P.M. MATYAKUBOVA, P.R. ISMATULLAYEV, SH.A. TURAYEV,
— X.SH. JABBOROV
Taqrizchilar: O.Sh. Hakimov - Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot insti-
tuti ilmiy xodimi, t.f.d., professor; N.K. Azimov - ToshDTU «MSS» kafedrasi professori, t.f.d.
ISBN 978-9943-11-626-9
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2017; © Toshkent Davlat texnika universiteti, 2017.
SO'Z BOSHI
0'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritishi bilan o'z tajribasiga va' boshqa mamlakatlaming tajribasiga asoslangan standart-lashtirishni boshqarishning xususiy modelini yaratish zarurati paydo boMdi. 0'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 2-martidagi 93-sonli "0'zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil etish to'g'risida"gi Qarorida ko'rsatilishicha, standartlashtirish bo'yicha ishlar "0'zbekiston Respublikasining mus-taqilligini e'lon qilish munosabati bilan, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish respublika milliy tizimini yaratish zaruratidan ke-lib chiqqan holda, shuningdek, Mustaqil davlatlar hamdo'stiigi davlatlari o'rtasida xo'jalik, savdo, ilmiy-texnik va boshqa munosabatlami saqlash, jahon mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik ham-korlikda texnik to'siqlami bartaraf etish maqsadida" tashkil etildi.
Standartlashtirishning tashkiliy asoslari 0'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkillashtirish to'g'risida"gi Qarori bilan belgilanib, 0'zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to'g'risida"gi Qonuni bilan qonuniy belgilangan va hayotga muvaffaqiyatli tatbiq qilingan.
Standartlashtirishning belgilangan asosiy maqsadlari quyidagilami ta'minlaydi:
iste'molchilar va davlatning mahsulot (xizmatlar) ning aholi hayo-
ti, sog'lig'i va mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi masalalari bo'yicha
manfaatlarini himoya qilish;
mahsulotning o'zaro almashinuvchanligi va mos keluvchanligini
ta'minlash;
mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
barcha turdagi boyliklarning tejalishiga ko'maklashish;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalami amalga
oshirish;
tabiiy va texnogen halokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlaming
sodir bo‘lishi ehtimolini hisobga olgan holda xalq xo'jaligi obyekt-
larining xavfsizligini ta'minlash;
oMchashlarning birliligini ta'minlash.
Bozor iqtisodiyotini chuqurlashtirish bilan bog'liq ravishda 0'zbe-kistonni Butunjahon savdo tashkilotiga (BST) kirishiga tayyorgarlik k.o'rish bo'yicha 2000, 2003, 2006 va 2009-yillarda "Standartlashtirish to'g'risida"gi Qonunga mos o'zgartirishlar qiritildi.
U yoki bu choralardagi standartlashtirish masalalari 0'zbekiston Respublikasining "Metrologiya to'g'risida", "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida", "Ta'lim to'g'risida", "Fuqarolaming sog'lig'ini saqlash to'g'risida", "Iste'molchilaming huquqlarini himoya qilish to'g'risida", "Oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi to'g'ri-sida", "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risida"gi Qonunlarida va 0'zbekiston Respublikasining 20 dan ortiq boshqa qonunlarida aks ettirilgan.
Iqtisodiyotning rivojlanishi dunyo miqyosida Butunjahon savdo tashkilotini yaratish imkoniyatini yuzaga keltirdi. BSTini yaratish xalqaro iqtisodiy hamkorlikdagi yangi asrni ochib berib, barcha xalqlarning farovonligi ko'p tomonlama savdo tizimini ochish va yanada odilonalik doirasida ishlashning keng miqyosdagi istaklarini aks ettiradi.
BSTini yaratishda savdo muzokaralari "xalqlarning savdo va iqtisodiy sohasidagi siyosati turmush (hayot) darajasini oshirish, toiiq bandlikni ta'minlash, real daromad va samarali so'rovlar darajasini doimiy o'sishi va sezilarli o'zgarishi hamda turli xil darajadagi iqtisodiy rivojlanishga qiziqishlar va ularning ehtiyojlariga mos bo‘lishi, bunday yo'llar uchun atrof-muhitni himoyalash va saqlashga, imkoniyatlarni kengaytirishga intilishi, muvaffaqiyatli rivojlanish maqsadlariga muvofiq dunyo resurslaridan optimal foydalanishda mahsulot va xizmatlar savdosi hamda ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida amalga oshirilishi lozim".
0'zbekiston Respublikasi BST ga kirishga harakat qilmoqda. Kirish to'g'risidagi talabnoma 1994-yiIda berilgan bo'lib, shu yilning dekabri-dan BSTga kirishga tayyorgarlik bo'yicha Ishchi guruh tuzildi. 0'zbe-kiston Respublikasi BST ga Tashqi savdo rejimi to'g'risida Memoran-dum taqdim etdi. BSTga kirish uchun respublika BST va Yevropa ittifoqi talablariga muvofiq tashqi savdo rejimini olib bormog'i lozim. Yevropa ittifoqi BST qonunchiliklari bilan savdodagi texnik to'siqlar bo'yicha o'zining qonunchiligini to'liq uyg'unlashtirgan. Shu sababli 0'zbekiston qonunchiligi Yevropa ittifoqi qonunchiligi bilan yaqin boiishi BST talablariga muvofiqlikni ta'minlaydi.
Bu masalani bajarish uchun 2009-yil aprelda 0'zbekiston Respub-likasining "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risida"gi Qonuni
qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |