Texnalogik ta’lim yo’nalishi Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan Mavzu: Qog’oz va kartondan buyumlar yasash usulari. Kurs ishi



Download 1,48 Mb.
bet7/9
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#298326
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2.2. Qog’ozdan to’qish usullari.

Ma’lumki gazlamalar bo’ylama va ko’ndalang iplarning chatishmasidan

hosil bo’ladi. Iplar gazlamada har xil chatishadi. Gazlamalarning ko’rinishi va xususiyatlari uning to’qilishiga bog’liq bo’ladi 5-sinfda polotnoning o’qilishi o’rganilgan enda sarja va atlasning to’qilishini ko’ramiz. Biz bu to’qilishlarni qog’ozga bajarib o’rganamiz.

―Shaxmatcha‖ to’qish polotno to’qish bilan bir xil.

Sarja to’qishda bo’ylama ip ikkita ko’ndalang ipni yopadi, birini o’tkazib yana ikki

ko’ndalang ipni yopadi. Har gal shunday takrorlanadi. Sarja dioganal to’qima

bo’lib yumshoqdir. Sarja usulida qalin og’ir gazlamalar: kashemir, shotlanka,

paxmoq kabi gazlamalar to’qiladi.

Atlasning to’qilishi sarja va polotnoning to’qilishiga qaraganda pishiqroqdir.

Tanda—bo’ylama, arqoq ko’ndalang iplardir.

To’qishning bu turida gazlamalarning yon tomonidagi yoki arqoq iplari

sarjadagiga nisbatan ko’proq tanda va arqoq iplarning chatishishdavomi soni esa

kam bo’ladi. Atlas to’qishda har bir arqoq ip bitta-tanda ip :ostidan, 4 va undan ortiq ip ustidan o’tadi.

Agar tanda ip ustida ko’proq bo’lsa atlas to’qish deyiladi. Agar arqoq ip ustida ko’proq bo’lsa, satin deyiladi. Bu usulda atlaslar, krepsatin, satin, astarli selonlar to’qiladi. To’qish--bu yer kurrasini barcha xalqlarida qo’l hunarlarining eng ko’p tarqalgan turidir. To’qishni ibtidoiy odam o’tlar va daraxt po’stlaridan turmush predmetlarini ishjixozlarni to’qib san’atga aylantirdi. Ming yillar davomida to’qish vositasida naqshlar yaratildi va ular murakkablashib bordi va uning asosida, nihoyat oqibatda, to’qimachilik dunyoga keldi. Har qanday gazlama ham o’zaro to’qilgan iplardan tashkil topadi.qog’ozdan to’qish—

qog’ozga ishlov berishning eng qiziqarli badiiy usullaridan biridir. To’g’ri tashkil

etilgan qog’ozdan to’qish tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyatga egadir. Bu ishning asosiy maqsadi chamalash, aniqlik tartiblilikni o’stirish, to’qish usullarini o’rgatishdir. To’qish amaliy san’atda muhim o’rinni egallaydi, ornamentlar to’qimachilik tarkibiga kiradi va u estetik tarbiyaning vositalaridan biri hisoblanadi.

Mehnat darsi o’quvchilarning aqliy va jismoniy kuchlarini rivojlantirish,

ularning onglarini bilim, malaka va ko’nikmalar sistemasi bilan boyitish,

o’quvchilarni o’qish, turmush, o’yinda foydalanadigan narsalarni yasashlaridagi yosh xususiyatlarini, imkoniyatlarini nazarda tutgan holdapuxta o’ylab chiqilishi kerak. To’qish namunalarida o’quvchilar o’rish va arqoq iplar tushunchalarini egallaydilar, naqshlar o’yishni, naqsh gullarini uyg’unlashtirishni o’rganadilar, ular turlash texnikasi bilan tanishadilar, bular o’quvchilarning ijodiy o’sishlariga maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatadilar. Bunday ishda har qanday qog’ozdan foydalanish mumkin.

To’qishda quidagilar hisobga olinishi zarur.

1.Turli detallarga mo’ljallangan qog’ozlarning qalinligi bir xil bo’lishi kerak,

aks holda naqsh yoki buyumlarni yasash murakkabgina bo’lmay, balki ular notekis

ham chiqadi.

2.Naqshni tanlab, to’qiladigan chiziqlar yuqori qatordan boshlab qanday

izchillikda borishini, ular bilan qaysi kataklarni bekitish lozimligini ko’rib chiqing.

Naqshlarda ko’pincha bir xil to’qilgan poloskalar takrorlanadi. Ularning qayerda takrorlanishini mustaqil belgilab oling, shunda ish ancha osonlashdi va tezlashadi, chunki kataklarni sanashga hojat qolmaydi. 3.Naqsh bir tekis chiqishi uchun har bir to’qilayotgan poloskani oldingisiga to’g’ri va zich qilib taqash lozim. Buni ishning orqa tomonidan qilish kerak, aks holda poloskaning old chetlari ezilishi mumkin. Agarda naqsh ko’p poloskalardan to’qiladigan bo’lsa, vaqti-vaqti bilan arqoq poloskani ko’tarish, unga ozgina yelim surtib to’qilayotgan poloskaga yopishtirib qo’yish lozim.

4.To’qishda rangsiz maxsus yelimdan foydalangan ma’qul. Yelimni gugurt

cho’pi bilan yopishtiriladigan poloskaning qoq o’rtasiga nuqta tarzida surib, tayyor

yupqa karton yoki qalin qog’ozga yoki bezalishi lozim bo’lgan narsaga yopishtirib

qo’yish kerak.

5.To’qishda barcha barmoqlarni ishlatishga hararkat qiling.

Tasvirni tanlab va uning nimaga mo’ljallanganligini aniqlab, kerakli qog’oz

olinadi va o’cham olishga qilishga kirishiladi.

Kerakli oi’lchamdagi varaq ikkiga buklanadi, chetidan talab qilinayotgan

kenglik o’lchanadi, so’ngra yuqori va o’ng chetdan bu chiziqlar ramka tarzida chiziladi.ishning keying bosqichi chizilgan chetning chap tomonidan rasm uchun kerak bo’lgan kenglikdagi polosa o’lchanadi. Poloskalar o’rtasidagi oraliqni o’lchab bukish chizig’idan yuqorida belgilangan milk qirrasigacha kesiklar qilinadi. Varaq ochilganda u tekis polosalarga qirqilgan bo’ladi. Boshqa rangdagi keying varaq kerakli kenglikdagi polosalarga o’lchab chiziladi.

To’qishda o’rish (asos) birmuncha qisqaradi, shuning uchun u doimo bir

necha mm uzun bo’lishi kerak. Razmetka qog’ozning chap tomonidan qilinishini

unutmang. Poloskalarni tanlashda ranglarning o’zaro uyg’un bo’lishiga harakat qilish, bir necha variantda sinab ko’rib eng qulayini toppish kerak.

Avval oddiy naqsh to’qiladi. Polosadagi kesiklar shaxmat tartibida to’qiladi.

Kesiklarni qiya tarzida ham qilish mumkin.

Qiya kesikli xatcho’p

1.Rangli yoki oq qog’oz olinib, uzunasiga ikkiga buklanadi.

2.O’lchamlar joylashtiriladi. Kesiklar chizig’i bukish tomonidan bir-biriga

teng oraliqda qilinadi. Rangli oq qog’oz polosasi olinib, chetlari bukiladi va

o’rishning ters tomoniga tikiladi.

3.Kesikli asosni aylantirib naqsh polosa bilan to’qiladi.

4.Xatcho’pning yon tomonlari ters tomonga bukib yelimlanadi, narsa pressda

quritiladi.

Qog’ozdan bir necha xil to’qish usullari mavjud: kerarkli jixozlar: Qaychi,

Rangli qog’oz, qalam.chizg’ich o’chirg’ich,oq qog’oz.


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish