Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов


Operatsiyadan  keyingi  keskinlashuvlar



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

Operatsiyadan  keyingi  keskinlashuvlar.  Xolangit  ancha  k’p  uchraydigan 
keskinlashuv,  ayniqsa  portoenterostomiyadan  keyingi  birinchi  2  yil  ichida.  Uning 
rivojlanishiga  ikki  omil  sharoit  yaratadi:  (1)  xolestaz  –  safroning  yo‘llardan 
«mikroskopik» oqimi bilan bog‘liq biliar atreziyaning ajralmas komponenti, va (2) 
ichak  halqasida  bakteriyalarning  kolonizatsiyas  bilan  tushuntiriladigan  bakterial 
kontaminatsiya.  Ichakning  har  qanday  halqasi  operatsiyadan  keyingi  birinchi  oy 
davomida ichak florasi bilan egallanadi. Kasai operatsiyasidan so‘ng safro yo‘llari 
tiklanmaydigan,  yoki  ichak  halqasi  safro  pufagi  (portoxolesistostomiya)  bilan 
bog‘langan  hollardagi  operatsiyadan  keyingi  xolangit  rivojlanishi  bo‘lmasligini 
hisobga olmaganda. 
Xolangit isitma, leykositoz va bilirubin bilan, tashqi drenirlash bo‘lganida esa 
–  ajraladigan  safro  miqdorining  kamayishi  bilan  namoyon  bo‘ladi.  Bu  jiddiy 
keskinlashuv,  chunki  xolangitning  har  bir  navbatdagi  xurujidan  so‘ng  jigar 
funksiyasi  yomonlashadi,  bunda  safro  oqimining  butunlay  to‘xtash  xavfi  katta. 
Davolash  birinchi  navbatda  keng  spektrli  antibiotiklarning  (masalan,  imipenem-
xilastatin)  majburiy  vena  ichiga  kiritilishidan  iborat  bo‘lishi  kerak.  Mavjud 
simptomlar  odatda  tez  ko‘chadi – 24–48  soat  ichida, lekin safroning  yetarli  oqimi 
5–7 kundan so‘ng tiklanadi. Bu davr davomida antibiotikoterapiya davom ettiriladi. 
Davolanishga  bo‘ysunmaydigan  o‘jar  xolangit  holati  va  safro  oqimining  butunlay 


 
113 
to‘xtash xavfi bo‘lganida steroidlarning vena ichiga kiritilishi foydali. 
Antibiotiklarning  profilaktik  kiritilishi  qarshi  ko‘rsatilgan,  chunki  ular  ichak 
halqasi  bakterial  florasiga  minimal  ta’sir  ko‘rsatadi  va  xolangit  profilaktikasi 
nuqtayi  nazaridan  foydasiz.  Shunga  qaramasdan,  ko‘pgina  tibbiy  markazlarda 
antibiotiklarning,  odatda  sulfametoksazol-trimetopriya,  profilaktik  kiritilishidan 
foydalanishadi.  Biz  bu  preparatlarni  xolangit  retsidivlarini  davolash  uchun 
«asraymiz». 
Safro oqimining  to‘xtashi. Portoenterostomiyadan  so‘ng keladigan  eng  jiddiy 
muammolardan  biri  –  odatda,  xolangit  hujumi  bilan  bog‘liq  va  operatsiya 
natijalarini agar oqimni tiklab bo‘lmasa yo‘qqa chiqaradigan safro oqimining to‘liq 
to‘xtashi.  Bunday  holatlarda  biz  kechiktirmasdan  kortikosteroidlarning  zarbli 
dozasini  belgilaymiz  va  uni  keyingi  3–5  kun  davomid  apasaytiramiz. 
Kortikosteroidlar safro hosilasiga ikki xil ta’sir qiladi, safro oqimi kislotomustaqil 
fraksiyasini  oshiradi va  safroning  ingichka  yo‘llar  orqali  o‘tishini  yengillashtirgan 
holda  periduktal  oqimni  kamaytirishi  mumkin  bo‘lgan  yallig‘lanishga  qarshi 
ta’sirga ega. Biz metilprednizolonning qisqa zarbli dozasini beramiz – 10 mg/kg va 
uni 3–5 kun davomida kamaytiramiz. Safroning dastlab yaxshi oqimi kutilmaganda 
to‘xtaydigan  va  kortikosteroidlarning  kiritilishiga  reaksiya  bo‘lmagan  holatlarda 
jigar  darvozalari  reviziyasi  bilan  takroriy  muolaja  yetarlicha  effektli  bo‘lishi 
mumkin. Biz operatsiya qilgan 12 boladan 11 tasida buzilgan safro oqimi tiklandi, 
va  faqat  bir  holatda  takroriy  operatsiyaga  shubhasiz  ko‘rsatmalar  paydo  bo‘ldi. 
Agar safroning normal yaxshi oqimi erta o‘rnatilmasa, takroriy operatsiya kamdan 
kam holatlarda effektli bo‘ladi. 
Portal  gipertenziya.  Portal  gipertenziya  ko‘pincha  hatto  safroning  oqimi 
ajoyib  bo‘lgan  bolalarda  ham  portoenterostomiyadan  keyin  rivojlanadi.  Buning 
sabablaridan  biri  tashqi  oqimlarda  dastlabki  yallig‘lanuvchi  jarayon  turli  darajada 
jigar  ichi  tarmoqchalarini  ham  zararlashi.  Bundan  tashqari,  ba’zi  bemorlarda 
muvaffaqqiyatli o‘tkazilgan portoenterostomiyaga qaramasdan fibroz rivojlanadi. 
Portal  gipertenziyaning  klinik  namoyon  bo‘lishlari  qizilo‘ngach  varikoz 
tugunlaridan  qon  ketishi,  gipersplenizm  va  astsitni  o‘z  ichiga  oladi.  Vaqt  o‘tishi 


 
114 
bilan portal gipertenziya simptomlari va uning turg‘un rivojlanish xavfi kamayishi 
mumkin,  bu  qon  ketishlari  og‘irligi  va  chastotasining  kamayishida  ifodalanadi. 
Bunday  ijobiy  dinamika  sabablarini  tushuntirish  qiyin.  Faqatgina  bu  jigar 
parenximas  holatining  yashilanishi  yoki  spontan  portotizimli  shuntlarning 
rivojlanishi  bilan  bog‘liq  deb  taxmin  qilish  mumkin.  Har  qanday  holatda,  bunday 
dinamikaning  ehtimoli  isbot  qilingan,  bu  bu  keskinlashuvda  jigarning 
qoniqtiradigan  funksiyasi  saqlangunicha  (ikteriklik  yo‘q,  koagulopatiya  yo‘q, 
albumin  zardobning  normal  darajasi)  o‘tkazish  kerak  bo‘ladigan  uzoq  muddatli 
konservativ  terapiya  taktikasini  oqlaydi.  Operatsiyadan  so‘ng  rivojlangan  portal 
gipertenziyasi  bo‘lgan  bolada  jigarning  funksiyasi  yomon  bo‘lganida  jigar 
trnasplantatsiyasi haqidagi masala qo‘yilishi kerak. 
Yog‘ almashinuvi buzilishi va yog‘ erituvchi vitaminlarning yetishmovchiligi. 
Safro tarkibida bo‘lgan tuzlar yog‘ning normal absorbatsiyasi uchun zarur. Shuning 
uchun  biliar  atreziyasi  bo‘lgan  bolalarda,  operatsiyadan  oldin  va  keyin  safro 
oqimining pasayishida yog‘ absorbsiyasi va yog‘ eritadigan vitaminlarning (A, D, E 
va  K)  buzilishini  kutish  kerak.  Safroning  normal  oqimi  tiklanmagunicha,  yog‘ga 
ega  preparatlar  qo‘llanilishi  kerak,  ularda  eng  ma’quli  MCT  trigitseridlari 
(medium-chain  triglycerides  –  «o‘rta  zanjir»  triglitseridlari)  hisoblanadi.  MCT 
bevosita  ichak  shilling‘i  orqali  mitsela,  emulgirovaniya  va  gidrolizsiz 
absorbiratsiyalanadi.  Yog‘  erituvchi  vitaminlarning  yetishmovchilik  oqibatlari  va 
keskinlashuvlari  raxit  (D  vitamin),  ataksik  mionevropatiya  (E  vitamin), 
koagulopatiya  (K  vitamin)  va  keratopatiya  (A  vitamin)  ko‘rinishida  namoyon 
bo‘ladi.  Bu  keskinlashuvlar  erta  operativ  muolaja,  vitaminlarning  zardob  darajasi 
va  vitamin  yetishmovchiligi  profilaktikasi  yoki  to‘g‘rilanishi  maqsadida  mos 
keluvchi qo‘shimchalarning e’tiborli monitoringida minimumga eltilishi mumkin. 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish