6. Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodlari. Intuitiv fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodi evristik metodlar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini yechish metodlari G.S.Altshuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan о‘rganilgan bо‘lib, ular о‘z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy metodlar guruhini ajratib kо‘rsatadilar. Evristik metod vositasida ijodkorlik masalalarini yechishga an’anaviy yondashish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammodan kelib chiquvchi masala shartlarini aniqlash; xususiy hol uchun muammoni tahlil qilish va maqsadni shakllantirish; masalani hal qilish rejasini tuzish; rejani amalga oshirish va masalani qisman hal qilish; topilgan yechimlarni maqsadga muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini tanlash. Ijodkorlik masalalarini yechishning tahliliy metodida muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini qurish kо‘zda tutiladi. Bu metodda yechim aniqligi obyekt yoki jarayon kо‘rsatkichlarining о‘rganish uchun ishlab chiqilgan model kо‘rsatkichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan metodlarini talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha soddalashtirish hamda subyektiv ixtirolardan foydalanish uchun qо‘llashda ikkala guruhga tegishli metodlardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi.
7. Loyihalash ishlarining xususiyatlari. Har bir mashinasozlik zavodida bosh konstruktor bо‘limi bо‘ladi. Ishlab chiqariladigan buyumlarning turiga kо‘ra asosiy va ixtisoslashtirilgan konstruktorlik buyumlardan tashkil topadi. Konstruktorlik tashkilotlari shug‘ullanadigan loyihalash obyektiga loyiha topshirishini tuzishda obyektni yasash uchun ishchi chizmalarni tayyorlashgacha bо‘lgan ishlar majmuidan iborat bо‘lib, juda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Konstruktorlik hujjatlarga grafika va tekst shaklidagi hujjatlar kiradi. Ular alohida holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini belgilaydi. Uni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat, qabul ekspluatatsiya va remont qilish uchun zarur ma’lumotlarga ega bо‘ladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Texnik loyihalash jarayonini izohlang?
2. О‘quv binosiga qanday talablar qо‘yiladi?.
3. Texnik loyihalash va modellashtirish qanday materiallar ishlatiladi?
4. Texnik loyihalash va modellashtirishning qanday tashkiliy shakllari mavjud?
5. Texnik loyihalash va modellashtirishning qanday metodlarini bilasiz?
6. Loyihalash ishlarining xususiyatlarini izohlab bering?