Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash tizimi tarixi Ba’zan biror mahsulot xarid qilganimizda uning ko’rinarli joyida yoki etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni ko’rishimiz mumkin. Ularga shtrix-kod nomi berilgan. Xo’sh, shtrix-kodlar nima va qachon paydo bo’lgan?
SHtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g’oyasi ilk bora 30-yillarda AQSHning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo’lib, undan amalda foydalanish bir necha o’n yillardan so’nggina, ya’ni, 60-yillardan boshlangan. SHtrix-kodlarni dastlabki qo’llovchilar temir yo’lchilar bo’lib, shu usul orqali temir yo’l vagonlarini identifikatsiyalashgan. Mikroprotsessor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQSHda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi YeAN (European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanishmoqda.
SHtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo’lib, bu chiziqlarning o’lchamlari standartlashtirilgan. SHtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o’qishga mo’ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi2.
Ko’pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda mahsulotning o’ramida (upakovkasida) shtrix-kodning bo’lishi majburiy sanaladi. Aks holda savdo tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalqaro savdoga ham tegishlidir. Ushbu tizimning iqtisodiy jihatdan samaraliligi mahsulotning 85 foizidan ko’pi kodlashtirilganda yaqqol namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, mahsulotga nisbatan bo’lgan talab va ehtiyojlarni shakllantirish, jamlash, hisobga olish, mahsulotni kelish-ketishini hisob qilib borish, muxosiblik hisoblarida va hujjatlarni rasmiylashtirishda, hamda mahsulotlarni saqlash va sotuvidagi nazoratlarni amalga oshirishda alohida o’rin tutadi.
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrix kodlash O’zbekiston tovarlarining ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshliligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovarlarni raqamlashning xalqaro tizimlari doirasida identifikatlashtirish, iste’molchi huquqlarini himoya qilish, tovarlar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 21 sentyabrda № 438-sonli qaror qabul qildi. Bunga binoan quyidagilar belgilangan:
"EAN International" tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi (Belgiya) tomonidan O’zbekiston Respublikasiga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berildi;
O’zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq, tovarlari YeAN shtrixli kodlari bilan tamg’alanadigan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish hamda tovarlarni identifikatlashtirish tizimidan foydalanuvchilar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish uchun "EAN Uzbekistan" tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazi tashkil etish belgilangan;
"O’zstandart" agentligi tomonidan shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash markazi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi;
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash tizimini joriy etish bo’yicha yagona siyosatni amalga oshirish yo’lga qo`yildi;
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reestrini yuritila boshladi;
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shtrixli kodlash tizimi qo’llash tartibini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni va uslubiy materiallarni ishlab chiqildi;
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarni turli manbalardagi shtrixli kodlar original-maketlari bilan ta’mirlash funksiyalari olib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O’zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda "O’zstandart" agentligi bilan birgalikda 1999 yil sentyabr oyida Toshkent shahrida sanoat, qishloq xo’jaligi va savdo korxonalari vakillarini ko’rsatib o’tilgan tizimni qo’llash xususiyatlari bilan tanishtirish uchun "O’zbekiston Respublikasida tovarni raqamlash (shtrixli kodlash)" mavzuida respublika seminari o’tkazsin.
Mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslarga tovarlarni shtrixli kodlashni:
Eksport qilinayotgan mahsulotlarni, yangi tovarlarni va ular uchun yangi etiketkalar yoki o’rash-joylash buyumlari buyurtma qilinayotgan tovarlarni tamg’alashi;
Boshqa barcha tovarlarni tamg’alashni joriy etish tavsiya qilindi.
Ushbu qarorda belgilab qo’yilganki, o’z mahsulotiga "EAN International" shtrixli kodini uchinchi mamlakatlarda olgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari undan ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.