79). Yuklamalar to‘g‘ri yozilgan qatorni toping.
sen-chi, kelgan-u, kutaman-a
bola-ya, men-gina, keldiku
yaxshi-da, boraylikchi, qo‘ye
o‘g‘lim-ey, bolaya, mingtaya
80). Qaysi qatorda juft sifatlar yangi imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan?
kattayu kichik
yaxshi-yu yomon
balandu past
oqu-qora
81). Qaysi qatorda so‘z imlo qoidalariga mos yozilgan?
oshu-non
pastu baland
kecha-yu kunduz
bordiyu-keldi
Ajratib yozish imlosi to‘g‘ri yozilgan qatorni belgilang.
sarf qil, sotib ol, olib kel
tim qora, sarf qil, hay hayla
yildan yilga, so‘z boshi, olma qoqi
qashqar, gul, suv ilon, sotib ol
Belgining ortiq darajasini bildiruvchi so ‘zlar ….. yoziladi.
a) ajratib
qo‘shib
chiziqcha bilan
vaziyatga qarab
Quyidagi qo ‘shma so ‘zlarning qaysi biri ajratib yoziladi?
a) kamhosil
oshqozon
osmako‘prik
shirinso‘z
85). Berilgan so‘zlardan qaysi biri ajratib yoziladi?
bodomqovoq
temireshik
so‘zboshi
bug ‘doyrang
86). Bosh harflar imlosi qoidasi buzilgan qatorni toping.
Toshkent Kimyo-texnologiya instituti
Samarqand davlat universiteti
O‘zbekiston Milliy universiteti
Toshkent davlat o‗zbek tili va adabiyoti universiteti
87). Bosh harflar imlosi to‘g‘ri yozilgan qatorni belgilang.
Mustaqillik kuni
Sog‘lom Avlod uchun
Fanlar Akademiyasi
Oltin yulduz
88). Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir
so‘z…yoziladi.
bosh harf bilan
kichik harf bilan
vaziyatga qarab
matnga bog‘liq ravishda
89). To‘g‘ri yozilgan qatorni toping.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Yozuvchilar Uyushmasi
Rossiya federatsiyasi
Jahon Tinchlik kengashi
90). Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasi buzilmagan qatorni toping.
de-ngiz
den-giz
kong-res
ing-liz
91). Qaysi qatordagi so‘zlarda bo‘g‘in ko‘chirish qoidasi buzilgan?
a) sin-gil, den-giz
daf-tar, mao-rif
in-gliz, aka-si
men-ga, tan-ga
92). So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, u qanday ko‘chiriladi?
a-badiy, e-shikdan
aba-diy, eshik-dan
a-ba-diy, e-shik-dan
barcha variantlar to‘g‘ri
93). Harflar birikmasi to‘g‘ri ko‘chirilgan qatorni belgilang.
pe-shona, mai-shat
pich-oq, sin-gil
den-giz, bich-iq-chi
pi-choq, maish-at
94). Nutqdagi ayrim tovushlar, ularning qo‘shilmasi, so‘zlar, gaplarning ohangi va shu kabilarni to‘g‘ri ifoda etish qaysi me‘yorda o‘rganiladi?
fonetik me‘yor
talaffuz me‘yori
imloviy me‘yor
grammatik me‘yor
95). Talaffuz me‘yorining buzilishiga qanday omillar ta‘sir qiladi?
shevalar va dialektlar
chetdan kirgan so‘zlarni yozma shaklda talaffuz etish
o‘g‘zaki adabiy tilni o‘zlashtirmaslik
hammasi to‘g‘ri
96) Fonetik me‘yorga asoslangan alifboni belgilang.
29 harf, 6 ta unli, 23 ta undosh
29 harf, 6 ta unli, 23 ta undosh, 3 ta harf birikmasi, 1 ta tutuq belgisi
29 harf, 6 ta unli, 23 ta undosh, yolashgan unlilar, tutuq belgisi
29 harf, 5 ta unli, 24 ta undosh, ko‘chish va tutuq belgisi
To‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping.
urg‘u – turg‘un bo‘lib, sanoqli istisno holatlar hisobga olinmasa, u so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi
urg‘u – turg‘un bo‘lib, hamma holatlarda faqat so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi
vaziyatga qarab, turli holatlarda qo‘yiladi
barcha javoblar to‘g‘ri
Do'stlaringiz bilan baham: |