to‘rtinchi – normativ-huquqiy hujjat loyihasi tartibga solishining raqobatga ta'sirini tahlil qilish;
beshinchi – tadbirkorlik sub'yektlari va davlat budjetining bevosita va bilvosita foyda va xarajatlarini hisoblash yo‘li bilan normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish oqibatlari bo‘yicha iqtisodiy tahlil o‘tkazish;
oltinchi – normativ-huquqiy hujjat loyihasining belgilangan tartibda ratifikatsiya qilingan milliy qonunchilik normalariga va xalqaro shartnomalar talablariga muvofiqligini tahlil qilish
NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA(3-maruza)
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Lizing opyeratsiyalarini o‘tkazishda bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish va bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 197-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri
O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 6-may,
194-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
6-maydagi 194-son qaroriga
1-ILOVA
Lizing opyeratsiyalarini o‘tkazishda bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish va bojxona nazoratini amalga oshirish
TARTIBI
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-dekabrdagi 556-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va lizing opyeratsiyalari bo‘yicha yuklarni bojxonada o‘z vaqtida rasmiylashtirishni nazarda tutadi.
1. Lizing opyeratsiyalari bo‘yicha yuklarni bojxonada rasmiylashtirish, asosan, eksport-import opyeratsiyalarini o‘tkazishda qo‘llaniladigan umumiy ravishda belgilangan sxema bo‘yicha hech qanday to‘siqlarsiz va mazkur Tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Lizing kontraktlari bo‘yicha tovarlarni eksport qilish qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Eksport qiluvchi yuklarni transport vositalariga ortish boshlangunga qadar bojxona organlariga mustaqil ravishda yoki mazkur uchastkaga xizmat ko‘rsatadigan bojxona brokyeri orqali barcha hujjatlarni (O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarida, shu jumladan, vakil qilingan bankda va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kontraktni, tovarning kelib chiqish syertifikatini, muvofiqlik syertifikati va transport-tashish hujjatlarini), agar belgilangan namunadagi yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, taqdim etadi.
3. Bojxona brokyeri yoki deklarant, yuklar, hujjatlar tegishli tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng, belgilangan namunada yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtiradi va uni barcha boshqa hujjatlar bilan birga bojxona organi xodimiga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Lizing ob’ekti sifatida olib ketiladigan tovarlarga bojxona to‘lovlarini hisoblash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Lizing ob’ektini olib ketish chog‘ida bojxona to‘lovlarini to‘lash uning bojxona qiymatining to‘langan qismi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshirilib (lizing to‘lovlari), bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Keyinchalik bojxona to‘lovlari lizing to‘lovlari kelib tushishiga ko‘ra 20 kun mobaynida to‘lanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21 maydagi 168-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2002-y., 10-son, 78-modda)
4. Bojxona organi xodimi hujjatlarni, yuklarni va deklarant yoki bojxona brokyeri tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tekshiradi. U yuk ortishga tayyorlab qo‘yilgan transport vositalarini, ularning bojxona organlari tomonidan qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini ham puxta tekshiradi, shundan so‘ng yuklarni ortishga ruxsat byeradi.
5. Yuklar bojxona nazoratida ortiladi. Yuklar transport vositalariga ortib bo‘lingach, yuklarni muhofaza qilish maqsadida, bojxona organi xodimi yukni jo‘natuvchi ishtirokida transport vositasining tegishli joylariga bojxona belgisini qo‘yishga majburdir.
6. Deklarant yoki bojxona brokyeri tomonidan to‘ldirilgan yukning bojxona deklaratsiyasi, bojxona posti nazoratchisi tomonidan tegishli tekshirishdan o‘tkazilgandan so‘ng, qonunchilik bilan belgilangan tartibda bojxona nuqtai nazaridan rasmiylashtiriladi. Bojxona tekshiruvidan o‘tgan eksport qilinayotgan tovar (yuk)ning transport-tashish hujjatlariga bojxona postining «Bojxona yuki» va «Chiqarishga ruxsat etilgan» yozuvli tamg‘alari qo‘yiladi.
7. Bojxona nuqtai nazaridan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan va yoki bojxona belgisi bo‘lgan, yoxud bojxona organining ruxsati bilan jo‘natuvchi belgisi ostida kelayotgan yuk ortilgan transport vositalari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘natiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Lizingga byeruvchi nomiga import bo‘yicha keluvchi tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda deklarant yoki bojxona brokyeri ularni qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinadigan hujjatlar bilan birga bojxona organiga taqdim etadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 197-modda)
9. Tovarni lizing bo‘yicha eksport qilish (eksport lizingi) uni vaqtincha olib ketish hisoblanadi. Tovarni vaqtincha olib ketish muddati lizing kontraktiga ko‘ra lizing muddatiga muvofiq belgilanadi.
Vaqtincha olib ketilgan lizing tovari qaytarib olib kelinganda u import tovar hisoblanmaydi va undan bojxona poshlinalari hamda yig‘imlar olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Lizing ob’ekti lizing oluvchining mulkiga o‘tganda lizing ob’ekti «eksport» bojxona rejimi ostida joylashtiriladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 48-49-son, 536-modda)
10. Bojxona organi xodimi hujjatlarning, yukning bojxona deklaratsiyasining ishonchliligini, shuningdek, tovarlarning mavjudligini tekshiradi va ularni bayon qilingan bojxona tartibiga muvofiq bojxona nuqtai nazaridan rasmiylashtiradi.
Bojxona organiga taqdim etiladigan hujjatlarda, tovarlarda nomuvofiqliklar aniqlangan hollarda bunday tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish vaqtida amalda bo‘lgan bojxona qonunchiligiga muvofiq chora-tadbirlar ko‘riladi.
v
O‘ZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
BUYRUG‘I
Do'stlaringiz bilan baham: |