2.7. Standartlashtirishning maxsns usullari 2.7.1. Birxillashtirish
Birxillashtirish (unifikatsiyalash) - muayyan ehtiyojni qondirish uchun zarur bo'lgan eng ma'qul o‘lchamlar sonini yoki mahsulot, jarayon yoki xizmat turlarini tanlash. Birxillashtirishni unifikatsiya deb ham yuritiladi. Bu so'z lotincha uni - bir unio - birlik (birdamlik) ma'nolarini anglatadi.
"Unifikatsiya" so'zi lotinchadan tarjima qilinganda, bir xillikka, yagona shaklga va tizimga keltirilganlikni bildiradi.
Unifikatsiya standartlashtirishning muhim usullaridan biri bo'lib, obyektlami vazifaviy (funksional), texnologik qo'llanilishi yagona tartibga, ushbu obyektlarning oqlamagan turli xil elementlarini umumiy qisqartirish yo'li bilan konstruktiv yoki bir xillikka keltirish usuli tushuniladi. Amaliyotda esa unifikatsiyada buyumlami qo'llashda turli xil buyumlar (mashinalar, agregatlar, uzellar, detallar) tizimlarini qisqartirish imkoniyati mavjud bo'ladi. Ta'kidlash kerakki, ko'plab texnologik tizimlarda yangi buyumni ishlab chiqarishda korxonalar, sanoat tarmoqlari o'zini oqlamagan turli xillikdan chetlashishlarining iloji yo'q.
Texnoevolyutsiyani yo'naltiruvchi elementar omillar vektorlashgan harakatlami ma’lumotli tanlash boMib hisoblanadi. Texnoevolyutsiya o'zida variofikatsiya bo'lib hisoblanuvchi asosda ijodiy jarayonni
62
namoyon qiladi. Variofikatsiya - turlicha qilingan; yangi turdagi mahsulotlami evolyutsionlashgan oilasini tayyorlashning miqdoriy oshib borishi va vaqt bo'yicha tezlashtiruvchi hodisadir.
Bu xilma-xillikka umumiy intilish hozirda tayyorlovchi-zavodlar turli-tuman, umuman ixtisoslashmagan mahsulotlami ishlab chiqarishni boshlashganda diversifikatsiyalash jarayonida turibdi. Va nihoyat, uchinchi - assortment turini tayyorlovchilar, mashinalami bitta qo‘lla-nilishi va parametrlarining yaqinligiga intilishsa, shunda bir joyda ekspluatatsiya qilish mumkin. Bu ulami ekspluatatsiya qilish va ta'mirlashni qiyinlashtiradi.
Unifikatsiya zamirida detallar, agregatlar, mashina va asboblarni kontsruktiv o'xshatish turadi, ya'ni umumiy ekspluatatsiya talablari, ish sharoitlari, umumiy ish jarayonlari aniqlanadi. Unifikatsiya jarayonida axborotlarni qo'llab-quvvatlash sifatida ko'pincha tasniflash va tizim-lashtirish usullaridan foydalaniladi. Unifikatsiya, agar uning natijalari standart ko'rinishida rasmiylashtirilmagan bo'lsa, biroq mahsulotni standartlashtirish uni unifikatsyalanishi majburiyligi nazarda tutilgan bo'lsa, standartlashtirishdan oldin amalga oshirilishi mumkin.
Mahsulot oldin mavjud turli xil bajarishlarga mo'ljallangan bir qancha miqdor asosida yaratilgan bo'lsa, ulami yagona optimal bajarishga keltirish yo'li bilan unifikatsiyalangan deb hisolash mumkin. Yangi yoki loyihalanayotgan mahsulotning unifikatsiya darajasi uni ishlab chiqarishda o'zlashtirilgan, mahsulotni boshqa elementlarining to'laligi bilan aniqlanadi. Misol uchun yuzalaming g'adir-budurligi parametrlarini nazorat qilish uchun "Kalibr" AJ ishlab chiqarayotgan profilograf-pofilometr asbobini keltirish mumkin. U oltita mustaqil unifikatsiyalangan bloklar (o'zgartirgich, ko'rsatuvchi qurilma bilan elektron blok, o‘lchash golovkasi, pnevmatik asboblaming element-lari)dan tashkil topgan.
Unifikatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
buyumlami ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga tayyorlash, texnik
xizmat ko'rsatish va ta'mirlash muddatlarini qisqartirish yo'li bilan
ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishini tezlashtirish;
buyumlami va ularning tarkibiy elementlarini o'zaro almashinuv-
chanligi va yuqori sifatliligini ta'minlash;
buyumlami loyihalash va tayyorlash xarajatlarini kamaytirish;
tayyorlash mashaqqatini kamaytirish.
Mashina va apparatlarda unifikatsiyalashgan detallar va uzellar qanchalik ko'p bo'lsa, loyihalash va tayyorlash, chizmalar soni, yangi
63
ishlab chiqilayotgan texnologik jarayonlar, loyihalanadigan jihozlar miqdori shunchalik qisqarib boradi. Unifikatsiya ishlab chiqarish jara-yonlarini avtomatlashtirish va seriyali ishlab chiqarishni oshishiga, yangi mahsulotni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish tezligini ta'minlashga, maxsus ishlab chiqarishni tashkil etishga imkon yaratadi. Unifikatsiyaning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
yangi yaratilayotgan mahsulotlar guruhi bir xilligi yoki tarkibiy
elementlar (agregatlar, uzellar, detallar)ini ishlab chiqarishda o'zlash-
tirilgan, vazifaviy qo'llanilishi oldin loyihalashtirilgan mahsulotlardan
foydalanish;
yangi yaratilayotgan yoki modemizatsiyalangan buyumlarni
qo'llash uchun unifikatsiyalashgan tarkibiy elementlarni ishlab chiqish;
konsruktiv-unifikatsiyalashgan buyumlar qatorini ishlab chiqish;
buyum va materiallar qo'llanilishiga ruxsat etilayotgan nomenk-
laturalarni maqsadli minimumga qisqartirish.
Birxillashtirishga turli talqinlar berishadi. Umuman olganda, birxil-lashtirishni elementlaming turli-tumanligini ular qo'llanadigan tizim-larning turli-tumanligiga nisbatan qisqartirilishi deb tushunish ko'proq maqsadga muvofiq bo'ladi.
Birxillashtirish asosan 3 ta darajada o'tkaziladi:
korxona darajasida;
tarmoq darajasida;
tarmoqlararo darajada.
Keyingi paytlarda xalqaro birxillashtirish ham keng rivojlanmoqda. Birxillashtirish muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda uning yo'nalishi, turi va darajasi belgilanadi. So'ngra, birxil-lashtiriladigan buyumlaming chizmalari va ularning tahliliy ma’lumot-lari yig'iladi va bu chizmalar oldiga qo'yilgan maqsadga ko'ra tabaqa-lanadi. Shundan so'ng, yoki yangi konstruksiya ishlab chiqiladi, yoki amalda bo'lganlarini ichidan boshqalarining o'rnini bosishi mumkin boigani tanlanadi.
Birxillashtirish darajasi namuna o'lchamlari doirasidagi qo'llanish koeffitsiyenti asosida aniqlanishi mumkin.
Buyumlarning standart va birxillashtirilgan detallar hamda tarkibiy qismlar bilan ta'minlanganlik darajasi quyidagicha aniqlanadi:
1. Qo'llanishlik koeffitsiyenti bilan, % da
K =lZlh..\oo (2.2)
n
64
Bu yerda n - buyumda detallar va tarkibiy qismlaming umumiy miqdori; no- tanlangan namuna oMchamlar soni. 2. Takrorlanishlik koeffltsiyenti bilan, % da
Do'stlaringiz bilan baham: |