savdodagi texnik to'siqlar - mahsulotlar, ishlar va xizmatlar
xavfsizligiga doir majburiy talablaming texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud bo'lgan tafovutlari yoki
o'zgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan to'siqlar.
4.2. Texnik jihatdan tartibga solishning huquqiy asoslari va prinsiplari
4.2.1. 0'zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solishning prinsiplari
Texnik jihatdan tartibga solish TJTSQ ning 5-moddasida belgilangan prinsiplarga muvofiq amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
texnik reglamentlami qo'llashning majburiyligi;
texnik reglamentlami qoMlashning bir xilligi;
texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi;
texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e'lon
qilish tartibi to'g'risidagi axborotning ochiqligi.
98
Do'stlaringiz bilan baham: |