6.3.4. Xorijiy standartlar
Eng qiziqarlisi, standartlashtirish tarixida birinchilardan bo'lib, Rossiya va Qozog‘iston qonunchiligida bu mamlakatlar o'zining hudu-dida xorijiy standartlami bevosita qo'llanilishiga yo'l ochib bergan. Bunga qo'yilgan yagona zamriy talab "shartnoma va kontraktlarda qo'llanilayotgan standartlarga ilovalar berib ketish" ning mavjudligi yoki shartnomada belgilab o'tilganidek fuqarolik-huquqiy shartnomalari muvofiqlikni standart asosida tasdiqlanishi talab qilingan.
Shuni ta'kidlab o'tish joizki, Qozog‘iston qonunlari "xorijiy mam-lakatlaming standartlashtirish bo'yicha me'yoriy hujjatlarini" ("xalqa-ro"ni "hududiy" standartdan va "xorijiy davlatlaming milliy standart-lari" alohida) alohida guruhlarga ajratadi.
Xalqaro, xududiy va milliy standartlaming qo‘llanilishidagi chek-lashlar qonunda batafsil ko'rsatib o'tilib, biroq ayni vaqtda "xorijiy davlatlaming tashkilot standartlari"ni qo'llanilishini qonun ishlab chiquvchilardan's-uxsat olishni talabidan mustasno qo'llanilishiga hech qanday cheklashlarni belgilamaydi.
132
Rossiya qonuni xorijiy ishlab chiquvchilar standartlarini ko'proq hujjatlar toifasiga guruhlab "umumiy ilmiy-texnik standartlari, yuridik shaxslar birlashgan standartlari, savdo tashkilotlari standartlari" birlash-tirgan, qo'llanilishida hech qanday cheklashlar keng tarqalmagan.
Ikkala, Rossiya va Qozog'iston qonunlarida xalqaro, hududiy tash-kilotlar va xorijiy davlatlarning standartlari va me'yorlaridan "texnik jihatdan tartibga solish sohasida qisman yoki to'1iq me'yoriy huquqiy aktlami ishlab chiqishda asos sifatida" foydalanish nazarda tutilgan,
Agar bu faktlarni hisobga olib AQSHda ishlab chiqilayotgan ko'pchilik standartlar - bu "tashkilot standartlari", unda Rossiya va Qozog'iston qonunchiligida xorijiy davlatlar standartlarini qo'llanilishi-ga cheklashlar mavjud emasligidan Rossiya va Qozog'istonda AQSHning ixtiyoriy standartlarini qoilash mumkinligini talqin qilish mumkin, agarda ushbu standartning talablari rossiyalik yoki qozo-g'istonlik iste'molchilarni qanoatlantirsa, shuningdek, atrof-muhit va inson sog'lig'i hamda hayoti uchun mahsulot, xizmat va jarayonlar xavfsizligiga aloqador Rossiya, Qozog'iston qonunchiligi talablariga qarama-qarshi bo'lmasa.
AQSHda ixtiyoriy standartlarni uning maqomi va ishlab chiquv-chisining joylashgan joyidan qat'i nazar, ushbu standart foydalanuv-chilarning ehtiyojlarini qondirgan sharoitlarda qo'llanilishi mumkin. Haqiqatdan ham, standartlarni qo'llanish qoidalari qonunchilikka qarama-qarshi bo'lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |