3-BOB
DAVLAT STANDARTLASHTIRISH TIZIMIDAGI DASTLABKI
ISLOHOTLAR
3.1. Davlat standartlashtirish tizimi
0'zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o'tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko'rsatadi.
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta'min-lashni:
xalq xo'jaligi tarmoqlarida - 0'zbekiston standartlashtirish, metro-
logiya va sertifikatlashtirish agentligi («0'zstandart» agentligi);
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan, loyihalash va
konstruksiyalashda - 0'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va
qurilish qo'mitasi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof-
muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta'sirlardan muhofaza qilish
sohasida - 0'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo'mitasi;
-tibbiyot uchun mo'ljallangan mahsulotlar, tibbiy texnika buyum-lari, dori vositalari sohasida, shuningdek, mamlakat sanoati ishlab chiqarayotgan, shu jumladan, import bo'yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlardagi inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida - 0'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi;
- mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta'minlash,
mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida - 0'zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.
0'zstandart agentligiga qonun bo'yicha, respublikada standartlash-tirsh ishlarini olib borish umumiy qoidalarini o'matish bilan bir qatorda, manfaatdor tomonlarning davlat va xo'jalik boshqaruv idoralari bilan hamkorlik qilish shakllari va metodlarini aniqlash vazifasi ham yuklatilgan.
"Standartlashtirish to'g'risida"gi qonunda belgilanishicha, standartni tasdiqlagan idoralar standartlarning axborot-tarmoq jamg'armalarini
89
yaratadi va olib boradi, manfaatdor iste'molchilami xalqaro (davlatlar-aro, hududiy) standartlar, 0'zbekiston Respublikasining standartlari, xorijiy mamlakatlaming milliy standartlari, shuningdek, standartlash-tirish sohasida xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborot davlat tasniflagichi, standartlashtirish bo'yicha qoidalar, me'yorlar va tavsiyalar to'g'risida axborotlar bilan ta'minlaydi.
Standartlarni nashr etish va qayta chop etishni ularni tasdiqlagan idora bajaradi. 0'zstandart agentligi respublikada standartlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va ta'minlash uchun mahsu-lotni standartlashtirish, metrologiya, sinash va sertifikatlashtirish masalalarida davlat boshqaruv idoralarini, tegishli vazirliklar, mahka-malar, assotsiatsiyalar, konsernlar, korxonalar, tashkilotlar, jamoa birlashmalarini jalb etish huquqiga ega.
3.2. Standartlashtirish bo'yicha me'yoriy hujjatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |