Bog'liq BOSHLANG\'ICH SNIF O\'QUVCHILARIDA UZUNLIK
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida yuza haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, yuzalarni o’lchash malakalarni hosil qilish usullari Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni, bog’lanishlarni ko’rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan, to’g’ri to’rtburchakning teng kvadratlarga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasini bog’lanishi ochib foydalaniladi...).
1-sinfdan boshlab to’g’ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko’pburchaklar va ularning elementlari, to’g’ri burchak va hokozo kiritilgan.
O’quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini, ko’pburchak perimetrini, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga matematikani o’rgatish jarayonida hal etiladigan ko’p masalalar ichida o’quvchilarning fazoviy tafakkur va tasavvurlarini rivojlantirish kam ahamiyat kasb etmaydi (ya’ni katta ahamiyatga ega).1 Shu narsa aniqki avvalgi mavjud dastur va metodikaga qaraganda hozirgi zamon boshlang’ich maktabi juda ham ilgarilab ketgan. Boshlang’ich sinflarda matematikani o’rganish davomida geometrik material talab va imkoniyat darajasida arifmetik material bilan bog’langan.
Tekis figuralarning boshqa xossalari orasida yuzalarni o’lchash amaliy usulga asoslangan. Dastur bo’yicha “Yuz. Yuz birliklari” mavzusi IV sinflarda o’rganiladi. Yuz haqida boshlang’ich tushunchalarni shakllantirish bo’yicha tayyorgarlik ishi I-II sinflardan boshlanadi.
Bosma asosidagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo’yash, mehnat darslarida qog’ozdan figuralar qiyib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish figurani tekislikning yopiq chiziq bilan chegaralangan bo’lagi sifatida mexanik qabul qilishiga imkon beradi. Geometrik sanoq materialidan foydalanib, bolalar bir-biridan juda farq qiladigan yoki mutlaqo bir xil bo’ladigan figuralarni bemalol taqqoslaydilar. Biroq tajriba shuni ko’rsatadiki, bolalar “figuraning yuzi” mavzusi materialini qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar.Masalan, turli shakldagi narsalarni taqqoslash ko’pincha uning chiziqli o’lchamlarini taqqoslashga keltiriladi.13 Bolalar ko’pincha yuzni o’lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash usuli bilan aralashtirib yuboradilar. ”To’g’ri to’rtburchakning yuzini o’lchash nimadan iborat?”,- degan savolga bolalar ko’pincha bunday javob beradilar: ”bu uning bo’yini va enini o’lchab, ularni ko’paytirish demakdir”. Biroq to’rtburchakning yuzini topish degan so’z unda yuz birligi (sm2, m2) necha marta joylashshini aniqlashdir.
Mazkur mavzuni o’rganishda o’qituvchi tilga oid qiyinchilikka duch keladi, chunki u geometriyadagi “tekislik” tushunchasiga tayana olmaydi. Shu sababli yuz tushunchasini shakllantirish bo’yicha birinchi darslar juda muhimdir. Ular bolalarning yuz tushunchasining aniq ma’nosini tushunishlarini ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak.O’quvchilarni yuz atamasi bilan va yuzlarni dastlabki taqqoslash bilan tanishtirishni yaxshi amaliy mashqlarni o’tkazish ma’qul.
Mazkur mavzu bo’yicha suhbatdan bir parchani keltiramiz.
O’qituvchi. Bu uchburchaklarning yuzlarini chamalab solishtiring (bolalar uchburchaklar yuzlarining teng yoki farq qilishi haqida tortishishlari mumkin). Kim haqligini qanday isbotlash mumkin?
O’quvchi figuralarni oladi va bir-birining ustiga qo’yadi. Figuralar ustma-ust tushdi y. Qanday xulosa chiqaramiz? Figuralar har xil joylashgan bo’lsada,
ularning yuzlari teng. O’qituvchi umumlashtirishga yordam beradi: agar figuraning holati o’zgartirilsa, uni surilsa, bu figuraning yuzi o’zgarmaydi.
Endi mana bu figuralarga qarang. O’qituvchi topshiriqlarni variantlar bo’yicha beradi. Qaysi figuraning uzi katta? Qanday tekshirib ko’rish mumkin? (Javob berayotgan bolalar, bir figuraning ustiga ikkinchi figurani qo’yib, xulo sa chaqaradilar).
Tayyorgarlik mashqi. Undan maqsad to’g’ri tortburchakning asosiy xossalarini takrorlashdir. Buning uchun flanelegrafda turli rang, shakl va o’lchamlardagi to’rtburchak joylashtirilgan. Barcha figuralart nomerlangan. O’qituvchi: raqamli elpig’ichni tayyorlang va to’g’ri to’rtburchaklarning nomerlarini ko’rsating. To’g’ri to’rtburchaklarni qaysi belgisi bo’yicha tanlab oldingiz? (Bu to’rtburchaklar to’g’ri burchaklidir.) Kvadratni to’g’ri to’rtburchak deb atash mumkinmi? (Ha, uning burchaklari to’g’ri burchaklidir.) Istalgan to’g’ri to’rtburchak kvadrat bo’ladimi? (Yo’q, kvadratning barcha tomonlari teng).
Tekshruvchi mashq:
1. Yozuvlardagi xatoliklarni toping.
Yozuvlarni tugallang.
O’lchashlarni bajarib, figuraning perimetrini va yuzini toping.
Hosil qilingan formulani qo’llanish maqsadida amaliy ish o’tkaziladi. Har bir o’quvchiga to’g’ri to’rtburchak beriladi. Uning yuzini hisoblash kerak. To’g’ri to’rtburchakning bo’yi va eni o’lchanadi. Hisoblashlar modelda bajariladi. So’ngra o’quvchilar modellarni almashadilar va bir-birlarining ishlarini nazorat qiladilar.
Mashg’ulot: 3-sinfda geometrik material bilan tanishishga bag’ishlangan dars uchun turli variantlarni tuzish
Mashg’ulot maqsadi: Birinchi sinfda geometrik material mazmuni bilan tanishish. 1- sinfda matematika darslari bo’laklarini ishlab chiqish malakalarini egallash. Topshiriqlar
Darslikda geometrik material bayonining tahlil eting
Geometrik tushunchalarni jadvalda aks ettiring.
«To’g’ri va egri chiziqlar», «To’g’ri chiziq kesmasi» mavzusi bo’yicha darsning turli ko’rinishlarini ishlab chiqing.
1- sinf uchun geometrik ko’rgazmalar tayyorlang.
Mashg’ulot. II sinfda geometrik materialni o’rganish metodikasi.
Mashg’ulot maqsadi: «Yuzlik» konsentrida geometrik material ustida ishlash xususiyatlarini ko’rsatish; arifmetik va geometrik materialning o’zaro aloqadorligini aniqlash, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat va aylananing ba’zi xossalarini isbotlash usullarini aniqlash.
Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni, bog’lanishlarni ko’rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. Tekis figuralarning boshqa xossalari orasida yuzalarni o’lchash amaliy usulga asoslangan. Dastur bo’yicha “Yuz. Yuz birliklari” mavzusi IV sinflarda o’rganiladi. Yuz haqida boshlang’ich tushunchalarni shakllantirish bo’yicha tayyorgarlik ishi I-II sinflardan boshlanadi. Mehnat darslarida qog’ozdan figuralar qiyib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish figurani tekislikning yopiq chiziq bilan chegaralangan bo’lagi sifatida mexanik qabul qilishiga imkon beradi. Geometrik sanoq materialidan foydalanib, bolalar bir-biridan juda farq qiladigan yoki mutlaqo bir xil bo’ladigan figuralarni bemalol taqqoslaydilar. Biroq tajriba shuni ko’rsatadiki, bolalar “figuraning yuzi” mavzusi materialini qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar. Bolalar ko’pincha yuzni o’lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash usuli bilan aralashtirib yuboradilar. ”To’g’ri to’rtburchakning yuzini o’lchash nimadan iborat?”,- degan savolga bolalar ko’pincha bunday javob beradilar: ”bu uning bo’yini va enini o’lchab, ularni ko’paytirish demakdir”. Biroq to’rtburchakning yuzini topish degan so’z unda yuz birligi (sm2, m2) necha marta joylashshini aniqlashdir.
Mazkur mavzuni o’rganishda o’qituvchi tilga oid qiyinchilikka duch keladi, chunki u geometriyadagi “tekislik” tushunchasiga tayana olmaydi. Shu sababli yuz tushunchasini shakllantirish bo’yicha birinchi darslar juda muhimdir. Ular bolalarning yuz tushunchasining aniq ma’nosini tushunishlarini ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak.O’quvchilarni yuz atamasi bilan va yuzlarni dastlabki taqqoslash bilan tanishtirishni yaxshi amaliy mashqlarni o’tkazish ma’qul.
Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rganishning asosiy maqsadlaridan biri o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish bo’lib, bu narsa (hayolda) qayta tiklangan obrazlarni (shakllarni) ajratib olishga va boshqatdan ulardan kombinatsiya qilgan holda (tiklashga) yordam beradi. Biroq ajratib olishga obrazlarni kayta kombinatsiyalashga (birlashtirish) faqat geometrik obrazlarni ajratib olishnigina emas, balki ular orasidagi turli-tuman munosabatlarni ham bilishni takozo etadi, chunki yangi figuralar hosil qilish ular elementlari orallarida ba’zi munosabatlar to’plamining mavjud bo’lishini nazarda tutadi. O’quv yilining ohirida qachonki bolalar ma’lum darajada geometrik tasavvurlar majmuasiga ega bo’lgach ma’lum umumlashtirishlarga ehtiyoj tug’iladi, o’quvchilar figuralarning ta’riflariga yaqinlashgan tavsiflarini bera olishlari kerak. Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlari bilan tanishtirish va o’rgatishda ko’rgazmalilik yaxshi samaradorlikka erishishga asos bo’ladi.