ni hisobga olgan holda biriktirish tasmasini qarshiligi
aniqlanadi.
n
n
n
R
R
9. Konturni olingan qarshiliklari tekshiriladi.
п
K
п
K
R
R
R
R
R
0
Uning kattaligi erga ulab himoyalash qurilmasining qarshiligi R
n
dan kichik bo`lishi
kerak.
Masala: Qo`l-oyoq konturi bo`yicha o`tadigan tok uchun odamning umumiy qarshiligini toping.
R
q
–odam qo`lining kontakt yuzasidagi terining qarshiligi;
R
t
–tana yuzasining terisini qarshiligi;
R
ok
-oyoq kiyimining qarshiligi ;
R
p-
odamning oyog’i ostidagi pol yuzasining qarshiligi;
R
ich
-odam organizmi ichki to`qimalarining qarshiligi;
Echish: Qo`l-oyoq konturi bo`yicha tokni oqib o`tishi uchun odam tanasining qarshiligini
joylashtirilish sxemasi rasmda ko`rsatilgan.
Rasmda ko`rsatilgan qarshiliklar qiymati keng masshtabda o`zgaradi. Masalan : R
q
, R
t
namlikka katta bog’liq ; Agar teri nam bo`lsa R
q
=200-300 Om ni tashkil etadi . agar teri
quruq holatda bo`lsa , qarshilik bir necha 10 Om ni tashkil etadi.
Odam organizmning ichki to`qimalarini qarshiligi R
ich
= 500-1000 Om ni tashkil
etadi.
K
K
n
R
R
3
Parallel zanjirni R
t
R
ich
qarshiligi
ич
т
ич
т
R
R
R
R
R
1
ga teng.
R
t
= 10000 Om vaR
ich
= 600 Om bo`lganda
560
600
1000
600
10000
1
R
Om;
R
t
= 1000 Om vaR
ich
= 600Om bo`lganda
375
600
1000
600
1000
2
R
Om;
Polning qarshiligi uning materialiga, namligiga, mavjud ifloslanishlarga bog’liq bo`ladi.
Oyoq bosiladigan tekis yuzali beton polning qarshiligi quyidagicha:
quruq holatda- 2 Om, namlikda-200 Om, ishqorli ochiq suvda-10 Om.
Oyoq kiyimini qarshiligi uning xiliga (rezinali, charmli, patli charm), namligiga va qo`yiladigan
kuchlanishga bog’liq. Taxminan quruq poyafzalga 100 dan 500 Omgacha, ho`l poyafzalga -0,5
dan 1,5 Omgacha oraliqda qarshilik bo`lishi mumkin deb hisoblanadi.
Qarshiliklarni ko`rsatilgan qiymatlarining eng kichigida umumiy qarshilik:
R
um
=R
q
+R
2
+R
ok
+R
p
= 200+375+100+10=685 Om ni tashkil etadi.
Ammo haqiqiy (real) sharoitlarda qarshilik bir muncha kichik ham bo`lishi mumkin.
To`g’ri eng qulay sharoitlarda odamni qarshiligini qiymati 40000-1000000 Omga etishi
mumkin.
Odamning qarshiligini hisoblashlar uchun o`rtacha R
o
-1000 Om deb qabul qilingan.
elektr tokidan jarohatlanishning asosiy sabablariga quyidagilar kiradi:
a) kuchlanish ostida bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketish yoki ularga
xavfli masofada yaqinlashish;
b) elektr qurilmalari asbob – uskunalarning ustki metall qopqoqlarida elektr
o`tkazgichlarning muhofaza qobiqlari shikastlanishi natijasida elektr kuchlanishi hosil bo`lishi.
v) elektr qurilmalarida remont ishlarini bajarayotgan paytda tasodifan elektr tokini ulab
yuborish;
g) er yuzasiga uzilib tushgan elektr o`tkazgichi, er yuzasi bo`ylab elektr tokini
tarqatayotganda;
e) tok potentsiallar ayirmasi hosil bo`lgan mintaqaga bilmay kirib qolish natijasida qadam
kuchlanishlar ta`siriga tushib qolish;
elektr tokidan jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan asosiy chora – tadbirlarga
quyidagilar kiradi:
a) kuchlanish ostida bo`lgan o`tkazgichlarni qo`l etmaydigan qilib bajarish;
b) elektr tarmoqlarini alohida joylashtirish;
v) elektr qurilmalari qopqog’ida elektr tokining hosil bo`lishiga qarshi chora – tadbirlar
belgilash:
- kam kuchlanishga ega bo`lgan elektr manbalaridan foydalanish;
- ikki qavatli muhofaza qobiqlari bilan ta`minlash;
- potentsiallarni tenglashtirish;
- erga ulab muhofazalash;
- nol’ simiga ulab muhofazalash;
- muhofazalovchi o`chirish qurilmalari;
g) Maxsus elektr muhofazalash tizimlaridan foydalanish;
d) elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatish tadbirlarini qo`llash;
Elektrdan himoyalashning asosiy va qo`shimcha vositalari:
1-rasm. Himoyalash uchun erga ulash ish sxemasi:
a – umumiy sxema, b – joylashtirish sxemasi, 1 – korpus, 2 – erga ulagich
2-rasm. elektr qurilmalarida himoya nol o`tkazgichini ulanish sxemasi: a – uch fazali elektro
iste`molchilarga nol o`tkazgichini ulanishi, b – yoritgichlarni armaturasida nol o`tkazgichni
ulanishi, v – elektr qurilmalarida bir vaqtni o`zida nol va erga ulanish o`tkazgichlarni ulanishi
Elektrdan himoyalanish vositalari deb elektr qurilmalarida ishlaydigan ishchi xodimlarni
shikastlanishdan, yuqoridan yiqilishdan, elektr maydonining ta`siridan himoyalash uchun xizmat
qiluvchi asboblar moslamalar va qurilmalarga aytiladi.
Qo`llanilishiga ko`ra himoya qilish vositalari quyidagi asosiy tizimlarga bo`lib o`rganish
mumkin:
a) Kuchlanish ostida ishlash uchun asbob va moslamalar (operativ ishlash uchun
izolyatsiyalovchi shtangalar, izolyatsiyalovchi omburlar va tortqichlar qamragichlar, dastasi
izolyatsiyalangan asboblar);
b) Kuchlanishni aniqlash va kuchlanish ostida o`lchash uchun asbob hamda moslamalar
(kuchlanishning bor – yo`qligi va fazasini tekshirish uchun qo`llaniladigan asboblar o`lchash
shtangalari, tok o`lchash omburlari);
v) Kishini elektr tokidan izolyatsiyalash vositalari (saqlagichlari bo`lgan izolyatsiyalovchi
omburlar, izolyatsiyalovchi narvonlar va maydonchalar, rezinadan ishlangan dielektrik
qo`lqoplar, botilar, kalishlar, to`shamalar, izolyatsiyalovchi ostqo`ymalar);
g) Ko`chma erga ulagichlar va ularni yotqizish uchun shtangalar;
d) Saqlovchi vositalari (muvaqqat to`siq, izolyatsiyalovchi qalpoqlar va quymalar, ust
quymalar, himoya ko`zoynagi, elektromagnit maydon ta`siri mintaqasida ishlash uchun metall
qo`shilgan matodan ishlangan kostyum, montyorlar kamari, kaskalar ogohlantiruvchi plakatlar).
3-rasm. elektrdan himoyalash vositalari:
1- izolyatsiyalovchi shtangalar, 2- izolyatsiyalovchi omburlar, 3- dielektrik qo`lqoplar,
4-dielektrik botilar, 5-dielektrik kalishlar, 6-rezina gilamchalar, 7-izolyatsiyalovchi ostqo`ymalar,
8- izolyatsiyalangan dastali montyor asboblari, 9- tok o`lchaydigan omburlar.
Asosiy himoya vositalari deb, izolyatsiyasi elektr qurilmalarning ish kuchlanishlariga
ishonchli chiday oladigan va ular yordamida kuchlanish ostida bo`lgan tok o`tkazuvchi
qismlarga tegish mumkin bo`lgan himoyalash vositalariga aytiladi.
Asosiy himoya vositalari elektr qurilmaning ish kuchlanishiga bog’liq bo`lgan kuchlanish
ostida sinaladi, bu kuchlanish tarmoqdagi kuchlanishdan uch marta ortiq bo`lishi lozim.
Asosiy himoya vositalari dielektrik materiallardan (plasmassalar, bakelit, chinni ebonit,
getinaks, tez quriydigan yog’och moyi shimdirilgan yog’och qatlamli plastiklar)tayyorlanadi
Qo`shimcha himoya vositalari deb, berilgan kuchlanishda tok bilan shikastlanishdan
mustaqil holda himoya qila olmaydigan vositalarga aytiladi. Ular kuchlanish ostidagi qismlarga
bexos tegib ketishdan, elektr yoyidan va uning yonish mahsulotlari ta`siridan, kuyishdan himoya
qilishda yordamchi vosita hisoblanadi (dielektrik qo`lqoplar, botilar kalishlar, dielektrik rezina
gilamchalar, izolyatsiyalovchi ostqo`ymalar).
Qo`shimcha himoya vositalari ular ishlatiladigan elektr jihozlarining kuchlanishiga bog’liq
bo`lmagan kuchlanishda sinaladi va ular mo`ljallangan kuchlanishdan ortiq bo`lmagan
kuchlanishda ishlaydigan elektr uskunalarda foydalanilishi kerak.
Individual foydalaniladigan himoya vositalari. Bularga ekranlovchi himoya tizimlari,
himoya ko`zoynagi, qo`lqoplar protivogazlar, saqlash kamarlari va himoya kanatlari kiradi.
- ekranlovchi himoya tizimlari kishi organizmini elektr maydoni ta`siridan saqlaydi.
- Himoya ko`zoynaklardan - payvandlash, kavsharlash, asboblarni charxlash, elektrolit bilan
ishlashda va akkumulyatorlarga xizmat ko`rsatishda foydalaniladi.
- Saqlash kamarlaridan – balandlikda, elektr uzatish tizimlarini tayanchlarida ishlaganda
foydalaniladi.
Himoya kanati - qo`shimcha xavfsizlik chorasi hisoblanib, tasma yoki zanjir yordamida
tayanchga o`rnashib olish mumkin bo`lmaganda, albatta ulardan foydalaniladi.
Saqlash kamari va himoya kanati yarim yilda bir marta 225 kg kuch bilan 5 minut
davomida mexanik mustahkamlikka sinaladi.
4-rasm. Montyor kamari:
1- tasma, 2- to`qa, 3- asbob uyasi, 4- karabin,
5- kamar tasmalari, 6- kamar, 7- himoya kanati.
5-rasm. Muvaqqat to`siqlari:
a – rubilniklar uchun tekstolit, getinakellar dan ishlangan izolyatsiyalovchi ust qo`yma, b –
ajratkich pichoqlariga kiygiziladigan rezina qalqop, v – izolyatorlar va simlarni to`sish uchun
osma shirma, g – ko`chma shchit
6-rasm. SHtanganli SH311 ko`chma erga ulagichi:
1- simga qo`yiladigan qisma, 2 – egiluvchan mis simlar, 3 – shtanganning izolyatsiyalovchi
qismi, 4- cheklovchi halqa, 5 – strubtsina, 6 – erga ulash simi.
Nazorat savollari.
1. elektr tokidan shikastlanishlarga qarshi muhofaza vositalarini turlarini izohlang.
2. elektr tokidan jarohatlanishning asosiy sabablari va uni oldini olish chora – tadbirlari
to`g’risida tushuncha bering.
3. Asosiy himoya vositalari nimalardan iborat?
4. Qo`shimcha himoya vositalariga nimalar kiradi?
5. Individual himoya vositalariga qaysi vositalar kiradi?
AMALIY MASHG’ULOT № 7
I.
Mavzu: Yong`in bo`lganda odamlarni binodan olib chiqib ketish vaqtini
hisoblash.
II.
Mashg’ulotning maqsadi:
Dozimetrik asboblarning tuzilishi, ishlash tamoyili va vazifalari bilan tanishish.
1. Dozimetrik asboblarining tuzilishi.
2. Dozimetrik asboblarini ishlash tamoyili.
3. Dozimetrik asboblarining asosiy vazifalari.
Mashg’ulotni o`tkazish uchun kerakli uskunalar va jihozlar hamda chizmalar.
IV. Mashg’ulotni bajarish tartibi.
Dozimetrik asboblarning tuzilishi, ishlash tamoyili va vazifalarini uskunalar, jihozlar
hamda chizmalar asosida o`rganish.
V. O`tkazilgan amaliy mashg’ulot yuzasidan talabalarning hisoboti.
VI. Amaliy mashg’ulotni bajarish bo`yicha umumiy tushunchalar.
To`qimachilik korxonalarida yon\inga qarshi samarali kurashish maqsadida o`t o`chirish
vodoprovodlari mavjud bo`ladi. Bu vodoprovod ko`pincha xo`jalik-mayashiy va ishlab chiqarish
vodoprovodi bilan birgalikda qo`llaniladi. Bu vodoprovod quvurlariga suv ko`l, daryo, kanal, suv
ombori, artezian quduqlari, shahar vodoprovod tizimi va boshqa manbalardan olinishi mumkin.
O`t o`chirish uchun mo`ljallangan suv ta`minoti manba-ning turiga va himoyalanuvchi
ob`ektning xarakteriga qarab vodoprovod qurilmalarining soni belgilanadi. Odatda ochiq
manbalardan bo`ladigan suv ta`minoti murak-kab hisoblanadi. Bu sxema o`z tarkibida suv
chiqarish inshooti, dastlabki suv ko`targich nasoslari, suv tozalash qurilmalari, toza suv saqlash
xavzalari, suvni ikkinchi qayta ko`tarish nasosi stantsiyasi, suv bosimi hosil qiladigan minora
(suv minorasi), quvurlar va o`t o`chirish gidrantlari kabi ko`pgina qurilmalarni o`z ichiga oladi.
Ko`pgina to`qimachilik korxonalarida o`tga qarshi suv ta`minoti korxona hovlisiga
qurilgan suv hovuzlaridan olinadi. Suv hovuzlarining hajmi o`t o`chirishning me-xanik
vositalarini 3 soat davomida tinimsiz ta`minlab turishga mo`ljallanadi. Ular korxona hududida
shunday joylashtiriladiki, suv nasoslar ishlatilganda o`t o`chirish ichaklari uzunligi 150 m dan,
avtonasoslar ishlatilganda esa 200 metrdan ortib ketmasligi kerak.
Ma`lumki, suv korxona vodoprovodi tarmo\ida bir xilda sarf bo`lmaydi, suv bilan
ta`minlash nasoslari esa ma`lum hajmda suv berib turadi. Korxona vodoprovod sistemasida suv
sarfini rostlash uchun, hamda baland-pa-stligi jihatidan har xil bo`lgan nuqtalarda bosimini
rostlab turish uchun suv minoralari quriladi. Vodoprovod sistemasida suv sarfi kam bo`lganda
kelayotgan ortiqcha suv shu suv minorasiga tushadi va aksincha suv sarfi ortiqcha bo`lganda shu
minoradagi zahira suvdan ishlatiladi.
Minoraning idishidagi suv o`n minutlik uzluksiz ishlatishga etadigan bo`ladi. Xo`jalik
ehtiyojlari uchun sutkali suv sarfining 20 foiz miqdorida, nasoslarni avtomatik ravishda
yurgizilganda esa 5 foiz miqdorida suv zahirasi olinadi. Hozirgi paytda bakdagi suvning sathi
pasayishi bilan nasoslarni avtomatik ravishda yurgizib yuborish uskunalari qo`llaniladi. Bunday
hol-larda suv minorasidagi suv hajmi 5 minutlik uzluksiz sarflashga hisoblanadi.
Suv minorasining balandligi odatda quyidagi formu-la bo`yicha hisoblanadi:
м
L
L
h
Н
Н
б
c
эб
м
),
(
а
(4.1)
Bu erda N
eb
-suvning vodoprovod sistemasidagi minimal erkin bosimi, m;
c
h
— suv minorasidan uchastkaning oxirigacha bosimning pasayishi, m;
L
a
,L
b
—suv minorasi joylashgan va uchastka oxiridagi er yuzasining balandlik belgisi, m.
O`t o`chirishning tashqi vodoprovod sistemasi
Ishlab chiqarish korxonasi hududida, xom ashyo va tayyor mahsulot omborlari yon\inni
o`chirish maqsadida doimo kerakli bosim ostida etarli miqdorda suv bilan ta`min-lanishi kerak.
Bu maqsadda korxona hududida o`t o`chirish gidrantlari bilan ta`minlangan vodoprovod
sistemasi o`tkaziladi.
Paxta tolasi omborlarini tashqi tomonidan o`chirish uchun mo`ljallangan gidrantlar orqali
yuboriladigan suv, kichik omborlar uchun —10 l/s; o`rta va katta omborlar uchun — 20 l/s va
bulardan tashqari omborlar uchun — 30 l/s miqdorida hisoblanadi.
Texnik-iqtisodiy samaradorligi bo`yicha o`t o`chirish vodoprovodlari ikki xil—past va yuqori
bosimli bo`ladi. To`qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish va xo`jalik -maishiy vodoprovod
bilan
umumlashtirilgan past bosimli vodoprovod hamda yuqori bosimli vodoprovod o`rnatilgan.
1-rasm. Yong’i paytida vodoprovodan suv berish sxemasi. a — past bosimli; b — yuqori
bosimli.
2-rasm. Er osti gidrantining sxemasi. 1 — vodoprovod qudug’i; 2 — quduqning qopqog’i; 3 —
o`t o`chirish vodoprovodi quvuri; 4 — vodoprovod tagligi; 5 — gidrant.
Past bosimli vodoprovod sistemasida, suv bosimi ichak uchidan ya`ni stvoldan chiqayotgan
suv oqimi 10 m yuqorigacha ko`tarila olishi kerak. Bunday vodoprovodda yong’in paytida
suv bosimini oshirish uchun motopompa yoki avtonasos ishlatiladi 1-rasm.
Yuqori bosimli vodoprovod sistemasida esa suv bosimi statsionar nasoslar orqali hosil
qilinadi.
Nasoslar odatda ikkitadan o`rnatiladi, biri ish nasosi, ikkinchisi zahira nasosi. Bunda yana
elektr nasoslaridan tashqari ish unumdorligi 1200 l/min bo`lgan statsionar suvnasoslar ham
nazarda tutilishi kerak. Bu nasoslar yoki metopompa faqatgina yon\in paytida ishlatiladi. Boshha
paytda past bosimli vodoprovod sistemasidek ishlay beradi. Bu yuqori bosimli vodoprovodda
suv bosimi ob`ektdagi eng yuqori binodan 10 metr balandlikka uzluksiz suv oqimini uzatib bera
olishi kerak. SHu bilan birga berilayotgan suv sprisk diametri 19 mm, ichakning uzunligi 100 m
gacha, suv oqimining sarfi 5 l/s bo`lgandagi holat hisoblanadi.
SHu shartlarda gidrantlardagi (2-rasm) kerakli suv bosimi (m) quyidagi formula bo`yicha
hisoblanadi:
t
H
H
h
h
шл
спр
гидр
bu erda
спр
h
— spriskdagi bosim, m;
шл
H
— shlangdagi suv bosimining kamayishi, m;
H— gidrant va stenderdagi suv bosimining kamayipsh, m;
t
— korxona binosining eng baland nuqtasining balandligi, m.
O`t o`chirish maqsadida qo`llaniladigan vodoprovod sistemasi boshi berk yoki halqali
bo`lishi mumkin. Korxona hududining xohlagan eriga suvni olib borishda eng ishonchlisi halqali
sistemadir.
YOn\in paytida vodoprovoddan suvni olishda unga butun uzunligi bo`yicha gidrant
o`rnatiladi. Gidrantlar odatda chorrahalarga yaqin erlarga, binolarning qulaganda "bosib qolish"
mintaqasidan uzoqroq yo`llar bo`ylab, ularning chetidan 2,5 m dan uzoq bo`lmagan masofada
o`tqazila-di. Binolardan esa
м
3
2
H
masofada o`tgani ma`qul (N—binoning balandligi, m). Ular
odatda bir-biridan 100 m gacha bo`lgan masofada o`rnatiladi. Korxona hududining har bir
nuqtasi kamida ikkita gidrantdan beriladigan suv bilan ta`minlanishi kerak. Bunda past bosimli
vodopro-voddagi gidrantlarning ta`sir doirasi 150 m, yuqori bskimli vodoprovoddagi
gidrantlarning ta`sir doirasi 120 m qilib olinadi.
AMALIY MASHG’ULOT № 8
I Mavzu: Dozimetrik asbob-uskunalarning tuzilishi va ishlash printsipi bilan
tanishish.
II Mashg’ulotning maqsadi:
SH Mashg’ulotni o`tkazish uchun kerakli uskunalar va jihozlar hamda chizmalar.
I V Mashg’ulotni bajarish tartibi.
Dozimetrik asboblarning tuzilishi, ishlash tamoyili va vazifalarini uskunalar, jihozlar
hamda chizmalar asosida o`rganish.
V O`tkazilgan amaliy mashg’ulot yuzasidan talabalarning hisoboti.
VI Amaliy mashg’ulotni bajarish bo`yicha umumiy tushunchalar.
Joylarda radioaktiv moddalarni, radiatsiya darajasini aniqlashda va tashqi muhit
ob`ektlarining radioaktiv ifloslanishini o`lchashda DP-5 turidagi asboblardan foydalaniladi.
Butun
ta`sir
va
yutilgan
nurlanish
dozasi
DP-22V,
DP-24,
DP-23A, ID-1, ID-11 dozimetrlar jamlamalari bilan o`lchanadi.
Individual dozimetrlar RM lar bilan zararlangan joylarda bo`lganda olingan individual
dozalarni hisobga oladi.
Tashqi muhitda (dalalarda) foydalaniladigan ko`pgina dozimetrik asboblarning ishlash
tamoyili radioaktiv nurlarning havoda tarqalganda muhitni (gazni) ionlash qobiliyatiga
asoslangan.
Ionlash usuli asosida ishlovchi asboblarga, bir xil tamoyilda tuzilgan va qabul qiluvchi,
ko`paytiruvchi, o`lchovchi qurilmalar va ishlashni ta`minlovchi oziqlanish manbai kiradi.
Qabul qiluvchi qurilma - datchik yoki nurlar detektori - unga ta`sir qiladigan radioaktiv
nurlar energiyasini boshqa turdagi elektr, kimyoviy, yorug’lik energiyasiga aylantirish uchun
mo`ljallangan. Qabul qiluvchi qurilma sifatida dala asboblarida ionlash kamerasi va gazorazryad
o`lchagichlari qo`llaniladi.
Ionlash kamerasi havo bilan to`ldirilgan germetik idish bo`lib, unga korpusdan ajratilgan
markaziy elektrod o`rnatnlgan. Kamera devorlari izolyator materiallardan tayyorlangan bo`lib,
ularning ichki tomoni tok o`tkazuvchi material bilan qoplangan.
Tashqi manbadan kameraga elektr toki kuchlanishi berilib, bu markaziy elektrod va kamera
devorining tok o`tkazuvchi qavvati o`rtasida potentsiallar ayirmasi hosil qiladi.
Radioaktiv nurlar bo`lganda, havo elektrodlar o`rtasida izolyator bo`lib xizmat qiladi va
kamera zanjirida tok bo`lmaydi.
Radioaktiv nurlar ta`sirida havo kamerasida ionlanish sodir bo`ladi, kamera zanjirida ionlash
toki paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |