Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi.
«Ekologiya» tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha «oikos» -turar joy, makon, «logos» -fan) o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini
boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga
qaratilgan pedagogik jarayondir.
O‘zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga alohida e'tibor
qaratilmoqda. Bu yo‘lda amalga oshiriluvchi ijtimoiy-ekologik harakat mazmuni «O‘zbekiston
Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi»da o‘z ifodasini topgan.
O‘quvlarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror toptirish, mehr-muhabbatni uyg‘otish,
atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik muammolarni hal etish yo‘lida muhim bosqich sanaladi.
Ekologik ta'lim o‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy
ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan ta'limiy jarayonidir.
Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong) hamda atrof-muhit va tabiat muhofazasi yo‘lida olib
borilayotgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ekologik ong tabiat va
atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi bo‘lib,
u murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik faoliyat esa ekologik
bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan
xatti-harakatlar majmui demakdir.
Oila va jamiyatda tashkil etilayotgan ekologik tarbiyaning suhbat, davra suhbati, ekskursiya,
bahs-munozara, ijodiy tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, hashar,
ko‘kalamzorlashtirish) kabi shakl hamda suhbat, kuzatish, amaliy faoliyatni tashkil etish, rag‘batlantirish
va jazolash kabi metodlar yordamida tashkil etish o‘quvchilarda ekologik madaniyatni qaror topishini
ta'minlaydi.
O‘quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan sub'ektlarning shaxsiy namunalari, o‘quv manbalari,
badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, Internet) materiallari va ularning g‘oyalari
o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim vositalari sanaladi.
Fuqarolik tarbiyasining mazmuni va vazifalari. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida
shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyalari fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasida e'tirof etilgan
insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida
birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish,
huquqiy madaniyatini qaror toptirish – fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosiy talabi sanaladi.
Jamiyat tomonidan qonunchilik yo‘li bilan belgilangan talablar fuqaro xulqini baholash, xatti harakatlari mohiyatini tahlil qilish uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq
fuqaroning xulq-atvoridagi ayrim ko‘rinishlar, harakatlar yoki odatlar ma'qullanadi yoki qoralanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqsadi erkin, demokratik, insonparvar huquqiy davlat
va jamiyatni qurishdir. Bu jamiyatni bunyod etish jarayonida yangi ijtimoiy fuqarolik tarbiyasini tashkil
etish vazifalarini yanada murakkablashtiradi. Zero, demokratik, huquqiy jamiyat barpo etilishining
muvaffaqiyati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy onglilik darajasi, fuqarolik fazilatlarining qaror topganligi va
ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Fuqarolikning ijtimoiy asosi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, unda fuqarolarning
shaxsiy manfaati jamiyat manfaati bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketadi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mazmunida aks etgan g‘oyalar, demokratik talablar hamda
axloqiy-huquqiy me'yorlarga muvofiq faoliyat yuritish ijtimoiy fuqarolik munosabatlarining muhim
qoidasiga aylanadi.
Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak
darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida
kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining
markaziy ob'ekti fuqaro sanaladi.
Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e'tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a'zosi bo‘lgan
shaxsdir.
Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etish, ma'lum huquqlardan foydalanish
hamda burchlarni bajarishga mas'ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma'naviy
yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
olish imkonini beradi.
Ta'lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning
o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta'sirida shaxs
kamolotini ta'minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |