standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, faoliyatini tashkil
etish, tugatishda ishtirok etadi;
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar hamkorligini rivojlantirishni va o‘zaro yaqin
hamkorlikni ta’minlaydi;
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarni tashkil etadi va standartlashtirish bo‘yicha
texnik qo‘mitalar kotibiyati faoliyatini boshqaradi;
standartlashtirish bo‘yicha xalqaro texnik qo‘mitalar va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatida
hamda davlat standartlarini xalqaro darajada tarqatishda faol ishtirok etadi;
b) standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash
sohalarida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida:
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash
sohalarida kadrlar malakasini davriy
oshirish va qayta tayyorlashni, shuningdek, tasniflashtirish va
kodlashtirishni amalga oshiradi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga
solish, metrologiya va muvofiqlikni
baholash, shuningdek, tasniflashtirish va kodlashtirish sohasida
kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash reja-jadvali tasdiqlanishini ta’minlaydi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash,
tasniflashtirish va kodlashtirish masalalari bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
o‘quv-mavzuli rejalarini tuzadi va tasdiqlaydi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash,
tasniflashtirish va kodlashtirish sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan
kadrlarning yagona axborot-ma’lumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi;
oliy ta’lim muassasalari,
ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa
manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektor bilan standartlashtirish,
texnik jihatdan
tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida innovatsiyalarni joriy etishga
yo‘naltirilgan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun tegishli ta’lim yo‘nalishlarida yangi o‘quv
dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratishga ko‘maklashish orqali o‘quv-metodik ishlarning
sifati va darajasini oshiradi;
bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik ko‘maklashadi, shuningdek,
Institut
bazasida standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni
baholashning tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni tashkil
etish yo‘li bilan oliy malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va
muvofiqlikni baholash sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlariga
zamonaviy innovatsion
pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakl va usullarini joriy
etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash
sohasida mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari uchun ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik
adabiyotlarning yangi avlodini nashr etishga tayyorlash ishlarida ishtirok etadi;
Do'stlaringiz bilan baham: