Texnogenez. Texnogenez tushunchasi. Texnogeosferaning



Download 25,65 Kb.
bet2/2
Sana13.02.2022
Hajmi25,65 Kb.
#447543
1   2
Bog'liq
5 ma'ruza (2)

Injeksion jarayonlar suv chiqarish obyektlaridan foydalanilganda ro‘y beradi. Bunda geologik muhitdagi o‘zgarishlar issiq massaning litosfera tomon harakatlanishi ta ’sirida amalga oshadi. Litosferaga kirib kelayotgan suvli eritmalar gidrogeologik sharoitlarga quyidagi hollarda ta’sir etadi: maydonlarni sug‘orishda; irrigatsiya va transport kanallari bo‘ylab suv filtratsiyalanganda, suv omborlarini ishlatishda va h.k.;
litosfera suvlari zaxirasini sun’iy to‘ldirishda; foydali qazilmalami qazib olish jarayonlarini tezlatish va jadallashtirish maqsadida (neftli, oltingugurtli, tuzli jinslarga) suv haydashda; sanoat oqava suvlarini litosferadagi suv shimuvchi gorizontlarga haydashda va h.k.
Injeksion texnogen jarayonlar ta’sirida gidrogeologik sharoitlaming o‘zgarishi quyidagilarda namoyon bo'iadi: irrigatsiya va gidrotexnik inshootlaming atrofida joylashgan maydonlarning botqoqlanishida va suv bosishida (grunt suvlarining sathi yer yuzasiga chiqishi yoki juda yaqinlashishi natijasida);
Iitosferadagi minerallangan suvlarning chuchuklashib ketishida;
litosfera suvlarining ifloslanishida; qatiamlararo oqimlar va grifonlar (burg‘ qudug‘idagi flyuidlar, asosan gazlar quvurorti bo'shlig'ida katta bosim ostida harakatlanib Yer yuzasiga otilib chiqishi) hosil bo'lishida; zilzilalarda.
Katta chuqurliklardagi neftli, oltingugurtli, tuzli qatlamlarga chuchuk suv haydalganda qatlam suvlarining chuchuklanishi ro‘y berishi mumkin. Kesimda qatiamlararo oqimlar vujudga kelsa, chuchuklashish faqat suv haydalgan gorizontlarda sodir bo'lmasdan. balki boshqa gorizontlarga, xususan ustki lari ga
ham tarqalishi mumkin. Litosfera suvlarining ifloslanishi yuqorida qayd etilgan barcha injeksion jarayonlaming ta’sirida ro‘y berish ehtimoli bor.
Ejeksion texnogen jarayonlar obyektlarda suv sathini pasaytirib, jinslarning quritish ishlarini olib borishda shakllanadi, bunda yer qa’ridan suvlar hamda boshqa moddalar chiqarib olinadi. Issiq massaning harakati Yer ichidan uning sirti tomon yo‘naladi. Litosferadan moddalaming chiqarib olinishi doimo gidrogeologik sharoitlarga ta’sir etadi, chunonchi:
har turli qatlam suvlaridan foydalanishda; foydali qazilma konlarini ishlatish jarayonida;
tog‘ inshootlarini quritishda; yer osti inshootlarini (metropoliten, tonnellar, yer osti oinborlari va sh.k.) qurishda;
qishloq xo‘jaligida ishlatilib botqoqlikka aylangan Yerlami quritishda va h.k.
Ejeksion texnogen jarayonlaming ta’siri quyidagilarda namoyon bo'ladi: Iitosferadagi suv zaxiralarining kamayib ketishida;
Yer yuzasida cho'kish va o'pirilishlar hosil bo'lishida; suv va tuproqlaming sho'rlanishida yoki tuzsizlanishida, qatiamlararo suv oqimlari paydo bo'lishida va h.k.
Litosferadagi suv zaxiralarining kamayib ketishi ularni bevosita chiqarib olinishi va boshqa foydali qazilmalar (neft, gaz) bilan birgalikda olinishi hamda konlardagi suvlarni maxsus uskunalar bilan chiqarib tashlanishi natijasida ro‘y beradi. Yer yuzasidagi cho'kish va o'pirilishlar suvli gorizontlardagi qatlam bosimining pasayib ketishi va bo‘shoq jinslar namligining quritilishi natijasida hosil bo'ladi. Chuchuk suvlarning sho'rlanishi suv chiqarish inshootlariga sho'r suvlami oqib kelishi hamda Yerlami melioratsiyalasb natijasida bo'lishi mumkin.
Mineral suv va namakoblami jadal sur’atda chiqarib olinishi natijasida bunday suvlar mavjud bo'lgan gorizontlarda va zonalarda ularning zaxirasi keskin kamayib ketishi, shuningdek, ba’zi joylarda foydalanilayotgan uchastkaning ustida, ostida va yon tomonlarida joylashgan gorizontlardagi kam minerallangan suvlarning oqib kelishidan suvlar chuchuklashishi mumkin. Umuman olganda injeksion jarayonlar ta’sirida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan eng salbiy holat - bu litosfera suvlarining ifloslanishi bo‘lsa, ejeksion jarayonlarda - bu litosfera suvlarining zaxiralarini karnayib ketishidir. Bundan tashqari, texnogen gidrogeologik jarayonlar geologik va atrof-muhitga umuman salbiy ta’sir etib landshaft holatlarining buzilishida, tuproqlarning sho‘rlanishida, Yer yuzining deformatsiyalanishida, maydonni suv bosishida va h.k. namoyon bo‘ladi.
Yuqorida qayd etilgan muammolaming yechimi texnogen jarayonlarning mumkin bo‘lgan rivojlanishining bashorati bo‘lib, uni baholash asosida zarur tadbirlami loyihalashtirish mumkin bo’ladi. Bu boradaN.I.Plotnikov va A.A.Karsev (1984) tomonidan texnogen gidrogeologik jarayonlarni bashoratlash xarakteriga va rivojlanish darajasiga ko‘ra, uch guruhga bo‘lish taklif etildi. Birinchi guruhga - yaxshi bashoratlanadigan va hatto miqdoriy bashoratlash mumkin boladigan jarayonlar, ya’ni texnogenezning bevosita ta’sirida gidrodinamik sharoitlaming o‘zgarish jarayonlari kiradi. Masalan, suvli gorizontlardagi suvlarning kamayib ketishi va ularda depression voronkalaming rivojlanishi va Ikkinchi guruhga taxminan bashorat qilinadigan jarayonlar, masalan, har xil ifloslanishlarning (sodda tarkibli qatlamlarda tarqalishi kiradi. Va nihoyat uchinchi guruhga faqat sifat jihatidan bashoratlanishi mumkin bo’lgan jarayonlar mansub. Bularga suv o‘tkazmaydigan qatlamlar bilan ajratilgan gorizontlar oraligidagi o‘zaro ta ’sir etuvchi, murakkab, turli yo'nalishli jarayonlar va h.k. kiradi.
Download 25,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish