14-MAVZU. 1918– 1 939-YILLARDA AFRIKA MAMLAKATLARI (30 ta)
1.Afrika qit’asining qaysi qismi Yaqin Sharqqa intilib yashaydi va shu bilan Afrikaning qolgan qismidan farq qiladi.
*a) shimoliy b) janubiy
s) sharqiy d) g’arbiy
2. Shimoliy Afrikada joylashgan arab davlatlari berilgan qatorni toping.
1.Misr, Jazoir, 2.Tunis, Marokash 3.Liviya 4.Sudan 5.Keniya 6 Uganda
*a) 1,2,3 b) 2,3,4 s) 1,3,5 d) 2,4,5
3.1922-yili qaysi davlat Misr ustidan o‘z protektoratini bekor qilib, uning to‘liq mustaqilligini tan oldi.
a)Fransiya b)Italiya
s) Portugaliya *d)Buyuk Britaniya
4. Qaysi yilida qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra, Misr monarxiya deb e’lon qilindi.
a) 1925-yil *b|)1923-yil
s)1922-yil d) 1924-yil
5. 1941-yili Misr hududiga Germaniya va ………….. qo‘shinlari kiritildi.
a)Fransiya *b)Italiya
s) Portugaliya d)Buyuk Britaniya
6. Birinchi jahon urushidan keyin ham Fransiyaning mustamlakalari bo‘lib qolgan hududlar berilgan qatorni toping?
*a)Jazoir, Tunis va Marokash b) Liviya,Namibiya va Misr s)Sudan,Keniya va Marokash
d) Tunis ,Misr va Sudan
7. Jahon urushlari oralig‘idaAfrikaning qaysi hududilarida kim boshchiligida milliy-ozodlik harakatlari avj oldi.
1.Jazoirda 2. Keniyada 3.Marokashda 4.Sudanda 5. Tunisda
a)Farhod Abbos b) Abdul Qosim c) Abdul Karim d) Habib Abbos e) Habib Burg‘iba
*a) 1-a,3-c,5-e b)1-b,2-a,3-c s) 2-a,4-b,5-e d) 3-a,4-b,5-d
8. Fransiya mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Jazoir va Tunis Germaniya va Italiyaning xomashyo bazasiga aylantirildi.
*a)1940-yili b) 1941-yili
s) 1942-yili d) 1943-yili
9. Liviya qarshilik harakati otryadlari Italiya qo‘shinlariga qarshi kurash olib borib,qachon qarshilik harakati bostirilib, uning rahbarlari qatl qilindi
a) 1930-yili *b)1931-yili
c) 1932-yili d) 1935-yili
10.Qachon Liviya Italiyaning mustamlakasiga aylantirildi.
a) 1930-yili *b)1931-yili
c) 1932-yili d) 1935-yili
11.Ikkinchi jahon urushi yillari Italiya Liviyaning qulay strategik joylashuvidan foydalanib qanday maqsadni ko’zlagan edi.
a)Zavod,korxona ,yo’llar qurildi
b) kemalar,portlar, aerodromlar qurildi
*s) portlar, aerodromlar yo‘llar qurildi
d) hech qanday maqsad ko’zlamagan.
12. XX asrning boshlarigacha Afrika tarixi yevropaliklar nazarida faqat ……..bilan bog‘liq edi.
*a)qul savdosi va iqtisodiy talonchilik
b) xomashyo bazasi va siyosiy boshqaruvchilik
s) tekin ishchi kuchi va iqtisodiy talonchilik d)mustamlaka va qul bozorlari
13. Qaysi yilda Millatlar Ligasi tomonidan «Qullik haqida» konvensiyada qullik va qul savdosiga ta’rif berilib, ular qoralandi.
a)1925-yil b)1927-yil
*c) 1926-yil d) 1928-yil
14. Birinchi jahon urushidan so‘ng Afrikaning janubiy va markaziy qismida joylashgan hududlar qaysi davlatga qarashli bo‘lib, uning mustamlakalarida Afrika umumiy aholisining katta qismi istiqomat qilardi.
*a) Buyuk Britaniyaga b) Fransiya s) Ispaniya d) Portugaliya
15.Qaysi davlat mustamlakalarining asosiy qismi G‘arbiy va Ekvatorial Afrikada joylashgan va ancha qismi Sahroyi Kabirga to‘g‘ri kelardi.
a) Buyuk Britaniyaga *b) Fransiya s) Ispaniya d) Portugaliya
16.Birinchi jahon urushidan so‘ng Afrikada qanday infratuzilma obyektlari qurildi.
1. temiryo‘llar, bandargohlar 2. aloqa tizimi, ma’muriy tashkilotlar 3.zavod, portlar,aerodromlar
4. maktablar, kasalxonalar
17. Afrikani modernizatsiyalash uchun intilishlar paydo bo‘ldi, an’anaviy jamiyatga yevropacha unsurlar kirib bordi, iqtisodiy hayotda qanday kamchiliklar mavjud edi.
1. qishloq xo‘jaligi ibtidoiy usulda olib borilardi
2. yangi siyosiy institutlar paydo bo‘lgan joylarda ham ular eski siyosiy tizim asosiga qurildi
3.bir qism aholi hunarmandchilik, ovchilik bilan band bo‘lib
4. jamiyatda mahalliy tabib va kohinlarning obro‘si hali ham juda yuqori edi
5.xristianlik rasmiyat uchun qabul qilindi
6. muntazam mehnat qilish malakasiga ega emasdi.
a)1,2,5 b)2,3,4 * s) 1,3,6 d)2,4,6
18.Afrikani modernizatsiyalash uchun intilishlar paydo bo‘ldi, an’anaviy jamiyatga yevropacha unsurlar kirib bordi, Ijtimoiy sohada qanday kamchiliklar mavjud edi.
1.eski tuzum (katta oila, urug‘, jamoa, qabila),
2. muntazam mehnat qilish malakasiga ega emasdi.
3. qabila va jamoa boshliqlarining avvalgi Iyerarxiyasi,
4.urug‘lar va qabilalar o‘rtasidagi munosabatlarning murakkab tizimi, qulchilik saqlanib qoldi. .
5. mahalliy aholi-ning ongi va xulqida avvalgiday an’anaviy madaniyat va ibtidoiy tasavvurlar hukmr on bo‘lib qolaverdi
6. qabila boshliqlari, kohinlar va shu kabilar asosiy rol o‘ynadi.
a)1,2,5 *b)1,3,4 s) 1,3,6 d)2,4,6
19.Afrikada ijtimoiy sohada qanday kamchiliklar mavjud edi.
1. qishloq xo‘jaligi ibtidoiy usulda olib borilardi
2. yangi siyosiy institutlar paydo bo‘lgan joylarda ham ular eski siyosiy tizim asosiga qurildi
3.bir qism aholi hunarmandchilik, ovchilik bilan band bo‘lib
4. jamiyatda mahalliy tabib va kohinlarning obro‘si hali ham juda yuqori edi
5.xristianlik rasmiyat uchun qabul qilindi
6. muntazam mehnat qilish malakasiga ega emasdi.
a)1,2,5 * b)2,4 s) 1,3,6 d)2,4,6
20. Qaysi yili Afrikada birinchi siyosiy partiya – Afrika Milliy kongressi (AMK) tashkil topdi.
a ) 1925-yil *b|)1920-yil s)1922-yil d) 1924-yil
21.Panafrika harakati qanday talablarni ilgari surdilar.
1. mahalliy aholining irqiy kamsitilishiga chek qo‘yish
2. tan jazosini va majburiy mehnatni bekor qilish kabi
3.qul savdosi va irqiy kamsitilishiga chek qo‘yish
4.soliqlar miqdorining kamaytirilishi va majburiy mehnatni bekor qilish kabi
*a) 1,2 b)2,3 s)3,4 d) 2,4
22. Panafrikanizmning «ota»lari kim.
*a) Uilyam Dyubua va Markus Garvi b) Farhod Abbos va Habib Burg‘iba
s) Abdul Karim va Markus Garvi d) Uilyam Dyubua va Habib Abbos
23. Qaysi yillarning ikkinchi yarmidan Afrikada iqtisodiy rivojlanish sur’atlari jadallashdi
a)1931-yil *b)1930-yil s)1934-yil d) 1932-yil
24. . Qaysi yildan boshlab mahalliy aholini majburiy mehnatga jalb qilish tartibga solindi
a)1931-yil *b)1930-yil s)1934-yil d) 1932-yil
25. 1939-yili Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan urush ishtirokchilarining rejalarida qaysi hudud muhim strategik ahamiyat kasb etdi.
a) Osiyo mintaqasi * b) Afrika mintaqasi s) Lotin Amerikasi d) G’arbiy Yevropa
26. Ijtimoiy taraqqiyot va moddiy madaniyat darajasining ma’lum bir ijtimoiy-siyosiy tizimga xos bo‘lgan bosqichi bu-…..?
*a) Sivilizatsiya b) Konvensiya s) Missionerlik d) Iyerarxiya
27. Alohida masala bo‘yicha xalqaro kelishuv, xalqaro shartnoma turi bu-….?
a) Sivilizatsiya * b) Konvensiya s) Missionerlik d) Iyerarxiya
28. O‘zga din vakillari orasida xristian dinini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan faoliyat bu-…..?
a) Sivilizatsiya b) Konvensiya * s) Missionerlik d) Iyerarxiya
29. Pastdan yuqoriga qarab amal pillapoyasi bo‘yicha bo‘ysunish tartibi bu-…….?
a) Sivilizatsiya b) Konvensiya s) Missionerlik *d) Iyerarxiya
30.1926-yili Millatlar Ligasi tomonidan qanday konvensiya qabul qilindi.
*a) “qullik haqida” b) “Ozodlik haqida”
s) “mustaqillik haqida” d) “afrika milliy harakati”
Do'stlaringiz bilan baham: |