Texnika xavfsizligi



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana26.09.2019
Hajmi1,92 Mb.
#22689
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi (1)


AMALIY MASHG’ULOT № 2 

I. Mavzu: Ishlab chiqarishda tabiiy va sun`iy  yoritilganlikni  hisoblash. 

II. Mashg’ulotning maqsadi:  

Ishlab chiqarish binolarida  qo`llaniladigan yoritish turlari va ularni hisoblash o`rganish.  

1. Tabiiy yoritish turlari va ularni hisoblash . 

2. Sun`iy yoritish tizimlari va ularni hisoblash. 

III. Amaliy mashg’ulotni o`tkazish tartibi haqida umumiy tushunchalar. 

IV. O`tkazilgan amaliy mashg’ulot yuzasidan talabalarning hisoboti. 

         YOritishning  qaysi  turini  qo`llanilishidan  qat`iy  nazar,  noto`g’ri  tanlangan  yorug’lik, 

ko`rish  bilan  bog’liq  bo`lgan,  ish  sharoitlarini  yomonlashuviga,  ko`z  va  asab  tizimlarini 

charchashiga,  ish  unumdorligini  pasayishiga,  oqibatda  baxtsiz  hodisa  yoki  kasb  kasalliklariga 

sabab bo`ladi. 

        YOrug’likni  me`yor  darajasidan  o`ta  ko`p  yoki  kamligi,  ish  sharoitiga  to`g’ri 

kelmasligi,  ko`zni  qamashtirmasligi,  ishchi  –  xodimning  diqqatini  chetga  tortmasligi, 

shuningdek,  yoritilgan  ish  joyi  bilan,  tevarak  atrof  bir-biri  bilan    farq  qilmasligi  kabi  xavfli 

omillarga bog’liq bo`ladi.  

Ish  joyida  yoritilganlikni  pastligi  ko`rish  organlarini  bezovtalanishiga  va  uni  faoliyatini 

buzilishiga  olib keladi. 

Ishlab chiqarish binolarini yoritilganligiga quyidagi asosiy talablar qo`yiladi. 

a) Ish o`rinlari shunday yoritilgan bo`lishi kerakki, ishchi ish joyidagi ish qurollarini tez va 

engil farqlay olsin; 

b)  Binoni  yoritilganligi  tezda  paydo  bo`lib,  yo`qoluvchi,  soyasiz  va  almashinuvchi 

dog’larsiz bo`lishi shart; 

v)   YOritish qurilmalarini o`rnatishda ishlab chiqarish xarakteri hisobga olinishi kerak.   

Ish  yuzasining  yoritilganligi,  shu  nuqtadagi  yorug’lik  oqimining  sirt  zichligiga  bo`lgan 

nisbat miqdori  bilan o`lchanadi quyidagi formulada ifodalanadi. 



E = F / S    lyum/m



F – shu nuqtadagi yorug’lik oqimi  lyum

 

S – yorug’lik oqimi tushadigan yuza   m



2

 

Tabiiy yorug’lik bilan binolarni yoritganda ular katta chegarada o`zgaradi. Bu o`zgarishlar, 

meteorologik sharoitlar, yilning fasli va boshqa bir qancha omillarga bog’liqdir. SHuning uchun 

binolarda tabiiy yorug’likni  yoritilganlikning miqdoriy jihatdan me`yorlashtirib bo`lmaydi,         



 1. Tabiiy yoritilganlikni hisoblash

 Tabiiy  yoritishni  hisoblashdan    maqsad  binolarda  yorug’lik  tushadigan  (deraza,  fonar) 

yuzalarni  hisoblash  va ularning tabiiy yoritish koeffitsientining  me`yorlangan qiymatlariga  mos 

kelish kelmasligini aniqlashdan iborat. Binoning tabiiy yoritilganlik me`yori, tabiiy yoritilganlik 

koeffitsenti  orqali  aniqlanadi  (TYOK).  Bu  koeffitsent  binoda  belgila ngan  nuqtadagi 

yoritilganlikni,    shu  binoning  tashqarisidagi  yoritilganlikka  nisbati  bilan  foizlar  hisobida 

aniqlanadi. 

l = E

ichki 

/ E

tashqi 

× 100%  

E

ichki 

– Binoning ichida belgilangan nuqtadagi yoritilganlik. 

E

tashqi

 – Binodan tashqaridagi yoritilganlik. 

a) Ishlab chiqarish korxona  binolarini tabiiy yoritish usuli yon tomondan  

qo`llanilganda quyidagicha hisoblanadi. 


 

 

1-rasm. Yon tomondan qo`llanilgan tabiiy yoritish usuli. 

b)  Ishlab  chiqarish  korxona  binolarini  tabiiy  yoritish  usuli  yuqoridan  qo`llanilganda 

quyidagicha hisoblanadi. 

 

2-rasm. Yuqoridan  qo`llanilgan tabiiy yoritish usuli. 

S

0

, S

f

 – deraza va fonarlarnin yuzasi;  



S

n

 – bino polining yuzasi;                     

 e

n 

– tabiiy yoritilganlik koeffitsientini me`yorlash qiymatlari (TYOK);  



h

o, 

h

f 

– deraza va fonarlarni yorug’lik xarakteristikasi;  



K  –  qarama  -  qarshi  binolardan  derazalarga  soya  tushishini  (qorong’i-lashuvini)  hisobga 

oluvchi koeffitsient  



τ - yorug’lik o`tkazuvchanlik umumiy koeffitsienti 

 r

1

  r

2

  –  yon  tomondan,  yuqoridan    yoritilganda    yorug’likni  qaytishini  hisobga  oluvchi 

koeffitsient.  

2. Sun`iy yoritilganlikni me`yorlash va hisoblash usullari.  

Agar  tabiiy  yorug’lik    binolarni  yoritish  uchun  etarli  bo`lmasa,  bunday  hollarda,  sun`iy 

yorug’lik bilan to`ldiriladi. 

a) Sun`iy yorug’likni me`yorlashdan maqsad  biror  bir yuzani yoritish uchun gigiena nuqtai 

nazaridan eng kamida ruxsat etilgan minimal yorug’lik miqdori bilan ta`minlashdir. 

  YA`ni  me`yorda  8ta  razryad  qabul  qilingan  bo`lib,  -  birinchisi  o`ta  yuqori  aniqlikda 

bajariladigan ishlar turkumi (< 0,15 mm), - 1 razryad 5000 lk. dan to dag’al ishlar turkumi, ya`ni 

faqat  jarayonni  kuzatish  uchun  xizmat  qiluvchi      –  VIII  –  razryad  50  lk.  gacha  bo`lgan  

yoritilganlik miqdorlari hisoblanadi. 

Sun`iy  yorug’likni  hisoblash  uchun  odatda  nuqtali  yoki  yorug’lik  oqimi  usullaridan 

foydalaniladi. Aslida bu ikki usul ham  nuqtali usuldir. Bu usul aniq bir yo`nalishlari mahalliy va 

bir tekis tarqalgan umumiy yoritilganliklarni aniqlash uchun qo`llaniladi. Bunda nur tarqatuvchi 

manbaning ko`rinishi nuqta, chiziq, tekislik, shar hamda tsilindr shakllarida bo`lishi mumkin.  

Nuqtali  sharsimon  yog’du  manbaidan  kelayotgan  yorug’likni  masofa  kvadrati  qonuniga 

asoslanib quyidagi ifoda bilan aniqlanadi. 


                              

 

Bunda, J



α

- yorug’lik kuchi, lm; 



            α - nurning hisob nuqtasiga nisbatan og’ish burchagi grad;  

            g - manba`dan nuqtagacha bo`lgan masofa, m;  

           N  - nur manbaining poldan balandligi;  

            θ  - nuqta o`rnashgan tekislikni pol sathiga nisbatan og’ish burchagi, grad; 

 

3-rasm.  Nuqtali  manbadan  tushayotgan  ixtiyoriy  yuzadagi  yoritilganlikni  hisoblash  

chizmasi 

 

4-rasm. Astra markali yoritgichdan gorizontal yuzada hosil bo`lgan izolyukslar chizmasi. 

 

Hisobni  osonlashtirish  maqsadida  1000  lm  yorug’lik  oqimiga  ega  bo`lgan  yoritgichdan 



tarqalayotgan yorug’likni taqriban aniqlab fazoviy izolyukslar yasaladi (8-rasm) va undagi N va 

6 qiymatlariga mos keladigan taqribiy yoritilganlik osongina topiladi. 

Bunday  hollarda  hisoblash  uchun  zarur  bo`lgan  yorug’lik  oqimi  quyidagi  ifodaga  teng 

bo`ladi. 

𝐹

𝑍

=



𝟏𝟎𝟎𝟎𝑬

𝑴

× 𝑲



𝒁

𝝁 ∑ 𝑬


𝟏

𝒎

𝟏



 

 

bunda, E



m

- yoritilganlik me`yori, lk; 



           K

z

 - zahira koeffitsienti; 



            

𝝁  -  qo`shni  yoritgichlar  va  yuzalardan  kelayotgan  qo`shimcha  yorug’lash 

koeffitsienti ( 1 - 1,2 ); 

         

𝑬

𝟏



𝒎

𝟏

 -  nuqtadagi  taqribiy  yorug’lik  yig’indisi  (izolyuks  yoki  formula  orqali 



aniqlanadi). 

          m - atrofdagi yoritgichlar soni. 

 

YOrug’lik oqimi usuli

 Bu  usul  biror  yuzaga  tushayotgan  barcha  to`g’ri  va  qaytgan  )  nurlardan  hosil  bo`lgan 

o`rtacha  yig’indi  yorug’likni aniqlash imkonini  beradi. O`rtacha yorug’lik  miqdoridan  minimal 

qiymatga  o`tish  esa  taxminan  bajariladi.  SHu  xususiyatlardan  kelib  chiqqan  holda  bu  usulni 


gorizontal  yuzani  bir  tekis  umumiy  yoritilganligini  aniqlash  uchun  qo`llaniladi,  ya`ni  bir  yuzani 

yoritish uchun zarur bo`lgan yoritgichlar sonini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin. 

 

𝑁 =


𝐸

𝑀

× 𝐾



𝑍

× 𝑆 × 𝑍


𝜂 × 𝐹

𝐿

 



bunda, E

m

 - yoritilganlik me`yori, lk; 

           K

z

 - zahira koeffitsient ( 1,3- 1,5); 

           -  yoritilajak yuza, m2; 

           Z – yorug’likni notekislik koeffitsienti (1,1- 1,15); 

           η - yoritgichlarni foydalanish koeffitsienti. 

 

 Xonaning  ko`rsatkichi  F



l

  =  a  ×  v  /  (a+v)  N

s

  pol,  shift  va  devorlarni  nur  qaytarish 



koeffitsientlarini bilgan holda yoritgichlarni foydalanish koeffitsienta " η " [16] va [17] dagi 9.14 

raqamli jadvaldan olish mumkin.  

Bu erda, a va v - xonaning bo`yi va eni, m; 

Ns - yoritgichning yoritilayotgan yuzadan balandligi, m. 

 

5-rasm. Ishlab chiqarish xonalarida yoritgichlarni o`rnatilish chizgisi. 

a) planda; b) Kesimda yoritgichlarni YOritish yuzasidan o`rnatilish balandligi. 

 

Nazorat savollari. 

1.  YOritilganlikni turlari to`g’risida ma`lumot bering. 

2.  Tabiiy yoritilganlik haqida tushuncha bering 

3.  Sun`iy yorug’lik haqida tushuncha bering. 

4.  Tabiiy yorug’likni qaysi usulda hisoblanadi? 

5.  Sun`iy yorug’likni hisoblash usullarini tushuntiring. 

6.  YOritgichlar soni qaysi formulada aniqlanadi? 

 

To'g'ri burchakli 

Shaxmatli 


AMALIY MASHG’ULOT № 3 

I.    Mavzu:  Shovqin  darajasini  shovqin  to`suvchi  to`siqlar  yordamida  kamaytirishni 

hisoblash.  

II. Mashg’ulotning maqsadi: Shovqinga qarshi  kurash usullarini o`rganish.   

1.  Shovqinning  kelib chiqish manbalari va  uni  kamaytirish usullari. 

2.  SHovqinni o`lchash asbobini ishlatishni o`rganish. 

III. Amaliy mashg’ulotni o`tkazish tartibi haqida umumiy tushunchalar. 

IV. O`tkazilgan amaliy mashg’ulot yuzasidan talabalarning hisoboti. 

 SHovqin  –  bu  har  xil  chastotali  va  kuchli  tovushlarning  tartibsiz  aralashib,  insonni 

eshitish  faoliyatiga xalaqit  beruvchi va yoqimsizlikni yuzaga keltiruvchidir.  

Uzoq  davom  etuvchi  shovqin  odam  organizmiga ta`sir  etib, bosh og’rig’ini, uyqusizlikni, 

diqqati  susayishini,  markaziy    asab  va  yurak-qon  tomirlari  tizimi  bezovtalanishini,  oshqazon-

ichaklar  faoliyati  pasayishini,  qisman  yoki  to`liq  eshitish  qobiliyati  yo`qolishini  vujudga 

keltiradi.  SHuningdek  shovqin  sathining  o`sishi  ayrim  ishlarni  bajarishda  ish  umumdorligini 

pasayishiga  olib  keladi.  SHu  sababli  shovqin  sathini  pasaytirish,  undan  odamlarni  himoyalash-

juda  ham  muhim  va  mas`uliyatli  vazifa  hisoblanadi.      O`zining  yuzasidan  tovush  to`lqinlarini 

chiqishiga olib keluvchi titrovchi jihoz va uskunalarning, tebranuvchi yuzalari (tovush to`lqinini 

tarqatuvchi  qattiq,  suyuq  va  gaz  shaklidagi  muhit)  shovqin  manbai  bo`lib,  hisoblanadi. 

Atmosfera  bosimi  bilan  solishtirganda  shovqin  havoga aralashib, unda  davriy ravshida bosimni 

oshishiga  yoki  kamayishiga  olib  keladi.  To`liq  bosim  va  o`rtacha  bosimlar  orasidagi  farqning 

qisqa  vaqtdagi qiymati tovush bosimi deb aytiladi. Odamning qulog’i 2.10

-5

 dan 2.10



2

 Pa-gacha 

intervaldagi  bosim  o`zgarishini  sezish  qobiliyatiga  ega.  Bu  kattaliklar  pastki  va  yuqorigi 

seziladigan  (porogovie)  bosim  deb  aytiladi.  Amalda  tovush  bosimini  baholash  absolyut 

kattaligida emas,  balki ularning logarifmik sathida baholash  qabul  qilingan, u quyidagi  formula 

orqali aniqlanadi.  



L = 20 * lg (P / P o ) (4) 

bu erda : P - manbadan chiqadigan haqiqiy tovush bosimi, Pa  

    Po –tovush bosimining pastki seziladigan qiymati, Pa.  

Tovush  bosimi  sathini  o`lchov  birligi  sifatida  bel  (B)  qabul  qilingan.  Amaliyotda  eng 

kichiq 

birlik 


detsibel (dB) qabul qilingan.  

 

 



 

 

 



 

Rasm 1 SHovqin spektor chastotasining grafigi 

1- SHovqinning xaqiqiy spektor chizig’i   2 – Tovush bosimining ruxsat etilgan sathining 

chizig’i 

 

3- Ruxsat etilgan sathdan yuqori bo`lgan haqiqiy shovqin zonasi 



 Alohida  chastotadagi  shovqinning,  tashkil  etuvchi  tonlarini  ma`lum    bir    kattalikdagi 

qiymatlar  bilan  taqsimlashini  shovqinni  spektral  tahlili  deyiladi  va  to`g’ri  keluvchi  fil’trlar 

majmuasi  yordamida  shovqin  o`lchagich  (shumomer)da    amalga  oshiriladi,  unda  faqatgina 

belgilangan    intervaldagi  chastotali  tovushlarni  xarakterlovchi  qismi  ajratiladi.    SHovqin 

T

o

v



u

sh

 b



o

si

m



in

sa



th

L



d

b



 

 


manbaini  aniqlash  va  undan  himoyalanish  chora  tadbirlarini  ishlab  chiqish  uchun  shovqin 

spektrini bilish kerak.  

SHovqinni  ruxsat  etilgan  chegaroviy  sathi  (DAVAN-12.003-83  “SSBT.SHum.Obshie 

trebovaniya  bezopasnosti“)  “MXST.  SHovqin.  Xavfsizlikni  umumiy  talablari”da  ko`rsatilgan, 

bo`lib,  chastotani o`rtacha geometrik standartlar  qatori uchun aktiv kenglikdagi chastotasi: 63; 

125;250,500,1000,2000,4000,8000 Gtsga teng.  

(DAVAN  12.1.029-80)  da  shovqindan  himoyalanish  uslublarini  klassifikatsiyasi 

keltirilgan.  Ushbu  ishda  shovqinni  tarqalish  yo`lida,  tovush  yutuvchi  materiallar  va  tovushdan 

himoyalovchi to`siqlarni  qo`llash hisobida kamaytirish tadqiqot etiladi.  

Odatdagi  qurilish  materiallaridan  (beton,g’isht,shishablok  va  boshqalar.)  bajarilgan 

xonaning shiftidan, devoridan tovush to`lqinining asosiy qismi bir necha marta qaytadi. Natijada 

esa  xonadagi  shovqinni  umumiy  satxi  5-15  dB  ga  ortadi.  Mahsus  tovush  yutuvchi  material  va 

qurilmalardan  tayyorlangan  devor  hamda  shiftlar  esa  shovqinni  6-8  dB  ga  kamaytiradi.  Bunda 

g’ovak,  yumshoq,  o`yiqcha  strukturali  (yacheyka),  kichiq  solishtirma  og’irlikli  (mineral,  vata 

(paxta),  o`ta  yupqa  shisha  momiqli  mato,  kichiq  o`lchamli  (fraktsiya)  keramzit  va  boshqalar.) 

materiallar eng katta samara beradi. Amaliyotda tovushni yutuvchi materiallarning qalinligi 20 - 

200 mm gacha bo`ladi.  

Ushbu  ishni  o`tkazish  uchun  tajriba    qurilmasidan  foydalaniladi.  Qurilmada  operator 

kabinasi  va  tovush    kamerasi,  bo`lib  ishlab  chiqarish  xonasini  qiyoslaydi.  SHovqin  manbai 

sifatida  ushbu  ishda  SS-1  sirena  qo`ng’iroq  bildirgichdan  (signaldan)  foydalaniladi.  Undan 

chiqadigan shovqinni sathi ruxsat etilgan me`yor chegarasidan yuqori bo`ladi.  

SHovqin  kamerasining  (rasm11)  tovush  kanali  kabina  bilan  tutashgan  bo`lib,  uni  turli 

xildagi tovush  yutuvchi devorlar (to`siqlar)  bilan  berkitish  mumkin.  SHovqin kamerasi  qopqoq 

bilan ta’minlangan, u orqali tovush yutuvchi to`siqlarni  almashtirish va shovqin yutuvchi yuzali 

qalqonni o`rnatish mumkin. Operator kabinasi odam tomonidan shovqinni turli sathini sub`ektiv 

baholashni  va  himoyalash  chora-tadbirlari  samarodorligini baholash uchun xizmat  qiladi.  Unga 

bir  kishi  o`tirishi  yoki  turishi  mumkin.  Tovush  yutuvchi  qalqon  sifatida  porolon  qoplamali 

qalinligi 4  mm va  qalinligi 20 mm kigizli  faneradan  foydalaniladi. Tovush himoyalovchi  to`siq 

sifatida fanera, shisha, shovqun yutuvchi yuzali kartondan foydalaniladi.  

SHovqin  va  titrashni  o`lchovchi asbobi ISHV-1  tovush  bosimiini  sathini, titrash tezligini 

va  titrash  tezlanishini  chastotasini  aktiv  intervalda  hamda  tovush  sathini  A,  V,  S  va  LIN 

chastotalari harakteristikasi bo`yicha o`lchash uchun mo`ljallangan. Asbobni faoliyat ko`rsatishi 

tovush  bosimini  o`zgartirishga  asoslangan  bo`lib,  shovqin  satxini  o`lchashda  mikrafonga  qabul 

qilinadigan  elektro  signalni  kattaligiga  proportsional  ravishda  kuchaytirilgandan  so`ng  o`lchov 

asbobiga uzatiladi va dB da baholanadi. Asbob tarmoqga yoki «Mars» turdagi 8 ta elementlardan 

tarkib topgan batareyalar blokiga ulanadi. 

 

 

 



Rasm: 2  SHovqinni  tadqiqot etish tajriba qurilmasining  sxemasi. 

1- SHovqin  yutuvchi yuzali operator  xonasi  (kabinasi); 2-O`lchov asbobining mikrafoni; 

3-tovush himoyalovchi to`siq (devor); 4-To`siqni o`rnatish uchun   yo`naltirgich; 5- Tovush 

kamerasi; 6- Tovush yutuvchi qalqon; 7- SHovqinni manbai  8- o`lchov asbobi 

 


ISHV-1  asbobini  ishga  tushiring.  Unga  tokni  etarli  ekanligini  tekshiring.  Buning  uchun 

“Ish  turi”  (“Rod-raboti”)  o`chirib  yoqgich    murivi  (qo`loqchasi)ni  (“Kontr.  pitaniya”) 

“ta`minotni  tekshirish”  holatiga  keltiring.  Bunda  oldingi  paneldagi  bildirgich  chiroq  o`chib-

yonishi kerak, asbobni mili (strelkasi) esa “Batareya” (7-10 dB) sektoriga qarama- qarshi turishi 

kerak.  Bordiyu  bu  holat  sodir  bo`lmasa,  unda  tarmoqni  blokini  yoki  batareyalar  tekshirilishi 

lozim. Asbobda o`lchov boshlangungacha, uni 5 min. muddatda qizdirish kerak.  

SHovqin  manbai  kamerasida  maxsus  mo`ljallangan  o`yiqda  (inchada)  mikrofonni 

o`rnating.  Standart  oktanlar  qatori  chastotasi  bo`yicha  tovush  bosimi  sathini  o`lchash  uchun 

asbobni 

tayyorlang. 

Buning 

uchun 


asbobni 

oldingi 


panelidagi 

o`chirib 

yoqgich 

(pereklyuchatel’)ni  quyidagi  holatlarga  o`rnating:  “Delitel’-  1”  va  “Delitel’-  2”ni  maksimal 

qiymatlariga  ya`ni 90  va 40 dB ; “Rod izmereniya”- Fil’trlar  holatiga ; “Rod raboti”ni –  sekin 

(medlenno) holatiga; “Zvuk- vibratsiya” – Tovush (zvuk) holatiga; “CHastota”- 63 Gts   holatiga 

o`rnating.  SHovqin  manbaini  ishga  tushirib,  63  Gts  chastotadagi  tovush  bosimini  kattaligini 

o`lchang. Buning uchun “Delitel’ - 1” o`chirib-yoqgichi holati o`zgartiriladi, kerak bo`lganda esa 

“Delitel’-  2”  ni  ham  holati  o`zgartiriladi,  asbobni  milini  shkalaning  o`ng  qismidagi  0  belgiga 

o`rnatiladi.  Qachonki  mil,  biror-bir  shkalani  bo`linmasiga  to`xtasa,  milni  va  o`chirib-yoqgich 

“Delitel’- 1” hamda “Delitel’-2”ni ko`rsatmalari qo`shiladi. Masalan, agar asbobni mili 6 soniga 

kelib to`xtasa, o`chirib-yoqgich “Delitel’- 1” 90 holatiga bo`lsa, “Delitel’-2”- 10 holatiga turgan 

bo`lsa, bunda tovush bosimini sathi quyidagiga teng bo`ladi: 6+90+10=106 dB.  

O`lchovlar  asosida  spektrogramma  L  = 

  (  f  )  ni  quring.  Har  qaysi  chastotaga  ruxsat 

etilgan shovqin grafigini chizing va shovqinni ruxsat etilgan sathidan yuqori zonasini aniqlang.  

SHovqin  manbai  va  mikrofon  holatini  o`zgartirmay  tovush  kamerasini  shiftiga  va 

devorlariga tovush yutuvchi qalqon o`rnating.  

SHovqin manbaini ishga tushuring va yuqorida  keltirilgan uslub bo`yicha har qaysi oktan 

kengligi chastotasida shovqinni sathini o`lchang.  

CHizilgan  birinchi  tajriba  shovqin  spektrogrammasiga  yangi  spektrni  chizing,  ularni  bir-

biri bilan va shovqin sathini ruxsat etilgan grafigi bilan solishtiring.  

SHovqinni  yutuvchi  yuzani  o`rnatganligi  hisobidan  kamerada  shovqinni  pasayish 

samaradorligi to`g’risida xulosa qiling.  

Operator  xonasi  (kabinasi)da  mahsus  mo`ljallangan  o`yiqchada  (inchada)  o`lchov 

asbobining mikrofonini o`rnating.  

“Rod  izmereniya”  o`chirib-yoqg’ich  (pereklyuchatel’)ni  A  holatga  o`rnatib  dB  A  da 

shovqinni  o`lchashni  olib  boring.  Boshqa  o`chirib-yoqg’ichlarni  holati  va  qolgan  tovushlar 

sathini  o`lchash  uslubi  xuddi  oldingi  tajribalarnikidek  bo`ladi.  Holat  o`zgartirgich  “CHastota” 

ishga qatnashmaydi va uning holati ishga dahilsiz.  

SHovqin manbaini ishga tushiring. Kabinadagi (xonadagi) shovqinni kattaligini o`lchang.  

O`lchov  asbobi  va  qo`ng’iroq  (sirena)ni  ishga  tushirmay,  tovush  kamerasi  va  operator 

xonasi  (kabinasi)  orasiga  ketma-ket  (navbatma-navbat),    quyida  sanab  o`tiladigan  tovush 

ajratgich (izoliyatsiyalovchi) to`siqlarni  o`rnating va har qaysi bilan  kabinadagi shovqin sathini 

o`lchang,  shuningdek asbobni ko`rsatgichini va  sub`ektni  eshitishi  bo`yicha baholang.  SHovqin 

sathi eshitilishini baholash uchun o`quvchilardan bir kishi operatorni yopiq xonasi (kabinasi) da 

bo`lishi lozim. To`siqsiz va to`siqlar bilan yoki har xil to`siqlarda asbobni ko`rsatgichlarini farqi 

orqali shovqin sathini pasayish samaradorligini aniqlang.  

To`siqlarni  o`rnatishda shunga e`tibor berish kerakki tovush kanallari zich mahkamlansin, 

ya`ni to`siqlar va devorlar orasida bo`shliq (yoriq) qolmasin.  

Operator  kabinasi  (xonasida)  shovqin  sathini  pasayishiga  to`siqlar  tayyorlangan 

materiallarni  ta`sirini  tadqiqot  eting.  Buning  uchun  esa  bir  xil  qalinlikdagi  (4mm)  faneradan, 

shishadan, kartondan to`siqlarni  ketma-ket o`rnating va kabina (xona)dagi shovqinni pasayishini 

o`lchang.  

SHovqin  sathini  pasayishiga  to`siqlar  qalinligi  ta`sirini  tadqiqot  eting.  Buning  uchun  esa 

har  xil  qalinlikda  tayyorlangan  (4;8;  12  mm  )  fanera  to`siqlarni    ketma-ket  (navbatma-navbat) 

o`rnating va kabinadagi shovqinni pasayishini o`lchang.  



Tovush  yutuvchi  materiallar,  to`siqlar  yuzasining  samaradorligini  baholang.  Buning  uchun 

qalinligi  4  mm  bo`lgan  fanerali  to`siqni  yuzasiga  tovush  yutuvchi  materiallar  qatlami 

qoplanganida  (porolon  yoki  kigiz)  tovush  sathini  pasayishini  o`lchang  va  qoplamasiz 

to`siqlardagi  tovush  sathini    ko`rsatgichlari    bilan  solishtiring.  Tadqiqot  qilingan  omillardan 

tovush  sathi  ko`rsatkichlarini,  tovush  ajratgichlar  (izolyatsiya)ga    bog’ligi  to`g’risida  xulosa 

qiling. Quyidagi kriteriyalar bo`yicha qo`llanilgan har xil to`siqlardan shovqin sathi eshitilishini 

pasayishiga baho bering: shovqinni pasayishi sezilmaydi, ozgina seziladi, yaxshi seziladi.  

Tadqiqot natijalarini jadval shaklida ko`rsating.   

  1.SHovqinni  yutuvchisiz  yuzali  va  yutuvchi  yuzali  kamerasida  shovqin  spektrini 


Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish