Texnikasini takomillashtirish va mahoratini oshirish


O`YIN TO`XTATILISHI VA XATOLAR E`LON QILINISH



Download 38,53 Kb.
bet2/8
Sana25.06.2022
Hajmi38,53 Kb.
#701975
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
VOLEYBOL O\'YINIDA SHUG’ULLANUVCHILARNING O’YIN

2. O`YIN TO`XTATILISHI VA XATOLAR E`LON QILINISH
O`YIN TEXNIKASI

Voleybol o`yin texnikasini o`yinda qo`llaniladigan harakat


faoliyatlarining maqsadga muvofiq, aniq vazifalarni xal qilishga imkon
beradigan usullari yig`indisi deb atash mumkin. «Texnika» so`zi yunoncha so`z
bo`lib, «mahorat» ma`nosini anglatadi. Takomillashgan texnik usullarni
egallash bilan yuqori mahoratga erishiladi. Voleybol o`yin texnikasi o`yinni
olib borish uchun zarur bo`lgan harakat usullari majmuasidan iboratdir,
xarakatlar texnikasi turli vaziyatlarda maqsadga muvofiq, samarali harakat
qilish bilan baholanadi, o`yindagi har bir texnik usulni bajarish bir-biri bilan
uzviy bog`langan harakatlanish tizimidan tashkil topadi. Harakat texnikasi
harakat vazifalarini muayyan usul bilan hal qilish uchun zarur va yetarli
bo`lgan harakatning dinamik va kinematik xususiyatlaridir (kuchlarning
muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o`rtasidagi muvofiqlik va shu
kabilar).
Texnikaning asosiy qismi - ma`lum bir harakatdagi asosiy
mexanizmning eng muhim va xal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy
qismini bajarish nisbatan katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi.
Texnikaning detallari - harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan
ikkinchi darajali xususiyatdir. tehnika detallari turli sportchilarda turlicha
bo`lib, bu ularning morfologik va funksional imkoniyatlariga bog`liq bo`ladi.
Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma`lum bir
fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va
yakunlovchi fazalarini belgilab qo`yish mumkin.
Tayyorgarlik fazasini ahamiyati harakatning bosh fazada bajarish uchun
qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma
hafakatlarni (to`siq qo`yganda, koptokni o`yinga kiritganda, hujum zarbasini
berishda) bajarish bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy
harakat vazifalarini hal qilishga qaratiladi. Biodinamik nuqtayi nazardan bu
fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda,
tegishli yo`nalishda samarali foydalanishdan iboratdir.
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavdaning muvozanatini saqlash
maqsadida so`nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinarnik
o`yin bo`lganligi sababli voleybolni turii texnik usullarni egallashi, o`yin
vaziyatidan kelib chiqqan holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi
lozim. Bu esa o`yinchining texnik mahoratini belgilaydi. Yuqori texnik
mahorat belgilari quyidagilarda ifodalanadi:
- harakat usullarining aniq va sarnarali bajarilishi;
- halal beruvchi omillar (charchash, psixologik keskinlik, tashqi
sharoltning salbiy ta`siriari va boshqalar) mavjudligida harakatlarning
bajarilish barqaroriigi;
- raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta qurish
va bunda harakat qismlarini boshqara olish;
- usullarning bajarilish ishonchliligi.
Voleybol rivojlanishining har xil davriarida texnik harakatlarni bajarish
usullari, talablari, shakli, mazmuni o`zgardi va takomillashlb bordi. Texnik
usullarning o`zgarishiga o`yin qoidalarining o`zgarishi, taktik harakaflarning
takomillashuvi, o`yinchilar jismoniy tayyorgarlik darajasining o`sib borishi
asosiy sabab bo`ldi. Hujum va himoyadagi o`yin dinarnikasining o`sishi,
harakatlar potensialining oshib borishi, hujum va himoyadagi kombinatsiyalar
arsenalining kengayishi ham texnik usullarni yangilashga yoki qayta qurishga
turtki bo`ldi.
Shunday bo`lsada, o`yin texnikasida foydalaniladigan usullarning
bundanda samaraliroq imkoniyatlari yo`q deb bo`lmaydi. Malakali
sportchilarning funksional va jismoniy imkoniyatlari o`yin texnikasiga yangi,
ilgor usullarni kiritish va uni ro`yobga chiqarish uchun istiqbol yaratadi.



Download 38,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish