan yuvish va (ugleammoniy tuzlari eritmasi) hosil qilish yuvish kalonnasi va kondensatorda olib boriladi. Ammiak qurilmada kondensatlanadi va siklga aralashtirgich orqali qaytariladi. Shu qurilmaga ugleammoniy va uglerod (IV) - oksidi ham beriladi. Karbamid eritmasi vakuum - bug‘latgichda 72 ÷ 74% gacha bug‘latilib, so‘ngra ikki bosqichli qoldiq bosimi 4 ÷ 5 kPa bo‘lgan bug‘latish sistemasida 99,7 ÷ 99,8% gacha bug‘latiladi. Bug‘latilgan eritma nasos orqali donadorlash minorasiga beriladi. So‘ngra eritma akustik tebranma granulyator yordamida minora kesim yuzasi bo‘ylab sochib beriladi. Pastdan havo yuboriladi. Havo yordamida karbamid donador holatiga o‘tadi. Hosil bo‘lgan donador karbamid sovitish uchun minoraning pastki qismida joylashgan mavhum qaynash qatlam qurilmasiga beriladi va 40 - 500S haroratgacha sovitilgan donador karbamid omborga yuboriladi. Donadorlangan karbamid GOST 2081-2010 talablariga to‘liq javob beradi. Sharbat kondensati ammiak va uglerod (IV)- oksididan absorbsiya – desorbsiya uzelida tozalanadi. Gaz faza (NH3,CO2,H2O) sistemaga kondensator orqali qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |