texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari - O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida o’z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi;
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlarning faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi;
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini o’z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;
umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni o’z vakolati doirasida ekspertizadan o’tkazadi;
o’z vakolati doirasida: xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan, mahsulotning namunalarini olish, sinovlari va o‘lchovlari usullarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan o’z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida o’z vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.