7 sinf
Umumta’lim maktablari uchun
I variant
1. Jismning zichligi qanday formula bilan aniqlanadi?
A) ρ=m V B) ρ=V/m C) ρ=m/V D) ρ=m g
2. “Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli o`zgarishiga sabab bo`ladigan kattalik…..deyiladi”
A) tezlik B) kuch C) tezlanish D) ish
3. Tezlanishning o`lchov birligi qanday?
A) m/s B) kg/m3 C) N D) m/s2
4. Bikrligi 0,4 kN/m bo`lgan prujina qanday kuch ta’sirida 2 smga cho`ziladi?
A) 8 N B) 0,8 N C) 80 N D) 20 N
5. Jismlarning harakati davomida fazoda qoldirgan izi nima deb ataladi?
A) yo`l B) ko`chish C) trayektoriya D) tezlik
6. Elastiklik kuchining formulasini ko`rsating.
A) F=ma B) F=-k ∆l C) F=mg D) F1= -F2
7. Jismning tezlanishi ikki marta ortsa, unga ta’sir etayotgan kuch qanday o’zgaradi?
A) 2 marta ortadi B) 2 marta kamayadi C) o’zgarmaydi D) 4 marta ortadi
8. Jismning inertligi qanday fizikaviy kattalikka bog’liq?
A) hajmga B) massaga C) tezlikka D) kuchga
9. Massasi 200 g bo’lgan jismga 1,5 N kuch ta’sir etsa, u qanday tezlanish oladi? (m/s2)
A) 0,75 B) 75 C) 7,5 D) 0,3
10. “molekula” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) kichik massa B) kichik jism C) bo’linmas D) o`zgarmas
11. Jism massasi uning olgan tezlanishiga qanday bog`liq?
A) to`g`ri proporsional B) teskari proporsional C) bog`liq emas D) kuchga bog`liq
12. Radiusi 20 sm bo`lgan g`ildirakning o`qi 3 m/s chiziqli tezlik bilan harakatlanadi. G`ildirakning burchak tezligini toping. (1/rad)
A) 1,5 B) 0,15 C) 15 D) 6
13.Bikrligi k bo`lgan sim teng ikkiga bo`linib, bir-biriga parallel ulandi. Hosil bo`lgan simning bikrligi qanday?
A) 2k B) k C) k/4 D) 4k
14. Tovush balandligi qanday fizikaviy kattalik bilan aniqlanadi?
A) chastota B) amplituda C) obertonlar soniga D) kamerton
15. Massasi 400 g bo`lgan yog`och brusok stol ustida 1,6 N kuch bilan tortilmoqda. Ishqalanish koeffisiyentini toping.
A) 0,2 B) 0,4 C) 0,16 D) 0,64
16. Buyum yassi ko`zguga 1m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. Tasvir ko`zguga qanday tezlik bilan yaqinlashadi?
A) 0,5 m/s B) 1 m/s C) 1,5m/s D) -0,5m/s
17. Fizikaning kinematika bo`limi ……… o`rganadi.
A) harakat sabablarini B) harakat turlarini C) jismlarning muvozanatini
D) jismlarning tarkibini
18.Muz bo`lagi butunlay eriganda unug massasi qanday o`zgaradi?
A) ortadi B) kamayadi C) o`zgarmaydi D) muz haroratiga bog`liq
19.Butun olam tortishish qonuni ifodasini yozing.
20.Linzaning fokus masofasi 5sm. Uning optik kuchini toping
21.Qanday ishqalanish turlari mavjud?
22.Yerning birinchi sun’iy yo`ldoshi qachon uchirilgan
23.Oddiy mexanizmlar ishdan qanday yutuq beradi
24.Gravitatsion doimiy qanday qiymatga ega
25.Muvozanatning qanday turlari bor
Do'stlaringiz bilan baham: |