Nazorat savollari:
1. Massiv deb nimaga aytiladi?
2. Necha xil massivlar mavjud?
3. StringGrid komponentasining qanday xossalari mavjud?
4. Massivlar qaysi bo‘limda e’lon qilinadi?
7-laboratoriya ishi.
Texnik tizim grafik ob’ektlarini Borland C++ Builder 6 muxitida yaratish
Ishdan maqsad: Borland C++ Builder6ningasosiygrafikimkoniyatlaribilantanishish.
Topshiriqlar:
Nazariy qism bilan tanishib chiqing
Grafik imkoniyatlar bilan tanishib chiqing.
Grafik rejimda ishlatiladigan operatorlar bilan tanishib chiqing.
Tajriba ishiga hisobot topshiring.
Nazariy qism
C++ dasturlash tilida yuqori darajadagi tasvirlarni hosil qilish mumkin. C++ dasturlash tilining grafik imkoniyati dastur tuzuvchiga sxemalarni, chizmalarni va rasmlarni chizish imkonini beradi.
Dastur grafik tasvirlarni Forma va Image komponentasiga chizish imkonini beradi. Obektlar Canvas xususiyati orqali beriladi. Chizmani (to‘g‘ri chiziq, to‘rtburchak, aylana va h.k.) chizish uchun Canvas xussusiyatiga komponentani qo‘shib qo‘yish kerak bo‘ladi. Umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |