Bog'liq Texnik ijodkorlikning o\'ziga xos xususiyatlari
Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi (TRIZ) to‘g‘risida. XX asrning 40-yillari oxirlarida rossiyalik olim Genrix Saulovich Altshuller o‘z olidiga texnikada yangi ixtirolarni qanday qilib maqsadli yaratish mumkin, degan muammoni qo‘ydi. Ta’kidlash kerakki, u paytgacha texnikadagi mutlaq hamma ixtirolar, shu bilan birga fan va san’atdagi kashfiyotlar amal va xatolar yo‘li bilan qilinar edi. Ijodkorlik faoliyatining ilmiy asoslangan texnologiyalari yo‘q edi. Bu muammoni yechish uchun Altshuller texnik ixtirolarning patent fondini tahlil qildi, bu jarayonda texnikaning rivojlanish qonuniyatlarini ochdi va 60-yillarning boshlarida u ixtirochilik masalalarini yechish algoritmining birinchi modifikatsiyasini yaratdi. Shu paytdan boshlab Genrix Saulovich injenerlar va hamma xohlovchilar uchun tinglovchilarni texnik masalalarni yechish uchun algoritmni qo‘llashga o‘rgatadigan o‘quv seminarlari o‘tkaza boshladi, parallel holda uni mukammallashtirish ishlarini davom ettirdi. Bu tadqiqotlar natijasida Altshuller texnikaning rivojlanish qonunlarini shakllantiradi. Shu tarzda ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi (TRIZ) tug‘iladi.
Seminarlarda tinglovchilarni o‘qitish Altshuller oldiga yangi muammoni qo‘ydi – nimaga tinglovchilarning katta qismi TRIZni o‘zlashtirgandan keyin ham yangi texnik ixtirolarini yaratmaydilar. Bu muammoni yechish uchun Altshuller ijodkorlik faoliyati umumiy qonuniyatlarini ochish maqsadida yetuk yaratuvchilarning biografiyalari (1000 dan ortiq biografiyalar) to‘g‘risida adabiyotlarni tahlil qildi, ularni bilish TRIZni o‘qitish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Uning omadi keladi va natijada ijodkor shaxs xislatlari va hayotiy strategiyalari to‘g‘risida ta’limot yaratadi. Qo‘yilgan muammo ilmiy asoslangan yechimni topadi – maqsadli yo‘naltirilgan ijodkorlik faoliyati uchun ijodkorlik metodlarini egallash yetarli emas, balki o‘zida ijodkor shaxs xislatlarini ham tarbiyalash va ijodkorlik faoliyati hayotiy strategiyasi qonuniyatlarini ham hisobga olish zarur. G.S.Altshuller qilgan xulosa o‘zining oddiyligi va shu bilan birga murakkabligi: huddi san’at, matematika va fizika qonunlari kabi ijodkorlik texnologiyalarini har kim egallashi mumkin, butun hayoti davomida ijodkor shaxs xislatlarini ozchilik o‘zida tarbiyalashi mumkin va faqat ayrimlarigina o‘z hayotini ijodkor shaxs hayotiy strategiyasi qonuniyatlariga muvofiq yashashlari mumkin.
80-yillar o‘rtalarida Altshullerning izdoshlari TRIZ elementlarini san’atda, fanda, pedagogikada, psixologiyada, meditsina va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llay boshladilar. Natijada kasbiy faoliyatning yangi yo‘nalishlari: TRIZ + PEDAGOGIKA, TRIZ + BIZNES, TRIZ + SAN’AT, TRIZ + TIBBIYOT yuzaga keldi. Bu yo‘nalishlardagi ishlar ko‘p sonli nashrlarda aks ettirilgan jiddiy ilmiy natijalar olib keldi.
Hozirgi vaqtda TRIZ muvaffaqiyatli rivojlanayapti, Xalqaro TRIZ assotsiatsiyasi yaratildi, G.S.Altshuller uning prezidenti hisoblanadi. MDHning ko‘pgina yirik shaharlarida va qator boshqa davlatlarda TRIZ markazlari va maktablari faoliyat olib bormoqda.
Deylik, siz ijodkorlik qobiliyatlarini o‘rganuvchi tadqiqotchisiz, o‘zingizning ish rejangizni tuzing. Siz qanday kuzatishlar va sinovlar o‘tkazishingiz lozim?
Ijodiy fikrlash nima?
Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil ahamiyatga ega bo‘lishini fr.olimi A. Puankare ko‘rsatib o‘tgan edi. Xususan u «fanning o‘zida intuitsiya agar bir qancha ustunliklarga ega bo‘lganligini xisobga olinmasa, analiz isbotning yakkayu yagona qonuniy quroli bo‘lishga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo‘lib qolaveradi» - deb yozadi.
Ijodkorlik siklining ma’lum zvenolar xaqida boshqa olimlar ham bir necha bor o‘z fikrlarini aytdilar. Xususan bu xaqida mashhur fizik M.Born qo‘yidagilarni yozadi: «... men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko‘rmayapman ayrim kriteriyalar bo‘yicha ko‘rsatilgan obraz to‘liq xisoblanib unga xarakterli bo‘lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik xayotimizda xisobga olib boramiz. Biroq sintetik jixatdan aytish qisman ma’lum balgan xodisaning real obrazi o‘zining xaqiqiyligidan farq qiladi degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa uning asosida qonuniy xisoblangan gipoteza yotgan bo‘lsada oldindan aytish yangi bilm beradi. Lekin uning muaffaqiyati intuitsiyaga juda bog‘liqdir...». M.Born o‘z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: Ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshirildi boshqasi esa shu kunga qadar aloqasiz bo‘lgan tajribalarning o‘zaro bog‘liqligi mavjud ekanligi xaqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi.
Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Leveryelarning boshqa planetalar xarakatida yuz bergan bir oz o‘zgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga muofiq, Galeley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M.Bornning aytishicha bu yerda nazariya rivojlanmadi: «Bu matematika san’ati va toqatning ulkan siljish shuningdek natijalarga bo‘lgan ishonch edi. Biroq ularni e’tirof etmaganda ham bu hol nazariyaning dunyo qarashini kengaytirgani yo‘q; bu ma’lum bo‘lgan Nyuton mexanikasining qo‘llanilishini analitik jixatdan oldindan aytish edi»
Ikki tip ixtiyoriga A. Eynshteyn tomonidan aytilgan quyosh yaqinida yorug‘likning chetlanishi kiradi. Bu inert va gravitatsion massaning proporsionalligi xaqidagi muxim faktni sezish va M.Bornning ta’bricha «Tajriba natijalarining uzun zanjirdagi gigant sintez» deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qiladi.
Dalil va raqamlardan kelib chiqib ilmiy farazlar qurushga yoki topishga o‘tishda shuningdek nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o‘tishga ilmiy intuitsiya xal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Intuitsiya uning mantiq bilan bog‘liqligi ixtirochilik g‘oyalarining kelib chiqishida tugan o‘rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo‘lib uning xozirgacha to‘la xal qilinmagan deyish mumkin. «+isqacha psixologik lug‘at» da intuitsiya-«Paydo bo‘lishi yo‘llari va shartlari anglanmagan holda xosil bo‘luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi shunga ko‘ra subyekt unga bevosita yuzaga» kelgan natija sifatida ega bo‘ladi» deb ta’riflanadi. Ushbu va boshka adabiyetlarda keltirilgan tariflar intuitsiya tabiatini uning xosil buluvchi asosini uzida aks ettirmaydi va shu sababli uni to‘liq deb bo‘lmaydi. B izning fikrimizchga ko‘ra intuitsiya-bu subyekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi.