Pedagogikaning asosiy kategoriyalari nimalardan iborat?
shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish
2. Shaxsning shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
tarbiya, muhit, irsiyat
3. Tarbiya bu.........?
aniq maqsad asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni
4. Lug‘aviy jihatdan “didaktika” so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
yunoncha so‘zidan olingan bo‘lib, - “o‘rgatish”, “o‘qitish” degan ma’nolarni bildiradi
5. Bilim bu..........?
shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
6. “Pedagog” atamasining lug‘aviy ma’nosi nima?
bola yetaklamoq
7. Ma’lumot bu.............?
ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui
Do'stlaringiz bilan baham: |