74
sekvestratsiyada aniqlanadiganga o‘xshash, anomal o‘pka to‘qimasi anomal qon
ta’minlanishisiz ham bo‘lishi mumkin. Zararlanish va bronxial kistlar kabi u bilan
bog‘liq anomaliyalarning ta’riflangan kombintsiyalari turliligi va miqdori behisob.
Sekvestratsiyaning asosiy klinik
ko‘rinish
lari nafas olish tizimi bilan bog‘liq
bo‘lsa-da, biroq aniqlangan simptomatika yurak tomonidan ham bo‘ladi, bu nafaqat
faqat birlashgan tug‘ma cardinal nuqson, balki kuchli shuntlarning bo‘lishi tufayli
bo‘ladi.
Keyinchalik ta’riflanishda sekvestratsiya anomal to‘qima normal o‘pka ichida
joylashadigan
intralobar va sekvestrlangan qism normal o‘pka qismidan ajratilgan
va visseral plevra tashqarisida joylashgan
ekstralobarlarga ajratiladi. Shuningdek,
psevdosekvestratsiya termini bilan aniqlanadigan nuqson ta’riflangan.
Intralobar sekvestratsiya, ko‘pincha pastki va orqa bazal segmentda, kichik
bo‘laklarda aniqlanadi. Rentgenologik
ko‘rinish
lari turlicha: soyalangan joydan
suyuqlik darajasi va havo pufaklari bilan parenximaning kistoz zararlanishigacha.
Anomal qon bilan ta’minlanish, odatda, diafragmadan pastda yoki yuqoridagi
aortadan chiquvchi katta tomir
da paydo bo‘ladi
. Ko‘pincha bir emas, bir nechta
tomirlar sekvestrlangan to‘qimaga keladi, qaytib chiqish esa, odatda, o‘pka venasi
orqali amalga
oshiriladi, ba’zan – v. azygos tizimiga.
Tashxis pastki bo‘laklaridan birida, dinamikasi o‘zgarmaydigan hosilaning
aniqlanishida qo‘yiladi. Diagnostikada KT yordam berishi ham mumkin. Biroq,
bunday holatlarda eng qimmatli metod – anomal tomirlarni ifodalash evaziga
tashxisni aniq qo‘yish imkonini beradigan, o‘pka yoki aortal angiografiya. Bu
tekshiruvning ma’lumotlari, operatsiya jarayonida tomirlarni shikastlamaslik
uchun, ularning lokallashuvini bilish kerak bo‘lgan jarroh uchun juda muhim.
Operativ muolaja bilan bog‘liq,
aksariyat
letal yakunlar, aynan ko‘zdan qochirilgan
anomal tomirlardan qon ketishi natijasida sodir bo‘ladi. Davolash zararlangan
bo‘lakning lobektomiyasidan iborat, lekin ba’zan (kamdan kam holatlarda)
segmentektomiya bilan kifoyalanish mumkin.
Ekstrolobar sekvestratsiya o‘pka bo‘lagining tashqarisida lokallashadigan
zararlanishni o‘zida namoyon etadi. Tashxis, shuningdek, intralobar joylashuvdagi
75
kabi o‘rnatiladi. Agar hissadan tashqari lokallashuv shubha uyg‘otmasa va bunda
yurak-tomir tizimi tomonidan namoyon bo‘lishlar bo‘lmasa, davolash konservativ
bo‘lishi mumkin, chunki infeksiya bunday holatlarda, odatda, kelib chiqmaydi.
Biroq, ekstrolobar sekvestratsiya, ko‘pincha boshqa anomaliyalar, ayniqsa,
diafragmal grija bilan birga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: