Testlar 7 sinf 1 variant (ixtisoslashgan maktablar uchun)
1. Jism tekis harakatlanib, 10 sekundda 30 m yo‘lni bosib o‘tdi. U 15 sekundda qancha yo‘lni (m) bosib o‘tadi?
2. Jism dastlabki10 sekund davomida 36 km/soat tezlik bilan, so‘ngra 20 sekund davomida 54 km/soat tezlik bilan harakat qilib oxirgi 10 sekund davomida
320 m masofaga ko‘chgan bo‘lsa, jismning ,butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligini (m/s ) toping.
3.Tinch holatda turgan jism 4 m/s
2 tezlanish bilan harakatlanib ,8 m masofani qancha vaqtda (s) bosib o‘tadi?
4. Boshlang‘ich tezligi 13 m/s bo‘lgan jism 3 m/s
2 tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan harakat qilib,24 metr masofani bosib o‘tdi. Jismning oxirgi tezligini (m/s) toping.
5.Harakat boshlangandan keyin jism dastlabki birinchi sekundda 10 sm masofani bosib o‘tdi. Jism harakatning beshinchi sekundida qancha yo‘l(sm)ni bosib o‘tadi?
6.Jism 6 N kuch ta’sirida 2 m/s
2 tezlanish oldi. Shu jism 3 N kuch ta’sirida qancha tezlanish (m/s
2 ) oladi?
7.Massasi 10 kg bo‘lgan jism 8,5 m/s
2 tezlanish bilan tushmoqda. Havoning qarshilik kuchini (N) toping.
8.Avtobusning massasi 8 t, yengil avtomobilning massasi 2 t. Avtobusning tortish kuchi yengil avtomobilning tortish kuchidan 2 marta katta. Yengil avtomobil tezlanishining avtobus tezlanishiga nisbatini toping.
9.Massasi 2 kg bo‘lgan yuk osib qo‘yilgach, prujina
1 sm ga cho‘zildi. Prujinaning bikrligini toping.
10.Massasi 20 kg bo‘lgan jismga 40 N kuch ta’sir etishi natijasida u gorizontal sirtda tekis sirpanmoqda. Ishqalanish koeffisiyentini aniqlang.
11.Disk gorizontal tekislikda 30 ayi/min chastota bilan aylanmoqda. Jism sirpanmasligi uchun uni aylanish o`qidan qanday maksimal masofada joylashtirish kerak? Disk va jism orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2
12.Massasi m ga teng bo‘lgan jism 0,4 g tezlanish bilan vertikal tushayotgan bo‘lsa, uning og‘irligini toping.
13.Qanday balandlikda ( km) erkin tushish tezlanishi Yer sirtidagidan 9 marta kichik bo‘ladi? Yerning radiusi 6400 km.
14.Massasi Yerning massasidan 4 marta katta va qolgan o‘lchovlari bir xil bo‘lgan sayyora uchun birinchi kosmik tezlik (km/s) nechaga teng? Yerning birinchi kosmik tezligini 8 km/s deb oling.
15.Agar suv bosimi hosil qiladigan minoraning ostida suvning bosimi 300 kPa bo‘lsa, minoraning balandligi necha metr bo‘ladi?
16.Bir xil ko‘ndalang kesimga ega bo‘lgan ikkita tutash idishlarga suv quyildi.Birinchi idishga suvning ustiga 40 sm balandlikda yog‘ quyildi. Agar yo‘g‘ning zichligi 800 kg/m
3 bo‘lsa, ikkinchi idishdagi suvning sathi qanday o‘zgaradi?
17.Gidravlik press kichik porshenining yuzasi 1sm
2, kattasiniki esa 1dm
2. Kichik porshenga 100 N kuch ta’sir qiladi. Katta porshen bilan necha kg yukni ko‘tarish mumkin?
18.Qirrasi 10 sm bo‘lgan, zichligi 2200 kg/m
3 bo`lgan metalldan yasalgan kubning massasini toping.
19.3 tonna yuk tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili 20 m
3 sementni tashish uchun necha marta qatnaydi? Sementning zichligi 2700 kg/m
3.
20.Hajmi 150 sm3,ichi bo`sh mis sharning massasi 445 g. Shardagi bo`shliqning hajmini toping. Misning zichligi 8900kg/m3
21.Metall bo‘lagining havodagi og‘irligi 20 N, suvda esa 16 N bo‘lsa, metallning zichligini toping.
22.Jism 2 m/s2 tezlanish bilan suvga cho‘kmoqda.Suvning qarshiligini hisobga olmagan holda jismning zichligini toping.
23. Suvda suzayotgan muzning suv ustidagi qismining hajmi 20 m3 .Muzning suv ostidagi qismining hajmini toping.
24.Og‘irligi 12 N bo‘lgan quvur yerda yotibdi. Quvurni bir uchidan ko‘tarish uchun qancha kuch qo‘yish kerak?
25.Massasi 12 kg,uzunligi 1 m bo`lgan bir jinsli sterjen uchlaridan biridan 20 sm masofada osib qo`yilgan.Agar uning kalta uchidan tutib gorizontal ravishda ushlab turilsa,sterjen qo`lga qanday kuch bilan bosadi?
Testlar 7 sinf 2 variant (ixtisoslashgan maktablar uchun)
1. 10 sekundda 150 m yo‘l bosib o‘tgan jismning tezligini (km/soat) toping.
2.Kater suvga nisbatan 5 m/s tezlik bilan oqimga perpendikular ravishda daryoni kesib o`tmoqda.Daryoning kengligi 1 m,oqim tezligi 2m/s bo`lsa,qayiqni necha metrga oqizib ketadi
3.Harakat boshlangandan 10 sekund keyin jism 1 m masofani bosib o‘tdi. Harakat boshlangandan 30 sekund keyin jism necha metr yo‘lni bosib o‘tadi?
4.Jism 15m/s tezlik bilan tik yuqoriga otildi.Qanday balandlikda uning tezligi 3 marta kamayadi?
5.Kran 1m/s tezlik bilan tosh solingan tog`orani yuqoriga ko`tarmoqda.Tog`oradan tushgan tosh yerga 2 s da yetib keldi.Tosh qanday balandlikdan tushgan?
6.20N kuch ta`sirida jism 5m/s
2tezlanish oladi.Shu jismga 100N kuch qanday tezlanish ( m/s
2 )beradi?
7.Jism yuqoriga tik otildi.Harakatning qaysi qismida, havoning qarshiligi hisobga olinsa,tezlanish eng katta qiymatga ega bo`ladi?
Yuqoriga harakatlanganda
|
Pastga harakatlanganda
|
Yuqori nuqtada
|
Hamma joyda bir xil
|
8. 18 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan massasi 800 kg avtomobil dvigatel o`chgach 25 m yurib to`xtadi.Harakatning qarshilik kuchini toping(N)
9.50 N kuch ta’sirida prujina 5 mm cho`zildi.Prujinaning bikrligini aniqlang
10.Massasi 5 kg li jism , ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 bo`lgan gorizontal sirtda 2m/s
2 tezlanish bilan harakatlanishi uchun unga qanday kuch bilan ta’sir etish kerak?
11.2m/s
2 tezlanish bilan pastga tekis sekinlanuvchan harakatlanayotgan liftda turgan massasi 60 kgli odamning og`irligini(N) toping.
12. 3ta Yer radiusiga teng balandlikdagi erkin tushish tezlanishi,yerdagi erkin tushish tezlanishidan necha marta kam?
13.“O`lik sirtmoq” qilayotgan samolyotning tezligi 100m/s, uchuvchisinig massasi 70 kg,”sirtmoq” radiusi 200m bo`lsa, trayektoriyaning quyi nuqtasida uchuvchining o`rindiqqa bosim kuchini(kN) toping
14. Massasi va radiusi Yernikidan 2 marta katta bo`lgan sayyora uchun birinchi kosmik tezlikni aniqlang.Yerda birinchi kosmik tezlik 8km/s ga teng
15.Qirrasi 10 sm li massasi 2 kg bo`lgan kub yasalgan moddaning zichligini (g/sm
3) toping.
16.O`lchamlari 20x20x200 sm bo`lgan 100 dona yog`och brusokning massasi (t) qanday? Yog`ochning zichligi
800 kg/m
3
17.Detalning yog`och modelining massasi 5 kg. Zichligi 8000 kg/m
3li qotishmadan tayyorlangan modelning massasi (kg) qanday bo`ladi? Yog`ochning zichligi
0,5 g/sm
3
18.Suv bosimi hosil qiladigan minoraning balandligi 40 m . Minoraning o‘rtasidagi suv bosimini (kPa) aniqlang
19.Gidravlik mashina porshenlarining yuzalari 20 sm
2 va 200 sm
2. Kichik porshenga 4 kg massasli tarozi toshi qo`yildi. Porshenlarda bosim bir xil bo`lishi uchun katta porshenga qanday og`irlikdagi (N) tarozi toshini qo`yish kerak?
20.Bir xil kesimdagi tutash idishlarga simob quyilgan.Idishning bir tomoniga suv quyildi.Suv ustuning balandligi 272 mm.Idishning ikkinchi tomonida simob qanday balandlikka ko`tariladi? Simobning zichligi 13600 kg/m3
21.Zichligi 800 kg/m3li daraxt suvda suzayapti. Daraxtning qancha qismi suvga botgan?
22.Jism 2,5m/s
2 tezlanish bilan suvda qalqib chiqadi.Suvning qarshiligini hisobga olmasdan,jismning zichligini aniqlang
23.Hajmi 1780 sm
3,ichi bo`sh mis shar suvga to`liq botgan holda suzib yuribdi. Shardagi bo`shliqning hajmini( sm
3) toping. Misning zichligi 8.9 g/sm
3
24.Richagning kichik yelkasi uzunligi 2,5 sm, kattasining uzunligi 45 sm.Katta yelka oxiriga 20 N kuch qo`yilgan.Richag muvozanda bo`lishi uchun kichik yelkasiga qanday kuch qo`yish kerak?
25.Bir uchiga 1,2 kg massasli yuk osilgan bir jinsli sterjen muvozanatda turibdi.Agar tayanch nuqtasi yuk osilgan uchidan sterjen uzunligining 1/5 masofada joylashgan bo`lsa, sterjenning massasini(g) toping