tadqiqot qilish.
1-jadval
2.
Har xil tovush ajratgich (izolyatsiyalovchi) to`siqlar samarodorligini tadqiqoti.
2-jadval
№
t/r
To`siqlar xili
Tovush sathi, dBA
Tovush sathini pasayishi
material
qalinligi
to`siqsiz
to`siqli
BA
Eshitilishi
Har xil shovqin yutuvchi va shovqinni ajratuvchi (izolyatsiyalovchi) vositalarni samarodorligini
solishtirish to`g’risida umumiy xulosa qiling.
Shovqin va titrashning asoratlari.
Inson uchun yoqimsiz bo`lgan har qanday tovushlar shovqin deb ataladi.
SHovqin va tebranish manbalariga kompressorlar, havo almashtirgichlar, maydalovchi va
saralovchi qurilmalar, quvurlardan yuqori bosimda o`tayotgan suyuqlik va gaz aralashmalarining
tezlikdagi harakati kiradi.
Davomli shovqin ta`sirida insonning eshitish qobiliyati pasayib borib, hattoki kar bo`lib
qolishi mumkin. Undan tashqari insonning markaziy asab tizimiga ta`sir etib, ko`rish, fikrlash
qobiliyatini pasaytiradi va charchashini tezlashtirib, jarohatlanishga olib keladi.
Titrash shovqinga nisbatan markaziy asab tizimiga kuchliroq ta`sir o`tkazib, yurak, qon –
tomir tizimlari va shuningdek tananing muvozanat a`zolariga salbiy ta`sirini ko`rsatib, kasb
kasalligi bo`lgan – tebranish yoki titrash kasalligini vujudga keltiradi.
Shovqin va tebranishga qarshi kurashish usullari.
Shovqin va tebranishga qarshi kurashishni mashina va mexanizmlar, texnologik jarayonlarni
loyihalashning dastlabki bosqichlarida boshlash kerak. Korxona bosh planini tuzganda, albatta
shovqinga qarshi ba`zi chora-tadbirlar ko`rib qo`yilgan bo`lishi lozim. Bunda asosiy sershovqin
Ko`rsatgichlar
Oktov kenglikni o`rtacha geometrik chastotasiGts.
63
125
250
500
1000
2000
4000
8000
SHovqinni
yutuvchi
yuzasiz kamerada tovush
bosimini sathi L1, dB.
SHovqinni
yutuvchi
yuzali kamerada tovush
bosimini sathi L2, dB.
Tovush bosimi sathini
pasayishi (L1-L2) dB.
tsexlarni bir joyga joylashtirish, agar iloji bo`lsa, bunday tsexlarni ishlab chiqarish maydonining
chekka tomonlariga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Sershovqin tsexlarni boshqa tsexlardan
tovush o`tkazmaydigan to`siqlar bilan himoyalash kerak. Sexlarning eshik va derazalari tovush
o`tkazmaydigan yoki kamroq o`tkazadigan maxsus materiallardan tayyorlangan bo`lishi zarur.
Shovqin va tebranishga qarshi kurashishda texnologik jarayonlarni to`g’ri tanlash, ya`ni
jarayonda ishtirok etayotgan mashina va mexanizmlarning minimal kuch bilan ishlashini
ta`minlash muhim ahamiyatga ega. Moslama va mexanizmlarni sifatli yig’ish, kuzatib borish,
tuzatish ishlarini rejali bajarish, shovqinning kamayishiga olib keladi.
Shu maqsadda amaliy dalillar asosida tashkiliy va texnik tadbirlar ishlab chiqarilgan.
Asosiy texnik tadbirlarga quyidagilar misol bo`la oladi:
Tebranuvchi mexanizmlarning poydevori asosiy konstruktsiya va kommunikatsiya
tizimlaridan himoya qilinishi, tebranuvchi mexanizm va asos o`rtasiga elastik to`siq o`rnatish,
asos yuzasini tebranishni yutuvchi rezina materiallar bilan qoplash, sershovqin mashina va
mexanizmlarning harakatlantiruvchi qismlarini tovushini to`sadigan maxsus g’ilof bilan
himoyalash va b.q.
Ish joylari, asbob - uskunalar va qurilish konstruktsiyalarini mashina mexanizmlar hosil
qiladigan tebranish ta`siridan saqlashning ijobiy usullaridan biri tebranishning to`siqlash usulidir.
Bu maqsadda mexanizm va asos o`rtasiga elastik element o`rnatiladi. Tebranish «to`siqlari»,
amortizatorlari po`lat prujina, rezina va boshqa elastik materiallardan tayyorlanadi.
Po`lat prujinadan tayyorlangan amortizatorlar uzoq vaqt xizmat qilishi bilan birga yuqori
tebranishdan himoyalaydi.
Rezinadan tayyorlangan amortizatorlar prujina amortizatorlaridan farq qilib, ichki
ishqalanish koeffitsienti katta bo`lganligi sababli tebranishni tezda so`ndiradi. Shuning uchun
ham ularning birga qo`shib ishlatish foydali deb hisoblanadi.
Shovqinni yo`qotish va undan saqlanishda qo`llanadigan turli tadbir-choralar, masalan,
harakatlanuvchi qismlar podshipniklari holatini o`z vaqtida tekshirish, moylash, detallar
tutashgan joylarda bo`shliq bo`lmasligi, zarba bilan ishlaydigan qismlarni yo`qotish, aylanuvchi
qismlarni muvofiqlashtirish, mexanizmlarning qobiqlari va to`siqlari qurilmalari mustahkam
o`rnatilganligini tekshirib turish ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega.
Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida shovqin va tebranishni o`lchash, sharoitni baholashda
SH-3, SH-60, SH-71, ISHV-1, VSHV-003, VIP-2, VIP-ZM, VMV-201 kabi turli xildagi o`lchov
asboblaridan foydalaniladi.
3-rasm. Shovqinni pasaytirish usullari:
a- shovqinni pasaytirish sxemasi; b- shovqinni pasaytirish ekranlarning joylanishi;
v- mexanik shovqin tarqatuvchi manbani ekranlash; 1-, 4- shovqin tarqatgich; 2- shovqin
yutuvchi material bilan qoplangan ekran; 3- ish joyi.
AMALIY MASHG’ULOT № 4
I. Mavzu: Titrashni izoliyatsiya qilish vositalarini hisoblash.
II.Mashg’ulotning maqsadi: Ishlab chiqarishda qo`llaniladigan uskuna va jihozlardagi
titrash kattaligini va titrashdan himoyalovchi vositalar samaradorligini baholashni o`rganish.
1.Titrashni izolyatsiyalash usullarini o`rganish.
2.Titrashnning kelib chiqish manbalari va uni kamaytirish usullari.
3. NVA-1 o`lchov asbobini tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishish va o`rganish
III.Mashg’ulotni bajarilishi to`g’risida talabaning hisoboti.
1) NVA-1 asbobini tuzilishi bo`yicha izoh bering va sxemasini chizing.
2) Ish o`rinlaridagi titrashlarni o`lchash va olingan ma’lumotlarni maxsus jadvalga kiriting.
3) Olingan ma’lumotlarni taxlil qiling
4) titrashdan himoyalanish va uni me’yori to`g’risida qiskacha tushuncha bering.
Amaliy mashg’ulotni bajarish bo`yicha umumiy ma’lumotlar.
To`liq mexanik tizimlarning yoki ularning alohida nuqtalarini birlamchi holatiga nisbatan
tebranishiga titrash deb tushuniladi. To`liq mashinaga yoki uning alohida detallariga titrash ta’sir
ko`rsatib dinamik yuklamani keltirib chiqaradi. Titrashni odamlarga uzatilish uslubiga bog’liq
holda umumiy va lokal yoki nuqtadagi titrashga bo`linadi. Umumiy titrash tayanch yuza orqali
uzatiladi; lokal titrash titraydigan detallarga qo`lni tegishida vujudga keladi.
Titrash, tebranish chastotasi, titrashni ko`chishi,. titrash tezligi va titrash tezlanishi bilan
xarakterlanadi.
Titrashning kattaligi ham , xuddi shovqindek baholanib, absolyut qiymat bo`yicha emas,
balki uning logarifmik sathi bo`yicha ditsibelda baholanadi. Absolyut kattalik logarifmik sathga
quyidagi formula yordamida aylantiriladi.
);
lg(
20
0
v
L
);
lg(
20
0
a
a
L
a
bu erda: L
v
, L
a
- titrash tezligi va tezlanishining satxi,(dB);
,a-titrash tezligi (m/s) va titrash tezlanishi (m/s
2
) ni kattaligining joriy o`rtacha
kvadratdagi qiymati,(m/s va m/s
2
);
0
,
0
a
-titrash tezligini boshlang’ich qiymati (
0
=5*10-8 m/s) va titrash tezlanishini
boshlang’ich qiymati (a
0
=3*10-4m/s
2
)
Titrashni odam organizmiga uzoq muddatda ta’sir ko`rsatishi,bezovtalanishini oshishiga ,
suyak-tomirlar apparatini , xususan oyoq , qo`l, bel suyaklari va boshqa organlarga ta’siri titrash
kasalligiga olib keladi.
CHastotasi 3 dan 30 Gts gacha bo`lgan titrash juda xavfli hisoblanadi .Ular odamlarni
ayrim qismlariga tebranishlar rezonansini vujudga keltrishi mumkin, chunki bu oraliqda inson
tanasining ko`pgina organlarini shaxsiy tebranishlar chastotasi yotadi.
DAVAN 12.1.012-78 “MXST. Titrash . Xavfsizlikni umumiy talablari” ga umumiy va
lokal titrash uchun titrashning me’yorlari koordinata tizimiga uchta o`zaro perpendikulyar o`qlar
yo`nalishida ko`rsatilgan. Umumiy titrash uchun X,Y,Z o`qlari bo`yicha joylashtirilgan. Bu erda
Z -vertikal o`qi, X- gorinzontal o`qi beldan ko`krakgacha, Y- gorinzontal o`qi o`ng elkadan chap
elkagacha. Lokal titrash uchun bo`ylanma o`qlar Xr,Yr, Z r rasmda ko`rsatilgan: bu erda Xr
o`qi titrash manbai egallagan joyni o`qi bilan ustma-ust tushgan, Z
r
o`qi elka oldi bo`ylab
yo`nalgan, Y
r
o`qi esa barmoqlardan titrovchi yuzaga yo`naltirilgan. Titrashni tezligi va titrash
tezlanishini o`rta kvadrat qiymati, shuningdek titrashni tezligini logarifmiy sathlari
me’yorlashtiriladi.
Harakatlanuvchi mashina va transport vositalarini operatorlarga ta’sir etuvchi umumiy
transport titrashini ruxsat etilgan qiymatlari jadvalga keltirilgan.
Harakatlanuvchi mashina operatoriga ta’sir etuvchi umumiy transport titrashini ruxsat
etilgan qiymatlari.
3-Jadval
K
e
n
g
li
k
n
i
o
`rt
a
c
h
a
g
e
o
m
e
tri
k
c
h
a
st
o
ta
si
,G
ts
Me’yoriy ko`rastkichlarni ruxsat etilgan qiymatlari
Titrash tezlanishi bo`yicha
Titrash tezligi bo`yicha
10
-2
m/s
dB
1/3 okt da
1/1 okt da
1/3 okt da
1/1 oktda
1/1 oktda
Z
X,Y
Z
X,Y
Z
X,Y
Z
X,Y Z
X,Y
0,8
1,
1,25
0,71
0,63
0,56
0,224
0,224
0,224
1,10
0,39
14,12
10,03
7,13
4,45
3,57
2,85
20,0
6,30
132
122
1,6
2,0
2,5
0,50
0,45
0,40
0,224
0,224
0,280
0,79
0,42
4,97
3,58
2,55
2,2
1,78
1,78
7,10
3,50
123
117
3,15
4,0
5,0
0,355
0,35
0,315
0,355
0,450
0,560
0,57
0,8
1,79
1,25
1,00
1,78
1,78
1,78
2,50
3,20
114 116
6,3
8,0
10,0
0,315
0,315
0,40
0,710
0,900
1,12
0,6
1,62
0,80
0,64
0,64
1,78
1,78
1,78
1,30
3,20 108 116
12,5
16,0
20,0
0,50
0,63
0,80
1,40
1,8
2,224
1,14
3,30
0,64
0,64
0,64
1,78
1,78
1,78
1,10
3,20 107 116
25,0
31,5
40,0
1,0
1,25
1,6
2,80
3,55
4,50
2,26
12,7
6
0,64
0,64
0,64
1,78
1,78
1,78
1,10
3,20
107
116
50,0
63,0
80,0
2,0
2,50
3,15
5,60
7,10
9,0
4,49
12,7
6
0,64
0,64
0,64
1,78
1,78
1,78
1,10
3,20 107 116
Rasm. Titrashni tadqiq etish uchun laboratoriya qurilmasini chizmasi.
1-texnogenarator; 2-yuk dizbalansi; 3-maxovik; 4-o`zgarmas tok dvigateli; 5-operatorni
o`rindig’i; 6-vibradatchik; 7-rama; 8-bo`rtiqlar; 9-elektr dvigatel plitasi; 10-qisuvchi gayka;
11-rezinali titrashdan himoyalagich; 12-prujinali titrashdan himoyalagich; 13-bo`rtiq; 14-
qisuvchi gayka; 15-o`rindiqni plitasi; 16- taxometr; 17-ta`minlash blokini o`chirib yoqgichi;
18-ta`minlash bloki; 19-NVA-1 o`lchagichining kuchaytirgichi; 20-NVA-1 oktavli fil’trlar
bloki; 21-oldindan kuchaytirgich
Rasm. Joydagi (lokal’) titrashni o`lchashda koordinatalar o`qining yo`nalishlari:
a)- tsilindirik yuza qamralganda
b) sferek yuza qamralganda
Titrashdan himoyalanishning bir nechta uslublari mavjud: Manbada titrashni kamaytirish (eng
samarali, ammo hamma vaqtda ham amalga oshirib bo`lmaydi); Titrashni dempfirlash-mashina
detallarining tebranish amplitudasini unga yumshoq materiallar qatlamini o`rnatish hisobidan
kamaytirish (rezina, mastika va boshqalar); titrashni so`ndirish- mashinani mustahkam, katta
hajmli
poydevorga
o`rnatish;
titrashni
izolyatsiyalash
(
himoyalash)
–mashina
konstruktsiyalariga yoki asosiga titrash manbaidan tebranish uzatilishini kuchsizlantirish, bunga
manba va konstruktsiyalar yoki asoslar orasiga oraliq yumshoq qistirma elementlar o`rnatish va
qattiq biriktirish hisobidan erishiladi.
Titrashni izolyatsiyalovchi (amortizatorlar) sifatida po`lat prujina yoki ressor, rezinadan
qistirma , kigiz va boshqa yumshoq materiallar qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda kombinatsiyalashgan
( murakkablashgan) rezinametalli, prujina-plastmassali, shuningdek pnevmorezinali titrashni
izolyatsiyalovchilar keng miqyosda qo`llanilmoqda.
Titrashni izolyatsiyalovchilarni tanlashda quyidagini hisobga olish lozim, ya’ni uning
qo`llanishidan ijobiy natijaga erishish mumkin bo`lsin. Agarda majburiy tebranish chastotasi f
ni
titrashni izolyatsiyalovchi tizimini shaxsiy tebranish chastotasi f
0
ga nisbati
2
dan kam
bo`lmagan hollarda. Agarda shaxsiy tebranish chastotasidan majburiy titrash chastotasi uncha
yuqori ( katta) bo`lmasa, titrashni izolyatsiyalash unga sezilmaydi. CHastotalar ko`rsatgichi f=f
0
ga bo`lsa, tizimga rezonans hosil bo`ladi va titrashni birdaniga o`sishi vujudga keladi. SHu
sababli amaliyotda chastotalar orasidagi farqni seziluvchan (kattaroq ) bo`lishini ta’minlashga
harakat qilinadi. f>>f
0.
Bunga majburiy titrash chastotasini oshirish orqali erishiladi. SHaxsiy
tebranish
chastotasi
f
0
ni kamaytirishga mashina massasining ta’sirida titrashni
izolyatsiyalovchini statik cho`ktirishni oshirish orqali erishiladi. Bu formulaga u quyidagicha
ko`rinishda bo`ladi:
СТ
x
q
f
)
2
1
(
0
;
bu erda: q- erkin tushish tezlanishi, m/s
2
;
СТ
x
-titrashni izolyatsiyalovchi tizimni statik cho`ktirish, m.
Amaliy maqsadlarga erishi uchun f / f
0
= 3-4 bo`lishi kerak deb hisoblanadi.
Laboratoriya qurilmasi o`zgarmas tok elektrodvigatel’ ( titrash manbai) va operator
o`rindig’i 5 ( himoya ob’ekti), oraliq plitalar 9 va 15 ga mahkam qotilgan u o`z navbatida rama 7
ga rezinali titrashni izolyatsiyalovchi 11 orqali elektrodvigatel va po`lat prujinali titrashni
izolyatsiyalovchi orqali esa o`rindiq o`rnatilgan.
Elektrodvigatelning titrashni izolyatsiyalagichi ajratilgan bo`lishi mumkin. Buning uchun
esa ikkita qisish gaykasi 10 shunday buralishi kerakki, rezinali titrashni izolyatsiyalagich 11
siqilsin, elektrodvigatelni plitasi 9 ni bo`rtig’i 8 ramaga mahkam qisilsin va unga titrashning
uzatilishini ta’minlasin. Xuddu shunday operator o`rindig’idagi titrashni izolyatsiyalagich ham
ajratiladi.
Elektrodvigatelda titrash maxovik 3ga o`rnatilgan yuk massasini muvozanatsizligidan
paydo bo`ladi. YUkning massasini o`zgatirib, shuningdek elektrodvigatel valini aylanishlar
chastotasini o`zgartirib , titrashni har xil chastotasi va sathini olish mumkin.
Elektrodvigatel 4 ta’minlash bloki 18 dan o`zgarmas tok bilan ta’minlanadi.Kuchlanishni
o`zgartirgich (sozlagich) yordamida elektrodvigatel valini aylanishlar chastotasini o`zgartirish
mumkin. U elektrodvigatelni vali bilan biriktirilgan taxogenerator 1dan tok bilan
ta’minlanadigan elektrik taxometr 16 bilan o`lchanadi. Ulab –ajratgich 17 orqali ta’minlash bloki
tarmoqqa ulanadi. qurilma talabaga ( operatorga) amortizatorlarni ulangan va ajratilgan hollarida
titrashni ta’siri to`g’risida sub’ektiv baho berishga imkon tug’diradi.
Ishda faqatgina operatorni qattiq metall o`rindig’idagi vertikal’ titrash tadqiq etiladi.
Titrash, past chastotali titrashni o`lchovchi apparatura NVA-1 yordamida o`lchanadi.
Past chastotali titrashni o`lchagich appartura NVA-1 1,4 dan 335 Gts chastotaning umumiy
intervalidagi titrash tezligi sathini va 7dan 130 dB oralig’idagi o`rtacha geometrik chastotali 2; 4;
8; 16; 31,5; 63; 125; 250 Gtsgacha oktav kenglikdagi chastotani o`lchaydi Asbobni ishlashi
titrashni elektrik signaliga proportsional holda p’ezoelektrik datchik bilan qabul qilingan
mexanik tebranishni boshqa ko`rinishga (energiya) aylantirishga asoslangan .Datchik oraliq
shpil’ka orqali operator o`rindig’iga rez’baga qotiriladi.
Apparatura NVA -1 (rasm) majmuasi (komplekti) titrashni qabul qilgich 1, oldindan
kuchaytirgich 2 , o`lchovli kuchaytirgich 3 va oktavli fil’trlar bloki 4. Asbob 220 va 127Vli
tarmoqlarda hamda avtonom manbada STSM -15 turdagi to`rtta akkumulyatorlarda ishlashi
mumkin. Tarmoqqa yoki akkumulyatorlarga ulanish tugmachalar “Set’” yoki “Akkum” bosish
yordamida amalga oshiriladi. Bunda tugmacha qarshisidagi signal (bildirgich ) chirog’i yonishi
kerak. Agarda akkumulyatorlarda ishlashi ko`zda tutilsa “Akkum” tugmasi bosilgandan keyin “
Napryaj.akkum” tugmasini bosish bilan uning kuchlanishi tekshiriladi. Bunda asbobni mili
“Akkum” sektorini qarama –qarshisida turishi lozim.
Ish boshlaguncha apparatura 15minut muddatda qizdiriladi. Keyin esa uni kalibrovkasi (
sozlanganligi) tekshiriladi. Buning uchun “ Uroven’” tumbleri “obshiy” holatga qo`yiladi, ulab
ajratgich “ Detsibel’ I ” –kalibr holatiga , “ Detsibeli II ” -20 holatga , ulab-ajratgich “Bistro-
Medlenno” –Bistro holatiga o`rnatiladi. Asbob mili qizil kalibrlangan bo`linmani 8 shkalasiga
o`rnatilishi kerak. Agar joylashtirish (o`rnatish) amalga oshmasa, unda bunga “Kalibr” muruvini
aylatirish (burash) orqali erishiladi.
rasm Yangi turdagi Vibrometrlar.
Rasm. NVA-1 apparaturasining majmuasi (komplekti)
1.Titrashni qabul qilgich; 2-oldingi kuchaytirgich; 3-o'lchov
kuchaytirgich; 4-oktavli filtlar bloki
Operator o`rindig’idagi spektral’ tarkibini tadqiq etish.
Elektr dvigatel’ va o`rindig’ amortizatorini ulang( ishga tushiring). Umumiy vertikal
titrashni o`lchash uchun operator o`rindig’iga titrash datchigini o`rnating.
Past chastotali titrashni o`lchagich apparaturasini NVA-1 ni ulang ( ishga tushiring) va 10-
15 minut oralig’ida qizdiring.
Stendning elektr dvigatelini ishga tushiring (tarmoqqa ulang) . O`qituvchining ko`rsatmasi
bilan valni aylanishlar chastotasini o`rnating.
Barcha keyingi o`lchovlar vaqtida talabalardan birtasi operator o`rindig’idan joy olishi
lozim.
CHastotani oktav kengliklarida titrash sathini o`lchang. Buning uchun tarmoqqa o`lchov
kuchaytirgichini ulang, “ Set’” tugmachasini bosing, “Pitanie” tumbleri bilan oktavli fil’trlar
blokini ulang. “Uroven’” ulab ajratgichini “Oktavniy” holatiga keltiring. Statsionar titrashda
8Gts dan kichik oktavdagi o`lchashda “Bistro-Medlenno” tumblyorini “Medlenno” holatga,
8Gts dan yuqori oktavada , shuningdek zarbali titrash hamda siltanishda “Bistro” holatiga
o`rnating. Fil’trlar bloki “CHastota N” ulab ajratgichini 2 holatiga o`rnating. “Detsibeli II ” va
“Detsibeli I ” ulab ajratgichini holatini o`zgartirish bilan asbob milini shkalaning o`ng tomoniga
( 0 dan +10 dBgacha ) o`rnating. Asbob milini, (“Detsibeli II ” va “Detsibeli I ”)
o`zgartirgichlarning o`lchov ko`rsatgichlari yig’indisini hisob- kitob qiling. Masalan , agar
asbobni mili 6 dB raqamiga to`xtasa , “Detsibeli I “ o`zgartirgichi 80 dB holatiga, “Detsibeli II
” o`zgartirgichi 10dB holatiga bo`lasa. Bunda titrash tezligi sathining umumiy kattaligi
6+80+10=96 dB ga teng bo`ladi.
“Chastota” o`zgartirgichini ketma-ket boshqa holatlarga o`rnating, har bir o`rtacha
geometrik chastotaga vertikal titrash sathi kattaligini o`lchang.Stendni o`chiring ( tarmoqdan
ajrating).
Har bir chastota kengligida titrash sathi kattaligini biriktiruvchi siniq chiziqlar ko`rinishida
)
( f
L
v
ni grafigini quring. I - toifa uchun titrash sathini ruxsat etilgan chizig’ini unga
chizing. Sanitariya –gigienik me’yoridan yuqori zonani aniqlang.
Titrashni izolyatsiyalovchi vositalar bilan titrashni pasaytirish samaradorligini tadqiq etish.
Elektr dvigatel’ni plitasining siqish vintini shunday bo`shatish kerakki, u rezinali
amortizatorda erkin tebrana olsin.
Stendni ishga tushirib, elektr dvigatel valini oldingi aylanishlar chastotasini o`rnating.
Yuqorida keltirilgan uslub (metodika) bo`yicha har bir o`rtacha geometrik chastotani oktav
kengliklarida ketma-ket vertikal titrash sathini o`lchang.
O`rindiqni qisuvchi vintini shunday bo`shatingki, bunda o`rindig’ni plitasi prujinali
amortizatorda erkin tebrana olsin va bu holatni elektr dvigatel va o`rindig’ni titrashdan
izolyatsiyalovchini ishlangandagi chastotasini har bir oktava kengligida o`rindig’dagi titrashni
sathini boshqatdan , ya’ni yangidan o`lchang.
Titrashni izolyatsiyalashning har xil rejimlarida o`rindig’ titrashining odamga ta’sir
etishini baholang.
Titrashni izolyatsiyalash manbai va o`rindiq ajratilgan; faqat titrashni izolyatsiyalash
manbai ulangan; titrashni izolyatsiyalash manbai va o`rindig’ ulangan. Baho bering: a) titrash
bezovtalantirmaydi; b) kuchsiz bezovtalantiradi; v) o`rtacha bezovtalantiradi; g) kuchli
bezovtalantiradi; d) juda kuchli bezovtalantiradi.
Ilgari chizilgan o`rindiqni titrash spektri grafigiga amortizator ajratilgandagi titrash
spektrini yangi grafigini o`tkazing: elektr dvigatel titrashni izoltsiyalagichi ulanganida; elektr
dvigatel va o`rindiq titrashni izolyatsiyalagichi ulanganida va ularni titrashning ruxsat etilgan
sathini chizig’i bilan solishtiring.
Titrashni izolyatsiyalovchining ishlash samaradorligi to`g’risida xulosa qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |