17-modda. Texnik reglamentlarning mazmuni
Texnik reglamentlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Oldingi
tahrirga qarang.
mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligi tavsiflari;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi
O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
xavfsizlik talablari belgilanayotgan mahsulotlar va xizmatlarning to‘liq ro‘yxati;
(17-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi
O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
atamalarga, o‘rov-idishga, tamg‘alarga yoki yorliqlarga hamda ularni aks ettirish qoidalariga
va mahsulotni identifikatsiya qilishga doir talablar;
Oldingi
tahrirga qarang.
(17-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi
O‘RQ-405-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
Oldingi
tahrirga qarang.
mahsulotlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan qoidalar.
(17-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi
O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Zararli mikroorganizmlar va qo‘shimchalar, kasalliklar, kasallik tarqatuvchilar, ifloslantiruvchi
moddalar, toksinlar, zararkunandalar va begona o‘simliklar kirib kelishi yoki tarqalishi munosabati
bilan yuzaga keladigan insonning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga zarar yetkazilishi xavfi darajasi
hamda zararni bartaraf etish hisobga olingan holda texnik reglamentlarda sanitariya, veterinariya,
veterinariya-sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari ham ko‘rsatilishi kerak.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya qoidalari va normalarida
quyidagilar belgilanadi:
(17-moddaning uchinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi
O‘RQ-416-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
mahsulotga, uni sinash, tekshirish tartib-taomiliga, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va
fitosanitariya xulosasini berish tartibiga doir majburiy talablar;
karantin va veterinariya-sanitariya qoidalari, shu jumladan hayvonlar va o‘simliklarni tashish
bilan bog‘liq talablar;
namunalar olish usullari va tartib-taomili, insonning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga zarar
yetkazilishi xavfini tadqiq etish hamda baholash usullari, shuningdek texnik reglamentlarda
ko‘rsatilgan boshqa talablar.
Texnik reglamentlarda mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar bo‘lmasligi
lozim, insonning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi xavfi darajasi hisobga olingan holda
mahsulotning konstruksiyasiga va bajarilishiga doir talablar yo‘qligi sababli mahsulot xavfsizligi
ta’minlanmasligi hollari bundan mustasno.
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahsulotlar va xizmatlardan uzoq muddat foydalanilishi oqibatida va (yoki) yo‘l qo‘yiladigan
xavf darajasini aniqlash imkoniyatini bermaydigan boshqa omillar ta’siri sababli insonning hayoti
va sog‘lig‘iga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar yetkazadigan
mahsulotlar va xizmatlarga doir talablar texnik reglamentlarda bo‘lmasligi kerak. Bunda texnik
reglamentlarda ehtimol tutilgan zarar to‘g‘risida hamda insonning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof
muhitga zarar yetkazilishi xavfi qaysi omillarga bog‘liq bo‘lsa, shu omillar haqida iste’molchilarni
xabardor qilishga doir talablar bo‘lishi mumkin.
(17-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir quyidagi maxsus talablar
bo‘lishi mumkin:
(17-modda oltinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi
O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
qonun hujjatlarida belgilangan ayrim toifadagi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i muhofaza
qilinishini ta’minlaydigan maxsus talablar;
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda insonning hayoti va
sog‘lig‘iga, atrof muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga tahdid soluvchi
transchegaraviy xavfli ishlab chiqarish obyektlariga oid maxsus talablar.
Davlat sirlaridan va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni
o‘z ichiga olgan texnik reglamentlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va
qabul qilinadi.
Texnik reglamentlar tugal bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida to‘g‘ridan
to‘g‘ri amal qiladi hamda ularga faqat belgilangan tartibda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li
bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |