2.1 Qog’ozdan nimalar tayyorlash mumkin? Mavzuning boshqa fanlar bilan bo’g’liqligi, Buklangan qog’oz varag’idan qushlar shaklini tayyorlash
Qog’oz va kartonni bukib, qog’oz papka, daftar , rasm daftari va muqovalar
tayyorlanadi.
Bosish mashinalariga ma’lum formatdagi katta-katta varaqalar kelib turadi.
Mashnadan chiqayotganda esa qog’ozlar nomer tartibida sahifalari taxlanib
chiqadi. Bu jarayon falsovka deyiladi.
Qog’oz va kartondan bukish va yopishtirish (yelimlash) vositasida xilma-xil
ko’rinishdagi qog’oz o’rami (paketlar, korobkalar) tayyorlanadi. Bu to’liq
mexanizmlashgan jarayondir. Mashnaga qog’oz, karton ruloni joylanadi va uning
boshqa tomonidan tayyor paket chiqaveradi.
Qog’oz va karton bilan ishlash o’quvchilar uchun juda qiziqarli mashg’ulot
bo;lib, ular ijodkorlik qobiliyatlarini o’stirish hamda estetik tarbiya berish uchun keng imkoniyatlarga ega.
Boshlang’ich sinf o’quvchsi qog’oz yoki kartondan qanday buyum
yasamasin, u, avvalo, qanday buyum tayyorlash kerakligini, bu tayyorgarlik
qanday bosqichlardan iborat ekanligini aniq tasavvur etishi kerak. Mavjud
buyumdan yoki chizmadan foydalanib, rejalab chizish, ya’ni yasaladigan
buyunlarning qismlarini, konturini yoki yoyilmasini chizmachilik asboblari
yordamida qalin qog’oz, karton yoki fanerdan tayyorlash un andazadan foydalanib
chizish usuli bilan ishlash lozim bo’ladi.o’quvchilar ishning yaxshi chiqishi uchun
qog’oz yoki kartondan buyumlar yasalganda rejalash, o’lchab ko’rish va tekshirib
ko’rish uchun bo’linmali chizmachilik chizg’ichlari, sirkullar, transportirlardan
foydalanadilar. Bularning hammasi ularda mehnat madaniyatini tarbiyalash uchun
dastlabki poydevor vazifasini o’taydi.
Ishni bajarish vaqtida zarur asboblardan, andazalardan foydalanilmasa,
rejalab olmasdan chamalab ishlansa, yasalgan buyumning sifati va estetik tomoni
past saviyada bo’ladi. Har bir ishning chizmasi, yoyilmasi va bo’laklari aniq
chizilishi kerak. Reja chiziqlari yasalayotgan materialning teskarisiga qarab
tortilishi lozim. Aks holda, o’ngiga qarab tortilsa, ish xunuk chiqadi. Har qanday
ishning yoyilmasi chizganda konturlari tutash chiziq bilan, buklanadigan joylari esa punktir chiziq bilan tortiladi. Qog’oz va karton bilan har xil operatsiyalar bajariladi. Eng oddiy operatsiyalardan biri buklashdir. Qog’oz yoki karton chizg’ich yordamida qalam bilan tortilgan chiziqlardangina buklanadi. Chiziq tortmasdan yoki chiziqqa e’tibor bermasdan qiyshaytirib buklash ishning estetik talabga javob bermasligiga sabab bo’ladi. O’qituvchi qog’oz va karton bilan ishlash jarayonida o’quvchlarning yosh va individual xususiyatlarini albatta hisobga olishi lozim. Programmada ko’rsatilgan dastlabki darslarda qog’oz va kartonlarning turlari hamda xillari, uning qalinligi, yupqaligi, yozuv qog’ozi, papiros qog’ozi va boshqa xil qog’ozlar haqida o’quvchilarga tushuncha berish kerakligi nazarda tutilib, qog’ozning tarixi haqida suhbatlashish va bu bo’limni boshlashdan oldin qog’oz kombinatiga ekskursiya uyushtirish lozimligi ta’kidlab o’tilgan Qog’oz va karton bilan ishlash mashg’ulotlarida qog’ozning xillari, qalin-yupqaligi, silliqligi, siyohni shimish yoki shimmasligi, qog’ozning tarixi kabi temalar o’tiladi. Yuqoridagi kabi o’tkazilgan ekskursiya mehnat estetikasi qoidalariga rioya qilishga katta yordam berib, darsni samarali o’tishga imkon yaratadi. Qog’ozni buklash, yelimlash, qirqish va tikish yo’li bilan turli chiroyli buyumlar yasaladi.
Qog’oz paket (sumkachalar), adabiyot, rasm, matematika fanlari bilan
bog’lab olib boriladi. Ertak qahramoni sanalgan guruhlar bizning dastimiz qushlar shakillarini qurbaqa ,shaxzoda vafodor kuchikcha tayyorlashimiz mumkin.
Rasmda ko’rsatilgan qushlar turli tadbirlarni o’tkazishda xonalarni bezashda juda qo’l keladi. Uning qismlarini tayyorlash tartibi ko’rsatilgan rasmlardan ma’lum. Pastki qatordagi rasmlarda esa qushning
tojini tayyorlash tartibi ko’rsatilgan. Tayyot oэinchoqlardan esa chiroyli kompozitsiya tuzish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |