Operativ davolash. Operatsiyadan oldingi tayyorgarlik natijalariga ko‘ra,
operativ muolajaga ko‘rsatmalar aniqlanganidan so‘ng, bemorlarni ikki klinik
guruhga ajratish maqsadga muvofiq: 1-guruh – nuqsonning radikal to‘g‘rilanishi
ko‘rsatilgan bolalar (teshikni olib tashlash va qizilo‘ngachning atreziyalangan
uchlari orasida anastomoz yotqizilishi), 2-guruh – radikal operatsiya xavfi yuqori,
shunday ekan, bosqichli jarrohlik bilan davolash maqsadga muvofiq bo‘lgan og‘ir
pnevmoniya va birga keladigan tug‘ma patologiyaga ega bemorlar (1-bosqich –
51
ikkilik ezofagostomiya yoki gastrostomiya, 2-bosqich – radikal operatsiya).
Operativ muolajaning muddatlari juda muhim hisoblanadi. Tug‘ilganlaridan
keyin birinchi 10–12 soatda operatsiyalangan 1-guruh bolalari orasida yashab
ketish 90 %ni tashkil qiladi, bir sutkadan keyin operatsiya qilinganlar 40 %dan
ko‘p holatlarda o‘ladi, keyingi kunlarda letallik geometrik progressiya bo‘yicha
o‘sadi.
Biz nuqsonning operativ sozlanishi texnik masalalarida nafaqat ular bolalarda
operativ jarrohlik haqidagi yangi nashrlarda batafsil ta’riflanganligi sababli, balki
operativ muolaja texnikasi fakultet jarrohligi dasturiga kirmaganligi uchun ham
to‘xtamaslikni ma’qul deb topdik. Bizning nazarimizda yangi tug‘ilganlarning
operatsiyadan keyin chiqarilishini bilish muhim hisoblanadi.
Operatsiyadan keyingi davr. Operatsiyadan keyingi davrda, bir necha kun
davomida antibiotiklar kiritiladi.
Durkun
«sog‘lom» bolalar operatsiyadan keyin
tezda dezintubirlanishi mumkin. Kam og‘irlikdagi, «kasal» yangi tug‘ilganlarda,
odatda,
O‘SV
talab qilinadi. Intubatsion trubka mustaqil nafas olish tiklanishiga
qarab olib tashlanadi.
Saqlanadigan sekretsiya
sharoit yaratadigan
a
telektazlarning
rivojlanishida intubatsion trubka orqali traxeyaning sanatsiyasi ko‘rsatilgan. Bola
so‘lakni yuta boshlamagunicha, burun-halqumdan shilliqni tez-tez so‘rib olish
kerak. So‘rib olishda anastomozning shikastlanish ehtimolini yo‘qotish uchun
belgili so‘rish kateteridan foydalanishadi. Belgi burundan quloq solinchagigacha
bo‘lgan masofaga teng masoda qo‘yiladi.
Ko‘krak qafasidagi drenaj trubkani 10 kunga qoldiriladi, chunki aynan shu
vaqt davomida anastomozning holati izdan chiqishi mumkin.
Bola so‘lakni yuta boshlaganidan suyuqlikni
oz-ozdan
og‘iz orqali kirita
boshlashadi. Keyin miqdorlarini tananing yosh va og‘irligiga moslab hisoblagan
holda, qorishma va sutga o‘tishadi. Agar gastrostoma qo‘yilgan bo‘lsa, unda u
orqali ovqatlantirishni, odatda, operatsiyadan keyingi kun boshlashadi.
Ovqatlantirishni
boshlashdan
oldin
qizilo‘ngachning
rentgenologik
tekshirilishini, chiqarishdan oldin esa, nazorat bujirlanishini o‘tkazish majburiy
hisoblanadi. Operatsiyadan keyingi davrda, shuningdek, birga keladigan patologiya
52
davolanadi. QA bo‘lganida siydik tizimining anomaliyalari ko‘p uchraganligi bois,
chiqarishdan oldin barcha bemorlarga buyraklar UTTi ko‘rsatilgan. Bemor yoshi
bo‘yicha enteral ovqatlanishga to‘liq
o‘tgach
,
yutishga qiynalmasdan hamda
og‘irligi osha boshlaganidan, ota-onalarga bolani parvarishlash qoidalari haqida
ko‘rsatmalar beriladi va bolani uyiga qo‘yib yuboriladi. Gastrostomik trubkani,
agar gastrostoma qo‘yilgan bo‘lsa, odatda, chiqarishdan oldin olishadi.
Asoratlar.
Operatsiyadan keyingi eng xavfli
asorat
– anastomoz holatining
yomonligi, uning tashxisi, odatda, qiyin qo‘yilmaydi, chunki drenaj trubka
bo‘lganida u orqali so‘lak kela boshlaydi. Agar qandaydir shubhalar bo‘lsa, unda
og‘iz orqali yomon holatda drenajda paydo bo‘ladigan metilen ko‘k qorishmasi
kiritiladi. Tashxisni tasdiqlash, xarakterni aniqlash va holat yomonligini
lokallashtirish uchun bariy bilan tekshirish maqsadga muvofiq. Barcha bemorlarga
antibiotiklar beriladi. Agar
ahvol og‘ir
va erta bo‘lsa (operatsiyadan keyingi
birinchi uch kun), takroriy muolaja ko‘rsatilgan. Bunda kamdan kam holatlarda,
anastomozda teshikni tikishga erishiladi (keyinchalik konservativ davolash bilan).
Ko‘pincha anastomozning to‘liq ajralishida distal bo‘limni tikishadi, proksimal
bo‘limni esa bo‘yinga chiqarishadi.
Ko‘p uchraydigan kichik holat yomonligida anastomoz, odatda, mustaqil
tuzaladi (spontan). Yo‘l qanday bo‘lganligidan qat’iy nazar – trans- yoki
ekstraplevral, ko‘krak qafasining kuchli drenirlanishi zarur. Qizilo‘ngachning
tuzalishiga reflyuks haqida bildiradigan, shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bilan
ta’minlaydigan (parenteral yoki gastrostoma orqali ingichka ichakka kiritilgan
trubka orqali) dekompression gastrostomiya olib keladi. Hech qachon oshqozonga
ovqatni bevosita kirgizmaslik kerak, chunki bu, o‘z navbatida, anastomozning
tuzalishiga xalal beradigan reflyuksning hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Holat
yomonligi natijasida TQT
qaytalanishi
va sepsis rivojlanishi mumkin.
Anastomoz sohasida qizilo‘ngach stenozi – yutishning qiyinlashishi,
aspiratsiya (nafas olishning buzilishi, apnoe, pnevmoniya), jismoniy rivojlanishda
qoloqlik, ancha kechikkan holatlarda – ovqat massalari bilan qizilo‘ngachning
obturatsiyasi bilan namoyon bo‘ladigan yetarlicha oddiy
asorat
. Tashxis bariy bilan
53
rentgenlash asosida qo‘yiladi. Davo – qizilo‘ngachni bujirlash.
Gastroezofagel reflyuks (GER) ko‘pincha operativ to‘g‘rilanishdan so‘ng QA
va TQT bo‘lgan bolalarda uchraydi. Reflyuks sababi yetarlicha ma’lum emas.
Anastomoz
sohasidagi
taranglik
qizilo‘ngachning
intraabdominal
qismi
qisqarishiga va Gis burchagining tekislanishiga olib kelishi mumkin, deb
hisoblashadi. Bundan tashqari, izolyatsiyalangan TQTli GER bemorlarda
qizilo‘ngachning qisqarishi yoki uning operatsiya vaqtida tortilishi bo‘lmaganligi
haqida xabarlar bor. Bu ma’lumotlar GERning rivojlanishida qizilo‘ngachning
tug‘ma disfunksiyasi ma’lum rolni o‘ynaydi, degan taxminni tasdiqlaydi. Reflyuks
simotomlari qusish, apnoe, aspiratsiya, pnevmoniya, og‘irlik oshmasligi, ezofagit,
qizilo‘ngach anastomozi zonasida siqilishlarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |